О‘lchash vositalarining qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish - bu о‘lchash vositalarini qiyoslash natijalari bо‘yicha rasmiy hujjatni tuzish va о‘lchash vositasini yaroqliligini kо‘rsatish.
О‘lchash vositalarini taqqoslash – bu sistematik xatoliklarni aniqlash uchun о‘lchash vositasini etalon yoki о‘sha turdagi namuna о‘lchash vositasiga solishtirish, ya’ni о‘lchovni о‘lchov bilan, priborni pribor bilan.
Bazaviy (asos) metrologiya xizmati – bu aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmat bо‘lib, biriktirilgan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning metrologik ta’minot masalalari bо‘yicha ish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xizmat.
Davlat metrologiya nazorati – bu о‘lchash vositalarining turi va qiyoslanishi, sotilishi va ularning prokatini litsenziyalash bо‘yicha davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Davlat metrologiya tekshiruvi - bu davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan metrologiya qoidalariga rioya qilinishi tekshirish maqsadidagi faoliyatdir.
О‘lchanadigan kattalik - о‘lchashga tortiladigan kattalik.
О‘lchash vositasini kalibrlash - bu kalibrlash laboratoriyasi tomonidan о‘lchash vositasining metrologik xarakteristikasi haqiqiy qiymatlarini va qо‘llanilishga yaroqliligini aniqlash va tasdiqlash maqsadidagi muolajalar majmuidir.
О‘lchash vositalarini qiyoslash – О‘lchash vositalarining о‘rnatilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatlangan idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmui.
О‘lchash vositalarini tayyorlash (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish) ga litsenziya – Kо‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigai hujjat.
О‘lchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki О‘zbekiston hududiga donalab keltirilgan) о‘lchash vositalarining, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qо‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |