1. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari


Simob bugi - 0,01 mg/m Mishyak va tsian vodorodi - 0,1 mg/m


Download 66.17 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi66.17 Kb.
#1064333
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayot havfsizligi javoblar

Simob bugi - 0,01 mg/m Mishyak va tsian vodorodi - 0,1 mg/m
Xlor 10 mg/m Benzol, fenol, stirol, ksilol -5 mg/m Amiak, naftalin 20 mg/m; Atseton 200 mg/m; Benzin, kerosin - 300 mg/m;
Ayniqsa, bir qator aerozollar xavflidir. SHu jumladan, bu miqdor DDTda - 0,1 mg/m, alyuminiyda - 2, nikelda -0,5, ishqorlar aerozolida-0,5, shisha tolasida -3, rezinada 6, bugdoy changida -4, un changida -6 shakar changida -10, tamakida 3, choyda - 3,0 mg/m ga tengdir.Bu kabi zararli moddalar miqdorini kamaytirish uchun kurash 4 yunalishda olib boriladi.
1.Texnologik jarayonlarni takomillashtirish;2.Texnologiya va zarur moslamalarni almashtirish . 3.Sanitariya va gigiena tadbirlarini joriy etish.
4.Davolash soglomlashtirish, dam olish tadbirlarini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.
21.Zaharlanganda birinchi yordam.Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar suyuqliklar yoki changlarni kirishidan sodir boladi. Uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish isitish uskunalaridan notogri foydalanganda yuz beradi. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugrerod oksidi kop miqdorda boladi. Uglerod oksidi bilan zaharlanganda bosh ogrigi, bosh aylanishi, kungil aynishi, hansirash, ogir holatlarda esa yoldan chalgish va hushni yoqotish mumkin. Zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, boshiga sovuq kompress bosish va nashatir spirtni hidlatish kerak. SHikastlangan kishi qayd qilmoqchi bolsa uni yoni bilan yotqizish lozim. Agar hushini yoqotsa zudlik bilan vrachni chaqirish va u kelgunga qadar suniy nafas berish kerak.Zaharli ximikatlar bilan zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishiga zudlik bilan birinchi yordam berish kerak.Har qanday zaharlanishda avvalo organizmga zaharlarni kirishini toxtatish tadbirlarini korish kerak. Agar zaharlanish xonada yuz bersa shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, zaharli ximikatlar bilan ifloslangan kiyimlarini yechish zarur.Agar zahar organizmga tomoq yollari orqali kirgan bolsa, shikastlangan kishiga bir necha stakan iliq suv yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasidan ichirish, song qayt qildirish kerak. Qayt qilgandan keyin, zaharni yoqotish uchun jarohatlangan kishiga 2-3 osh qoshiq faollashtirilgan komir qoshilgan yarim stakan suv ichirish zarur.Qayd qilingan tadbirlar, zahar turidan qatiy nazar qollaniladi. Agar zahar turi aniq bolsa uning tarkibiga bogliq ravishda, qoshimcha tadbirlar qollaniladi. Buning natijasida oshqozonga kiritilgan modda zahar tasirini neytrallashtiradi.Zaharli ximikatlar teriga tekkanda suv oqimi bilan yaxshilab sovunlab yuvish yoki zaharni teriga ishqalamasdan, artmasdan doka latta yordamida tushirish song esa sovuq suv yoki kuchsiz ishqorli eritma bilan yuvish talab etiladi.


24.1. Ionlovchi nurlar va ularning turlari.Sanoat korxonalarida, ilmiy tadkikot ishlarida, texnologik jarayonlarda, maxsulotlar, moddalar sifati va kamchiliklarini aniklashda radiaktiv moddalar va ular bilan jihozlangan ulchov asboblaridan foydalaniladi. SHu sababli ulardan foydalanishda, insonlar uchun soglom muxit yaratishda, radiatsiya xavfsizligi koidalariga qat’iy amal kilish talab etiladi.Oxirgi yillarda radiatsiya xavfsizligi normalari (NRB-76) va ionlovchi nurlar manbalari bilan xavfsiz ishlash koidalari (OSP-72) ishlab chikildi va shu asosda ishlar tashkil etilmokda.Bular asosida ikki yunalishda xavfsizlik koidalari ta’minlanmokda.1. Loyiha texnik, tibbiy, sanitariya va gigiena chora tadbirlarini qullash orqali ishlovchi xodimlar va aholini nurlanish darajasini yul qo’yiladigan darajagacha kamaytirish.2. Axoli va xududlarni radiaktiv ifloslanishi, nurlanishi haqida ma’lumotlar berish, samarali nazorat tizimini yaratish, muhit bilan ta’sirlanib, turli sonlarda elektr razryadlarini xosil kiladigan nurlar ionlovchi nurlar deb ataladi.Bu turdagi nurlarga. - zarrachalar, ‘-neytronlar, (R)-protonlar va boshqalar misol buladi.-nurlanish - geliy atomi yadrosi oqimidan iborat bo’lib, kamroq o’tish va yuqori darajada ionlash qobiliyatiga ega.-nurlanishi - elektronlar va pozitronlar oqimida iborat bo’lib - zarrachaga nisbatan ko’prok o’tish va kamroq ionlash qobiliyatiga ega.Foton nurlanish - 300000 km/s doimiy tezlikda tarqaladigan elektromagnit tebranish oqimidan iborat bo’ladi. Foton nurlanishga -nuri, reyting nuri misol bo’ladi-nurlanish-gamma kvantlar oqimi hisoblanib, tulkinligi (10– 10 sm bo’lgan elektromagnit nurlardan iborat buladi.Rentgen nurlanish quvvati 1 kev - 1mev bo’lgan tormozlash nurlari yig’indisidan iborat bo’lib, qisqa tulqinda (10-10 sm) va chastotada (10-10 Gts) mavjuddir.Ionlovchi nurlarning odam organizmiga ta’siridan ham murakkab fizik va biologik jarayonlar sodir buladi. Natijada ichki organlarning normal ishlash faoliyati buziladi, qattiq va saqlanuvchi turdagi «nur» kasaligi paydo bo’ladi. Bu holatda bosh og’riydi, uyqu rejimi buziladi, ishtaha kamayadi, modda almashinuvi, oshqozon va yurak faoliyati o’zgaradi. Yurak muskulida qon kuyilishi va jinsiy organlarni ishdan chiqishi sodir bo’ladi. Ko’p hollarda terini qurib qolishi, murtlashishi, sochning tukilishi, ko’r bo’lib qolish hollari uchraydi. SHu sababli, barcha ishlar «Nurlanish xavfsizligi maxsus xizmati» nazorati asosida amalga oshiriladi.
25.Elektromagnit nurlanish. Elektromagnit nurlanishlar turli chastotalarda, aloqa tarmogida keng qollaniladi. Radio texnika qurilmalarida antenna generatorlar, antenna qurilmalari, yuqori chastotali transformatorlar, fider yonalishlar, materiallarni termik ishlov berish uchun qurilmalarda elektromagnitlar, kondensatorlar elektromagnit nurlanish manbai sanaladi. Korsatilgan qurilmalar ishida ularni orab turgan hajmda yani joyda elektromagnit maydonlar bunyod boladi. Elektromagnit maydonlar foydali harakati bilan bir qatorda inson tanasiga kirib, unga noqulay, salbiy tasir kursatish va kasbiy kasalliklarga sabab bolishi mumkin. Ular asab, endokrinologik va yurak-qon tomirlari tizimi kasallan,ishini chaqirishi mumkin, insonda qon bosimi pasayadi, pulsi yekinlashadi, reflekslar tormozlanadi, qon tarkibi ozgaradi. Elektromagnit maydonlar organizmga issiqlik tasirida oz aksini berishi mumkin. Inson tanasiga yutilgan elektromagnit maydonlar quvvati tanani va ayrim organlarni qizishini yuzaga keltirib, issiqlikka aylanib, kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, miya, koz, ichak, buyrak va urugdonlar elektromagnit maydonlar tasirida sinaladi Elektromagnit maydonlarining tasiri subektiv buned bulishijuda toliqish, bosh ogriq, jizzakilikda, seruyqulik, nafas siqishi, korish qobiliyatining yomonlashuvi, tana haroratining kotarilishida oz ifodasini topadi. Elektromagnit maydonlar tasirida zararlanish darajasi nurlanish surati harakat chastotasi davriga bogliq. Elektromagnit maydonlar surati harakat chastotasi va davri qanchalik kop bolsa, inson organizmiga tasiri shunchalik kuchli boladi.
Elektromagnit maydonlarning insonga zararli tasirlarini ogoxlantirish maqsadida ish joylarida elektromagnit maydonlar energiya oqimi mustahkamliligini taminlovchi moslamalardan foydalaniladi Elektromagnit maydonlarni tasiridan himoyalashning asosiy usullari va vositalariga quyidagilar kiradi: 1. Himoyalashning tashkiliy choralari.
2. Manbadan nurlanishning jadalligini kamaytirish. 3. Nurlanish manbaining ekranlashuvi. 4.Nurlanish manbaidan ishchi orinlarini ekranlashtirish va yoki ajratish. 5.Xabar berish vositalarini qollash.
6. Individual himoya vositalaridan foydalanish. Ishning muayyan sharoitlariga bogliq tarzda shu vositalardan biri yoki ularning ixtiyoriy kombinatsiyasidan foydalanish mumkin. 1. Tashkiliy choralar uskunalarning ratsional joylashuvi, qurilmalar va xizmat korsatilayotgan xodim ishi muayyan rejimini belgilashdir. Yuqori va ota yuqori chastotali qurilmalar ishiga tibbiy korikdan otgan 18 yoshdan kichik bolmagan, texnika xavfsizligi boyicha oqib, imtihon topshirgan shaxslarga ruxsat etiladi. Har yili xizmat korsatayotgan xodim tibbiy korikdan otkaziladi. Agar ish yuqori xavfli sharoitlarda, nurlanishda, ketayotgan bolsa, xodimlar uchun qisqartirilgan ish kuni va qoshimcha tatil belgilanadi
26.Nurlarning dozametrik mikdorlari va ularning ulchov birliklari.Nurlanish dozasi deb - ionlash va malekulyar muhitni oygotishga sarf boladigan massa birligidagi nurlanuvchi modda yutadigan energiya mikdoriga aytiladi. Nurlanish mikdorlari turli ifodalanadi. Masalan, yutiladigan (jalb kilingan) doza birligini grey (Gy) dj/kg, rad, erg/g larda ifodalash qabul qilingan. 1 Gy - 1,0 Dj/kg, 1rad=100 erg/g=1.10 Dj / kg. ga teng. Ekspozitsion mikdor uchun birlik sifatida kulon kilogramm (Kl/kg) rentgen qabul qilingan.Rentgen zaryad (r) yigindisi bir elektro statik birlikka teng elektr tashkil kiladigan (1sm. kub havoda normal sharoitda) 0,001292 g.havodagi ionlar hosil qiluvchi rentgen yoki - nurni ifodalaydi.
Nurlanish kasalligidan saqlanish, ishlayotgan xodimlarni xavfsiz mehnat sharoiti bilan taminlash va ularni xavfli vaziyatlardan ogohlantirish maqsadida yol qoyiladigan doza mikdori (YQDM) va yul qoyiladigan izotopning aktivligi (YKIA), radiatsiya xavfsizligi normalariga (RXN-76) asosan belgilanadi.Vaqt birligida nurlanish miqdori energiyasi R/soat, MkR/soat, mber/yil ( biologicheskiy ekvivalent rentgena) birligida olchanadi.Nurlanish xavfsizligi normalariga asosan (NXN-76) shaxslar kasbiga mos ravishda quyidagi guruhlarga bolinadi.A-guruh- ionlavchi nurlar manbalari bilan doimiy muloqatda ishlaydigan kasb egalari.B- guruh- radiaktiv nurlar manbalari bilan ishlamaydigan, lekin ish joyi va yashash sharoiti buyicha radiaktiv moddalar yoki boshqa manbalar tasirida boladigan shaxslar.V-guruh barcha yashaydigan aholiga mansub.

Download 66.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling