1. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari


Radiusi r bo’lgan sfera sirtidan o’tuvchi shovqinning izchilligi (Vt/ m2), tovush chiqaruvchi manbaning quvvatini manba sirti yuzasi nisbatiga teng


Download 66.17 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi66.17 Kb.
#1064333
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayot havfsizligi javoblar

Radiusi r bo’lgan sfera sirtidan o’tuvchi shovqinning izchilligi (Vt/ m2), tovush chiqaruvchi manbaning quvvatini manba sirti yuzasi nisbatiga teng
I = W / 4π r2. Yopiq fazoda (ishlab chiqarish) xonalarida tovush to’lqinlari, to’siqlar (devor, shift, jihozlar)dan qaytadi, oqibatda xona ichida diffuziyali maydon hosil qiladi. SHovqinni tonlari bo’yicha tarkibiy qismlar (bir xil chastotali tovushlar) ga ajratish orqali ularni izchilligini aniqlash spektrli tahlil deb ataladi, hamda shovqinni chastotali tarkibi – spektor deyiladi. SHovqinlarni chastotali spektorlarini olish uchun shovqin o’lchagich va spektorni tahlil qilgich yordamida turli nuqtalarda tovush darajasining bosimini o’lchaydi. O’rtacha geometrik standart 63; 125; 250; 500; 1000; 2000 Gts chastotalarda olingan natijalar bo’yicha shovqinning spektori quriladi.
33.Fiziologik nuqtai nazardan insonlar muloqotiga xalaqit beruvchi va inson sogligiga salbiy tasir etuvchi har qanday tovush, shovqin deb ataladi. Insonning eshitish organi tovushning chastotasi, izchilligi va yonalishining ozgarishlarini sezadi. Inson tovushlarning 16 dan 20000 Gts chastota diapozonlarini farqlay oladi. Tovush chastotalarining chegaraviy miqdorlarini turli odam turlicha eshitib qabul qiladi, bu esa har bir insonning yoshi va xususiy eshitish qobiliyatiga bog’liq. Tebranish chastotalarining 20 Gts dan kichik (infratovush) va 20000 Gts dan yuqori (ulьtratovush) miqdorlarini inson eshitmasada, tabiatan ular mavjud va inson organizmiga maxsus fiziologik ta’sir etadi. SHu narsa aniqlanganki, shovqinning uzoq muddatli ta’siri natijasida, organizmda salbiy o’zgarishlar namoyon bo’ladi. SHoqinning ob’ektiv ta’siri qon bosimining oshishi, pulьsning va nafas olishning tezlashishi, eshitishning pasayishi, diqqatning susayishi, harakatlar yonalishlarining ozgarishi, va ish qobiliyatining pasayishida korinadi. Subektiv tasirida esa bosh ogrigi, bosh aylanishi, uyqusizlik, umumiy kam quvvatlilik kuzatiladi. SHovqin tasiridan organizmdagi kompleks ozgarishlarning sodir bolishi hodisasini meditsina xodimlari shovqin kasalligi deb qaramoqdalar. Tibbiy-fiziologik izlanishlar korsatadiki, masalan, murakkab ishlarni xonada bajarishda, shovqin darajasi 70 dBA bolgandagi mehnat unumdorligiga nisbatan, 80...90 dB miqdordagi shovqin darajasida ishchilar ortacha 20 % ortiq jismoniy va asabiy zoriqishlar sarflaydi. SHovqinni 6...10 dBA miqdorga kamaytirish, ortacha mehnat unumdorligini 10...12 % oshiradi. Yuqori darajadagi shovqinli ishlarga kirishda ishchilar otolaringolog, nevropotolog, terapevtlar ishtirokidagi tibbiy komissiyadan otishlari kerak. SHovqinli tsexlarda ishchilarni davriy korikdan otkazish muddatlari quyidagicha belgilangan: har qanday oktava oraligidagi shovqinni 10 dB ortishida 3 yilda 1 marta; 11 dan 20 dB ortishida 2 yilda 1 marta; 20 dB dan ortiq bolsa 1 yilda 1 marta. SHovqinli tsexlarga 18 yoshdan kichik shaxslarni, va past eshitadigan, otoskleroz, bosh va gavdani tutib turadigan (vestibulyar) vazifani bajaruvchi organi buzilgan, nevroz, markaziy asab tizimi kasalligi, yurak-qontomir kasalliklari bor ishchilar qabul qilinmaydi. Insonning sogligiga va ish qobiliyatiga xavfsiz bolgan, smena davomida unga tasir etadigan tovush energiyasini cheklash, shovqinni meyorlashning asosi bolib hisoblanadi. GOST 12.1.003 83 ga binoan meyorlash, shovqinning biologik xavflarini alohida ajratgan holda uning spekt tuzilishi va oniy xususiyatlarini hisobga oladi. Spektor xususiyatiga kora shovqin: keng oraliqli - bitta oraliqdan ortiq oraliqlarda tarqaluvchi tovush energiyasini tarqatuvchi; tonli - alohida tonlarda tarqaluvchi tovush energiyasini tarqatuvchilarga bolinadi. Meyorlashning ikki yoli mavjud: 1) shovqinni chegaraviy spektori boyicha; 2) tovushning darajasi (dBA) boyicha, shovqin olchagichning A chastotali sathidagi olchashga kora belgilanadi. CHegaraviy spektor boyicha tovush bosimi darajasi asosan doimiy shovqinlar uchun standart oktava oraliqlaridagi chastotalarida ortacha geometrik chastotalari 63; 125; 250; 500; 1000; 2000; 4000; 8000 Gts bolgan oraliqlari uchun, mos ravishda 91; 83; 77; 73; 70; 68; 66; 44 dB tovush bosimining darajasi belgilangan. Tovush bosimining darajasi ish orinlarida meyorlangan chastotali oraliqlaridagi miqdori GOST 12.1.003 83 dagi qiymatlaridan oshmasligi kerak. SHovqinni taxminiy baholashda tovushning tovush bosimining darajasi dBA miqdoriy korsatkichida, shovqin olchagichning A tuzatkich sathidagi olchash bilan kifoyalanadi. Ushbu korsatkich insonning eshitish qobiliyatini turli chastotalaridagi ortacha miqdoriga mos keladi va barcha orta geometrik chastotalariga 75 dBA dan kam tovush bosimi darajasi belgilangan.Ishlab chiqarish korxonalari va transport vositalari uchun dB olchov birligida tovush bosimi darajasi va dBA olchov birligidagi tovush darajasiga meyoriy miqdorlar GOST 12.1.003 83 da belgilangan. Turarjoy va jamoat binolari uchun SN 3077-84 Turarjoylar qurilishi, jamoat binolari xonalarida va turarjoy qurilishi hududlarida shovqinning sanitar meyorlari da belgilangan, unga kora turarjoy hududlarida soat 700 dan 2300 gacha 40 dBA va soat 2300 dan 700 gacha 30 dBA belgilangan.
35.SHovqindan himoyalanish vositalari va yollari. Ishlab chiqarish shovqinidan himoyalanish chora tadbirlarini texnologik jarayonlar va mashinalarni loyihalashdan, ishlab chiqarish xonasini va korxonaning bosh rejasini ishlab chiqishdan, hamda operatsiyalarni ketma-ketligini belgilashdan boshlanishi kerak. Bunday chora tadbirlarga quyidagilar kiradi: shovqinni paydo qiluvchi manbada kamaytirish; shovqinni tarqalish yolida kamaytirish; memoriy-rejaviy tadbirlar; texnologik jarayonlarni va mashinalarni mukammallashtirish; xonalarga akkustik qayta ishlov berish. SHovqinni paydo qiluvchi manbaning ozida kamaytirish juda samarali va iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi. Har bir mashina (elekr dvigateli, ventilyator, titratuvchi maydoncha)larning barcha qismlarida yoki ayrim qismlari (tishli uzatmalar, podshipniklar, vallar va shesternalar) ning titrashi natijasida mexanik, aerodinamik va elektrmagnit shovqinlari paydo boladi. Barcha mexanizmlarning ishlab turgan jarayonida shovqinni 5...10 dB miqdorga quyidagi yollar bilan kamaytirsa boladi: tishli uzatmalar va podshipnikli detallarining birikmalaridagi ochiq tirqishlarni yoqotish; friktsion uzatmalarni qollash; plastmassali detallardan foydalanish. Silkinish podshipniklari va tishli uzatmalardagi shovqinlarni kamaytirish, ularning aylanish chastotasi va yuklanishlarini kamaytirish orqali erishiladi. Kop hollarda yuqori darajadagi shovqinlar jihozlarni vaqtida tamirlanmasligidan kelib chiqadi. Natijada, detallarning mahkamlash qismlari boshashadi va yeyiladi. Titratuvchi mashinalarning shovqinini pasaytirish quyidagicha amalga oshiriladi: titratuvchi elementlarining maydonini kamaytirish; tishli va zanjirli uzatmalarini tasmali yoki gidravlik uzatmalarga almashtirish; silkinish podshipniklari energiya sarfini talab qilmaganda siljuvchan podshipniklarga almashtirish (ushbu usulda shovqin 15 dB gacha kamayadi); titrashdan izolyatsiya qilishning saradorligini oshirish; qolipni titratib betonni zichlash jarayonida uning davomiyligini uzaytirish. Aerodinamik va elektrmagnitli shovqinlarni pasaytirish kopincha mashinalarning quvvatini yoki ishchi tezligini kamaytirish orqali erishilishi mumkin. Ammo, buning oqibatida ish unumdorligi kamayadi va texnologik jarayon buziladi. SHuning uchun ham kop hollarda, manbaning ozida shovqinni kamaytirib bolmasa, shovqinni pasaytirishning tarqalish yollarida kamaytirish usullari qollaniladi, yani shovqindan himoyalovchi qoplamalar, ekranlar, aerodinamik shovqinni sondiruvchi qurilmalar ishlatiladi. Memoriy-rejaviy tadbirlarni qollash, qurilish industriyasi korxonalari bosh rejasi va tsex rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi. SHovqinli va zararli ishlab chiqarish jarayonlari joylashgan bino yoki tsexni kompleksdagi qoshni binolar orasida malum masofalar qoldiriladi va SN 245-71 talablariga binoan joylashtiriladi. Ishlab chiqarish binolari (tsexlari) ichidagi shovqinli va kam shovqinli texnologik uskunalarni bir-biridan koproq masofa qoldirilgan holda joylashtiriladi. SHuni etiborga olish kerakki, ishlab chiqarish xonalariga akkustik ishlov berish shovqin darajasini 2...3 dB ga pasaytirsada samarali usul bola olmaydi. Texnologik chora-tadbirlarda shunday texnologik jarayonlarni tanlash lozim boladiki, ularda qollaniladigan mashina va mexanizmlar kamroq shovqin keltiradigan bolsin. Maslan, beton qorishmalarini titratib zichlovchi mashinalar orniga titratmaydiganini, yani uning orniga presslash yoki bosim ostida beton quyish usulini ishlatish orqali shovqin kamaytiriladi. SHovqin chiqaruvchi jihozlari mavjud ishlab chiqarish xonalarida ishlovchi ishchilarni himoyalash uchun, quyidagilar qollaniladi: shovqin ajraluvchi qoshni uchastkalardan xonalarga shovqindan himoyalovchi qoplamalarni ornatish bilan; kuzatish kabinalari ornatish va masofali boshqarish orqali; akkustik ekranlar va tovushdan himoyalash qoplamasi ornatish; tovushdan himoyalovchi kabinalar va shovqinli kabinalarida ishlovchilarni dam olish xonalarida sharoitni yaratish bilan; mashina va qurilmalarni titrashni susaytiradigan qoplama hamda korpuslarini ornatib; titrashga faol mashinalarni turli amortizatsiya tizimlarini qollash.

Download 66.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling