1. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari
Zaharli moddalar va materi-allarning tasiri (neft mahsulotlari bilan uzoq muddat ishlash, qichituvchi kimyoviy mahsulotlar bilan ishlash)
Download 66.17 Kb.
|
Hayot havfsizligi javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.Yuqori izchillikdagi nurlanish energiyasining tasiri (infraqizil nurlari, yuqori chastotali toklar).Koz kasalliklari: katarakta, konyuktivit va b.
6.Zaharli moddalar va materi-allarning tasiri (neft mahsulotlari bilan uzoq muddat ishlash, qichituvchi kimyoviy mahsulotlar bilan ishlash).
O’tkir va xronik zaharlanish, pnevmoskleroz, terini jarohatlanishi, kimyoviy kuyish Pardozlash ishlari (bo’yoq ishlari), asfalьtbeton va bitum qatronli tom yopma ishlari, yog’ochga maxsus qorishmali suyuqliklar bilan ishlov berib singdirish. 7.Yoruglikning yetarli emasligi va buning tasirida korish organlarining doimiy zoriqishi. Korish qobiliyatining susayishi, shilpiqlikning oshishi, jarohatlanish ehtimolining kopayishi. Tabiiy va suniy yoruglik yetarli bolmagan har qanday ishlarni bajarilishi. 8.Alohida guruh muskullarining zoriqishi, gavdani vaziyatini majburiy ushlab turish, uzoq muddat oyoqda turish, ogir yuklar kotarish Venaning kengayishi, tromboflebitlar, nevrit, xronik artrit, grija.Qol kuchida bajariladigan ogir ishlar: ortish-tushirish, burgulab portlatish, gisht-tosh ishlari, tom yopish, qoplama va yol qurilishi ishlari. 9.Yuqori izchillikdagi nurlanish energiyasining tasiri (infraqizil nurlari, yuqori chastotali toklar).Koz kasalliklari: katarakta, konyuktivit va b. Elektr- va gaz- payvand ishlari, magnitli defektoskoplardan foydalanish. 10.Radioaktiv moddalar va izo-toplar, rentgen nurlarining ionlashuvi orqali tasiriTerining shikastlanishi, rak kasalligi, dermatit, ekzema, yiringli kasallik, nurlanish kasalligi. Gamma defektoskop apparati va metallni rentgenoskop asboblarida ishlash va ular yordamida qurilish ashyolari va konstruktsiyalarini tekshirish. 13.Mehnatni tashkil etish - nazariya va amaliyotga asoslangan holda korxonada ish jarayoni unsurlarini uyushtirish tartibi va tamoyillari. Mehnatni tashkil etishe.ning iqtisodiy vazifa-l ar i ga milliy iqtisodiyotda inson va moddiy resurelardan oqilona foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishni va uning sifatini oshirish; sanitariyagigiyena va ruhiyfiziologik vazifalariga ishchixodimlar so-gʻligʻini muhofaza etish, mehnat sharoitlarini belgilangan standart va meʼyorlarga mosligini taʼminlash; ijtimoiy vazifalariga mehnatning mazmuni, uning ijodiyligini, kishilarning maʼnaviy kamol to-pishini rivojlantirish, ularning ijtimoiy muhofazasini tashkil etish; tashkiliy vazifalariga har bir ish joyini tashkil etishda ergo-nomik talablarga muvofiklikni taʼminlash kiradi.Mehnatni tashkil etishe. — mehnat munosabatlarini tashkil etish hamda mehnatning ashyoviy unsurlarini tashkil etishga ajratiladi. Bu darajalarning har biri mehnat taqsimoti va unga mos keladigan mehnat kooperatsiyam kabi tushunchalar bilan bogʻliq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Mehnatni tashkil etishe. quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: shaxs ni kamol toptirish (har bir insonda individual sifat koʻrsatkichlari rivojlanishini taʼminlash); xavfsizlik (ishchi oʻz ish joyida, sogʻligʻiga, daromadiga, ish bilan taʼminlanishiga kafolat beruvchi xavfeizlikka ishonch hosil qilishi); ad o lat (korxona mehnat natijalarida har bir ishchining manfaatlari ifodalanishi). Mehnat, dastlab, ishlarning tarkibi, mazmuni, hajmi va intensivligiga, ish vaqtidan foydalanish darajasi va asbob-uskunalar murakkabligiga qarab inson imkoniyatlari hamda kasbiy tayyorgarligiga binoan tashkil etishni talab qiladi. Mehnat sharo-itlarini tashkil etish — dam olish va mehnat rejimi, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish kabi tadbirlar bilan aloqador. Mehnatni tashkil etishe. tizimida kadrlarni kasb talablarga asosan tanlash, shaxsiy sifatlarini inobatga olish, kadrlarni tay-yorlash, joy-joyiga qoʻyish, malakasini oshirish kabi masalalar hal etiladi.Ayniqsa, mehnatning ijtimoiyiqtisodiy ragʻbatlari, xodimlarning jamoa boshqaruvida ishtirok etishini taʼminlash muhim ahamiyatga ega; ish oʻrnini jihozlash — barcha asosiy va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalarni optimal joylashtirishga alohida eʼtibor beriladi.Mehnatni tashkil etishe.ning muhim yoʻnalishi — intizomdir. Kishilarning qoʻyilgan maqsadga erishish yoʻlidagi mehnati, harakati va intilishlarining birlashuvi, ish joyiga oʻz vaqtida kelishi va ketishi bilan birga belgilangan texnologiyaga rioya qilishi, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini taʼminlash, mehnat unumdorligini oshirishga intilish institutizom talablariga kiradi. Mehnat institutizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona jamoaga birlashtiradi. Mehnatni tashkil etishe.ning eng ilgʻor usullarini qoʻllash va mehnatni toʻgʻri tashkil etish, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatda yengib chiqishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi, korxonlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yoʻl ochadi. 14.yaxshi saqlangan ish joyi- xodimlarning yuqori mahsuldorligi kaliti. Albatta, konfor keng tushuncha bo'lib, ko'pincha odamning ish yo'nalishiga bog'liq. Sanitariya normalari va qoidalari ishlab chiqarish korxonalari va ofis maydoni farqlanadi. Biroq, birinchi va ikkinchisi SanPiN 2.24.54896 tomonidan "Ishdagi mikroiqlim uchun gigienik standartlar" nomi ostida o'rnatiladi.Asosiy shartlar 2017 yil boshidan sanoat binolari uchun yangi sanitariya-gigiyena talablari kuchga kirdi. Ular o‘tgan yilning 21 iyundagi 81-sonli farmoni bilan Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan. Yangilangan SanPiN standartlari quyidagi talablarni ilgari surdi:mikroiqlim;Shovqin va tebranish darajasi;Elektro-, magnit va elektromagnit maydonlarga ta'sir qilish.Ushbu normalar omillarning chegaraviy mumkin bo'lgan ko'rsatkichlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish ob'ektlariga qo'yiladigan talablarga rioya qilish ish joyida kuniga sakkiz soat (haftasiga qirq soat) bo'lgan xodimlarni mehnat vazifalarini bajarishning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq patologiyalar yoki kasbiy kasalliklarning rivojlanishidan himoya qilishi mumkin.Sanoat binolarining mikroiqlimiga yangi gigienik talablarning kiritilishi ilgari tasdiqlangan standartlarni bekor qiladi. Misol uchun, elektromagnit maydonlarning ta'siri bo'yicha SanPiN 2.2.41191-03.SanPiNs tomonidan tartibga solinadigan eng muhim masalalar ofis xodimlarining ish joyidagi harorat va mikroiqlimdir.Ofisdagi harorat Oddiy haroratni saqlash kompaniyaning normal ishlashi uchun muhim shartdir. Ofisdagi harorat nafaqat xodimlarning sog'lig'i ko'rsatkichlariga, balki ularning mahsuldorligiga, shuningdek, butun korxonaning normal ishlashiga ham ta'sir qiladi. Harorat standartlari SanPin 2.2.4 548 96 tomonidan tartibga solinadi. Qoidalarning beshinchi va oltinchi bo'limlari mavsumga (issiq yoki sovuq) qarab optimallashtirish va chegara harorati ko'rsatkichlariga bag'ishlangan. Ishini intellektual deb tasniflash mumkin bo'lgan, jismoniy faollikning past darajasi, shuningdek, o'tirish holati bilan tavsiflangan ofis xodimlari Mehnat kodeksi va SanPin tomonidan Ia toifasida tasniflanadi. Ushbu toifadagi xodimlar uchun yigirma uch dan yigirma besh daraja (yozda) va yigirma ikki dan yigirma to'rt daraja (qishda) haroratni ta'minlash kerak. Xonadagi harorat belgilangan me'yorlarga mos kelmasa, xodimlar ish beruvchidan ish smenalarining davomiyligini qisqartirishni talab qilishga haqli. Agar harorat yigirma to'qqizdan oshsa, ish vaqti uch soatdan olti soatgacha qisqartiriladi (bajarilgan funktsiyalarga muvofiq). Ofisdagi harorat o'ttiz ikki darajadan oshsa, bir soatdan ortiq ishlash taqiqlanadi. Sovuq mavsum uchun ko'rsatkichlar mavjud. O'n to'qqiz darajadan past haroratlarda smenaning davomiyligi bir soatga qisqaradi. O'n uch darajadan past haroratlarda ish kuni bir soatdan oshmasligi kerak. Rahbariyati doimiy ravishda binolarning harorat rejimini buzadigan tashkilotning ishi uch oygacha bo'lgan muddatga vaqtincha to'xtatilishi mumkin. 15.Mehnat sharoitini sanitar-gigienik talablarini qatiy belgilab beruvchi asosiy meyoriy hujjat - Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitar meyorlari (SN 245 - 71) bolib hisoblanadi. Ular loyihalanadigan yangi va rekonstruktsiya qilinadigan mavjud binolarga moljallangan va sanoatning turli yonalishlaridagi ishlab chiqarish komplekslarini loyihalash, qurish va foydalanish davrlari uchun sanoat sanitariyasining asosiy talablarini ifoda etadi. Ushbu hujjatda turli xil agregat holatidagi zararli modda (chang, gaz va bug) larning ishlab chiqarish xonalari uchun, ish mintaqasidagi yol qoyarli chegaraviy kontsentratsiya (PDK) miqdorlari keltirib otilgan. Bunda ish mintaqasi deb, pol sathidan 2 m balandlikda odamning nafas olish sathiga teng ish joyidagi fazoviy chegarasi olinib, uning ishchi smenasi maboynida vaqtincha yoki doimiy bolishini kozda tutadi. Ish mintaqasining havosida bir nechta zararli moddalarning birgalikdagi tasir etish holi uchun, ularni har birining haqiqiy kontsentratsiyasini yol qoyarli chegaraviy kontsentratsiyalariga nisbatining yigindisi birdan oshmasligi kerak: S1 / PDK1 + S2 / PDK2 + + Sn / PDKn < 1 , Bunda S1, Sn - havodagi zararli moddalarning haqiqiy kontsentratsiyalari, mg/m3(g/m3); PDK1, PDK n ish mintaqasi havosidagi ushbu moddalarning yol qoyarli chegaraviy miqdorlari, mg/m3(g/m3). Sanitar meyorlari (SN 245 -71) da qurilish maydonlarini tanlash uchun asosiy talablar qoyilgan. Qurilishga maydonni tanlash, suv muammolari, uni tozalash, sanoat suvlarini zararsizlantirish va uni qaysi joyga oqizib yuborish masalalari Davlat sanitar nazorati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Yuqoridagi masalalarni hal qilish bilan bir vaqtni ozida turarjoy binolari uchun qurilish maydoni, yillik shamol esishining hukmron yonalishiga nisbatan tanlab olinadi. Bunda ushbu aholi yashash punkti yoki tumanning maydonini tekislash va binolarni joylashtirish bilan birga joy relьefi masalalari ham hisobga olinadi. 16.Inson organizmiga meteorologik sharoitning tasiri. Qurilish ishlarida insonning kayfiyati va uning mehnat unumdorligi uni orab turgan muhitga yani haroratning ozgarishiga, havo namligi va harakatlanish tezligiga, hamda atmosfera bosimiga kop jihatdan bogliq. Inson ozini orab turgan havoning harorati 12-220S, namligi 40 60 %, hamda havo harakatining tezligi 0,1 0,2 m/s bolganda ozini yaxshi his etadi va ishchan hisoblaydi. Inson organizmiga atmosfera bosimi ham tasir qiladi. Inson organizmiga meteorologik sharoitlarning tasiri organizmni oz issiqligini boshqaruvi - termoregulyatsiyasiga bogliq boladi. Inson tanasidagi doimiy harorat yani organizmning termoregulyatsiyasi fiziologik va kimyoviy jarayonlari bilan ushlab turiladi va bu orqali tashqi muhit bilan organizm orasidagi issiqlik almashinuvi toliq taminlanib turiladi. Haroratning 15 - 200 С bo’lishi va nisbiy namlikning 35 – 70% miqdori organizmdagi modda almashinuvi va issiqlik almashinuvi jarayonlarini amalda o’zgartirmaydi. 200С darajadagi harorat organizmda issiqlik ajraluvi va bug’lanishni yuzaga keltiradi. Inson organizmida bug’lanish hisobiga ter ajralib chiqadi va bu uni issiq urishidan saqlaydi. Nisbiy namlik 80 - 85 % dan oshib ketganda, organizmdan ajralayotgan terning buglanishi sekinlashadi va bu fiziologik termoregulyatsiyaning buzilishiga sabab boladi. Organizmning tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvi meteorologik sharoitdan tashqari, bajarilayotgan ish turi va ishchining fiziologik holatiga bogliq boladi. Harorat 300 С dan oshgan paytda ishchi bir smenada 10 – 12 litr atrofida ter ajratadi va me’yordagi 10 gr o’rniga 30 – 40 gr tuz yo’qotishi mumkin. Bunday miqdordagi suvni yo’qotilishi organizmning suvni saqlab turish qobiliyatini susaytiradi va bunda issiq urishi sodir boladi. Ish joylarida havo haroratining pasayib ketishi hisobiga tananing haddan tashqari sovub ketishi yuzaga keladi va natijada inson shamollash kasalligiga chalinadi. SHuning uchun ishlab chiqarish mintaqalarida Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitar meyorlari (SN 245 - 71) ga asosan bajarilayotgan ishning turi va yilning fasllarini hisobga olib, doimiy va ozgaruvchi ish joylari uchun meteorologik sharoitlari belgilab berilgan. Unga kora, yilning sovuq va ozgaruvchan (harorat +100 С dan past) davrlari uchun, ishlab chiqarish binolaridagi mo’’tadil havo harorati 16 – 220 С, nisbiy namlik 60 – 30 %, havo oqimining tezligi 0,2 – 0,3 m/s deb qabul qilingan. Ruxsat etilgan havo harorati esa 18 – 220 С, nisbiy namlik 75 %, havo oqimi tezligi 0,3 – 0,5 m/s ta’minrlanishi kerak. Yilning issiq (harorat +100 С dan yuqori) davrlari uchun, eng maqbul havo harorati 18 -250 С, nisbiy namlik 60 – 30%, havo oqimi tezligi 0,3 – 0, 7 m/s belgilangan, ruxsat etilgan havo harorati 330 С gacha, nisbiy namlik 75%, havo oqimi tezligi 0,3 1 m/s taminlanishi kerak. Agar ishlab chiqarish korxonalarida xonalarning 1 m3 hajmi hisobiga, bir soatda 20 KKal dan ortiq issiqlik ajralib chiqsa, bunday binolar issiq tsexlar deb ataladi. Sanitariya meyorlariga asosan issiq tsexlardagi sovuq va yilning ozgaruvchan davrlaridagi maqbul havo harorati 16 220 С, nisbiy namlik 60 – 30%, havo oqimi tezligi 0,2 – 0,3 m/s qilib belgilangan. Ruxsat etilgan havo harorati 13 – 240 С, nisbiy namligi 75%, havo oqimi tezligi 0,5m/s bo’lishi kerak. Issiq davr uchun maqbul havo harorati18 – 250 С, nisbiy namlik 60 – 30%, havo oqimi tezligi 0,2 – 0,7 m/s belgilangan, ruxsat etilgan havo harorati 280 С gacha, nisbiy namligi 75%, havo oqimi tezligi 0,3 – 1 m/s bo’lishi kerak. Issiq tsexlardagi ish joylarida mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun, texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, tabiiy shamollatish yetarli bolishini taminlagan holda xonalarni rejalashtirish; xavfli yoki chang ajralib chiqadigan jarayonlarni alohida xonalarga joylashtirish; issiq sirtlarni himoya qoplamalari bilan tabiiy shamollatishni yolga qoyish va suniy shamollatishda soruvchi shamollatishning (3-rasm) unumdorligini soatiga 2 - 4 marotaba bolishini amalga oshirish, havo dushlarini (4-rasm) qurish, issiqlik nurlariga qarshi qalqonli ekranlar ornatish; shaxsiy himoya vositalarini qollash; ishchilarga dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ichimlik suvi (gaz-suv) bilan taminlash va sanitar-maishiy xizmatlarni yolga qoyish kerak boladi. Ishchi xonalari, shuningdek avtomashina, bulьdozerlar, kranlarning kabinalarida havo harorati, yilning sovuq va o’tish davrlarida 13 – 170 С, yilning issiq davrlarida 280 С va namlik miqdori 40 – 80% ni tashkil etishi kerak. Bunda qish davridagi havo oqimining tezligi 0,5 m/s dan kam va yozda 0,7 – 1 m/s bolishi lozim. Bir qator maxsus ishlar (tunnellar, kessonlar, suv osti inshootlarini qurishda) havoning yuqori bosimi bolishini talab etadi. Bunday sharoitlarda qisqartirilgan ish kuni joriy qilinib, bir bosim sharoitidan ikkinchi bosim sharoitiga, maxsus otish kameralari (shlyuzlar) qurilib ular orqali otiladi. Ayrim paytlarda, baland togli joylarda ishlarni bajarishga togri keladi, bunda atmosfera bosimining kamayishi kuzatiladi (balandlik 2500 m bolganda bosim 73330 Pa gacha tushib ketadi). Ushbu sharoitlarda inson organizmi kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi. Uni oldini olish maqsadida ishchilar kislorod apparatlari, issiq va qulay kiyim-boshlar bilan taminlanadi. Havo harorati termometrda, oqimining tezligi kosali yoki qanotli anemometr bilan, namligi Avgust psixrometri yordamida olchanadi. 23.CHangdan himoyalanish umumiy va shaxsiy xillarga bolinadi. CHangga qarshi umumiy kurash choralariga, birinchi navbatda maydalash, tegirmonda tortish, elash, tashish, chang ajraladigan materiallarni ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash; ayrim hollarda texnologik jarayonlarni boshqasiga almashtirish, masalan, tosh va boshqa materiallarga quruq holda sayqal berishni hol holdagisiga almashtirish; germetik jihozlarni qollash; chang ajraluvchi jarayonlarni va ishlab chiqarishini alohida himoyalangan xonalarga joylashtirish va chang ajralib chiqayotgan joyga mahalliy chang sorgichlar ornatish ishlari kiradi. Qurilish maydoni yollarining changini suvga 20% li ohakli aralashmani sepish juda yaxshi natija beradi, buning natijasida chang ajralishi 1,8 2,6 mg/m3 gacha kamaytiriladi.SHaxsiy himoyalanish choralariga, changdan himoyalovchi maxsus kiyim, respirator (7-rasm), himoya kozoynagi va h.k. lardan foydalanish, hamda shaxsiy gigienaga rioya qilish (dush qabul qilish, yuvinish, chomilish) kabilar kiradi. 17.Mehnat sharoitini sanitar-gigienik talablarini qatiy belgilab beruvchi asosiy meyoriy hujjat - Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitar meyorlari (SN 245 - 71) bolib hisoblanadi. Ular loyihalanadigan yangi va rekonstruktsiya qilinadigan mavjud binolarga moljallangan va sanoatning turli yonalishlaridagi ishlab chiqarish komplekslarini loyihalash, qurish va foydalanish davrlari uchun sanoat sanitariyasining asosiy talablarini ifoda etadi. Ushbu hujjatda turli xil agregat holatidagi zararli modda (chang, gaz va bug) larning ishlab chiqarish xonalari uchun, ish mintaqasidagi yol qoyarli chegaraviy kontsentratsiya (PDK) miqdorlari keltirib otilgan. Bunda ish mintaqasi deb, pol sathidan 2 m balandlikda odamning nafas olish sathiga teng ish joyidagi fazoviy chegarasi olinib, uning ishchi smenasi maboynida vaqtincha yoki doimiy bolishini kozda tutadi. Ish mintaqasining havosida bir nechta zararli moddalarning birgalikdagi tasir etish holi uchun, ularni har birining haqiqiy kontsentratsiyasini yol qoyarli chegaraviy kontsentratsiyalariga nisbatining yigindisi birdan oshmasligi kerak: S1 / PDK1 + S2 / PDK2 + + Sn / PDKn < 1 , Bunda S1, Sn - havodagi zararli moddalarning haqiqiy kontsentratsiyalari, mg/m3(g/m3); PDK1, PDK n ish mintaqasi havosidagi ushbu moddalarning yol qoyarli chegaraviy miqdorlari, mg/m3(g/m3). Sanitar meyorlari (SN 245 -71) da qurilish maydonlarini tanlash uchun asosiy talablar qoyilgan. Qurilishga maydonni tanlash, suv muammolari, uni tozalash, sanoat suvlarini zararsizlantirish va uni qaysi joyga oqizib yuborish masalalari Davlat sanitar nazorati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Yuqoridagi masalalarni hal qilish bilan bir vaqtni ozida turarjoy binolari uchun qurilish maydoni, yillik shamol esishining hukmron yonalishiga nisbatan tanlab olinadi. Bunda ushbu aholi yashash punkti yoki tumanning maydonini tekislash va binolarni joylashtirish bilan birga joy relьefi masalalari ham hisobga olinadi. Sanitar me’yorlari talablariga binoan turar joy hududi sanoat korxonasidan sanitar mintaqasi bilan ajratiladi, uning eni sanoat korxonasidan ajralib chiqayotgan zararli moddalarning atrof muhitga tarqalish miqdoriga bogliq boladi. Barcha korxonalar, ularning alohida binolari va inshootlari ularning texnologik jarayonlari bilan birga, ishlab chiqarish zararlariga kora mos ravishda sanitar himoya mintaqasi eni olchamlari bilan 5 ta sinfga bolinadi: 1 sinf 1000 m, II sinf 500 m, III sinf 300 m, IVsinf 100 m, V sinf 50 m. Qurilish maydonida ishlarni tashkil etish va uni bajarilishi yuqoridagi aytilganlar asosida qurilishni tashkil etish loyihasi (QTL) va qurilishni ishlab chiqarish loyihasi (QICHL) ga binoan amalga oshiriladi, ushbu loyihalarda ishchilarga meyoriy sanitar-gigienik sharoitlar yaratilishi kozda tutilgan. 18.Zaharli moddalar va kasb kasalliklarini oldini olish usullari.Turli ishlab chiqarish jarayonlarida yangi texnika va texnologiyalarni joriy etilishi ish unumdorligini oshirilishiga olib kelmokda. SHu bilan birga, ishlab chiqarishning xususiyatiga, qullanilayotgan xom ashyolarning turiga, tsexlarda, xonalarda turli zaharli gazlar, chang va boshqa kimyoviy moddalar ajralib chiqishi kozatilgan. Inson tanasiga otib, uning sezgi organlari, tuqimalariga fizik-kimyoviy tasir etib, mehnat unumdorligini pasayishiga olib keladigan moddalar zararli va zaharli moddalar deb ataladi.Bu moddalar odam tanasiga nafas olish, ovqat, suv orqali otadi va kasb kasalliklarini kelib chiqishiga olib keladi. Ayniqsa, neft, kimyo sanoati bilan bogliq jarayonlar ancha zararlidir. Barcha sohalarga axborot texnologiyalarini joriy etilishi sababli bu kabi zararlarni oldini olish katta ahamiyatga ega. Zaharli moddalarning odam tanasiga va tuqimalariga korsatadigan tasiriga qarab shartli ravishda 9 guruhga ajratiladi.1. Asab zaharlari benzin, kerasin, spirt, metanol, diaksin, ammiak, nikatin, qurgashin, fosforli organik birikmalar.2. Jigar zaharlari xlor, brom, ftor , yodli birikmalar.3. Qon zaharlari- karbon angidridi, amina-nitro birikmalar, mishyak, benzol, toluol, ksilol va boshqalar.4. Ferment zaharlari simob, mishyak, tsian, ammofos va boshqalar5. Kuydiruvchi zaharlar - yuqori va quyi nafas yullarini shikastlaydi bunga ammiak, azot oksidi, fenol, kislota , ishqor va boshqalar kiradi.6. Allergen zaharlar - nikelь, nitro xlor, benzol va boshqalar (piridin birikmalar).7. Kontseragin zaharlar- toshkumir smolasi, amino birikmalar, qurum qorakuya va boshqalar. Rak, tanada, shish kasalliklarini keltirib chiqarishi tasdiqlangan.8. Muhtagen zaharlar - etilenamin, qurg’oshin, simob birikmalari va boshqalar (ayniqsa xayvonlar va insonlar jinsiy organlariga tasir etadi).9. Emriotrop zaharlar - tomid, amid va boshqalar tugilishga salbiy tasir korsatadi va naslni yoq qiladi.Ishlab chiqarish jarayonlarida bu moddalarning miqdori maxsus asbob va uskunalar, dozemetrlar yordamida aniqlanadi. Bir qator himoya vositalari mavjud, yani, turli gaztutkichlar, respiratorlar, chang tutkichlar, himoya kiyimlari va boshqalar.Oxirgi yillarda ishlab chiqarishda zaharli gazlar miqdorini etiborga olgan holda maxsus ichimliklar ishlab chiqilgan (sut va uning maxsulotlari). SHu bilan birga kasb kasalliklarini oldini olish maqsadida bir qator kurash usullari ishlab chiqilmoqda. Bunga zaharlarni ajralishini yuqotish texnologiyasini takomillashtirish, sanitariya-gigiena tadbirlari, davolash va soglamlashtirish choralari kiradi. 19,20.Texnologik jaryonlarni takomillashtirish, ish zonasida zaharli moddalar bolishini oldini olish turli kasbiy kasalliklarni kelib chiqmasligi uchun asosiy manbadir.Bu juda qiyin va katta sarf xarajatlar bilan bogliq masalalardir. SHu sababli ishlab chiqarish jarayonlarida zararsiz, zaharli changlar miqdori, kontsentratsiyasi yuzaga keladi. SHu asosda 8 soatlik ish kuni, 48 soatdan oshmagan xaftalik ish soati joriy etilgan. Bugungi kunda ishlab chiqarishda va tabiatda mavjud bolgan 800 dan ortiq moddalarning mg/m miqdoridagi kontsentratsiyasi aniqlanib, soglikni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan SN 4088-86 ga kiritilgan (REM) Malumki, zararli moddalarning turar joylardagi miqdori ishlab chiqarishdagiga qaraganda 100 barobar kam bolishi kerak. SHu sababli, ish joylarini kukalamzorlashtrish, obodonlashtirish, gullar ekish keng qollanilmokda. Zaharli moddalar xavfliligi jihatdan bexad xavfli, yuqori xavfli, ortacha xavfli va kam xavfli guruhlarga bolingan. SN-4088-86 ga asosan bazi moddalar uchun ruxsat etilgan kontsentratsiya miqdorini keltiramiz. Download 66.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling