1. Fanning maqsadi, predmeti vazifalari Sаnоаtning o’ziga xos xususiyatlari


Download 48.48 Kb.
bet5/6
Sana09.04.2023
Hajmi48.48 Kb.
#1345832
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu(2)

Qurilish sanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan «oldinda» borishi kerak, zero usiz yangi erlar o’zlashtirilmaydi, korхona va tashkilotlar bunyod etilmaydi. /isht, tsement, cherepitsa, shifrni ishlab chiqarish ko’p jihatdan хom ashyoga bog’liq. SHu sababdan bo’lsa kerak, Rossiyaning asosiy tsement sanoati markazlari -Vol`sk, Iskitim, Novorossiysk hisoblanadi. Sababi, ular ilmiy ishlab chiqarish uchun хom ashe-mergeli, ohaktosh ko’p miqdorda mavjud. O’zbekistonda ham tsement ishlab chiqarish хom ashyo omilini e’tiborga olgan tarzda amalga oshirilgan (Bekobod, Angren, Quvasoy, Ohangaron). Bundan tashqari, tsement ishlab chiqarish qora va rangli metallurgiya markazlarida ham tashkil qilinadi. Buning uchun domna pechlarining chiqindisi-shlak, alyuminiy sanoatiga tegishli glinozyom zavodlari chiqindilari ishlatiladi.
Temir-beton mahsulotlari va qurilmalarini joylashtirish iste’mol omili orqali tashkil qilinadi. SHu bois ularning geografiyasi keng bo’lib, bunday korхonalar barcha yirik shaharlarda mavjud.
Xozirgi 100 yil ichida sanoat ishlab chiqarishning xajmi 50 barobardan ortiq o’sdi. Bu o’sishning 3/4 qismi 20 asrning 2 yarmiga FTI davriga to’g’ri keladi. Sanoat ishlab chiqarish bilan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bir biridan farq qiladi. Ularni quyidagicha sanab o’tish mumkin.
- sanoatda maxsulot ishlab chiqarish o’zluksiz davom etadi. Qishloq xo’jaligida mavsumiy xaraktyerga ega, chunki qishloq xo’jaligida maxsulot yetishtirish 1 navbatda joyning tuproq, iqlim sharoitiga, yil fasllariga, quyosh enyergiyasining turlicha to’tishi xamda ekinlar va chorva mollari biologiyasi bilan bog’liq. Texnika va mexnatdan foydalanishdagi mavsumiylik, maxsulotdan tushadigan daromadlarning bir xil bo’lmasligi va boshqa xususiyatlar xam ana shu bilan bog’liq;
- sanoat ishlab chiqarishi ma’lum bir xududni egallagan korxonalarda zavod va fabrikalarda amalga oshiriladi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida esa keng maydonlarda amalga oshiriladi. Shuning uchun qishloq xo’jaligida g’oyat ko’p qishloq xo’jaligi mashinalari ishlatiladi;
Sanoat O’zbekiston milliy iqtisodiyotining moddiy ishlab chiqaruvchi muxim tarmog’idir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi texnika taraqqiyoti va mamlakatning mudofa qudrati sanoatga bog’liq. Sanoat xam iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi turli joylardagi korxonalardan, zavodlar, shaxtalar, elektr stantsiyalaridan iborat. Sanoat korxonalarining asosiy qismi davlat mulki bo’lib xozirgi kunda xususiylashtirilmoqda.
Xususiylashgan sanoat korxonalari bozor munosabatlarida xos talab va taklif bilan ishlaydi.
1990 yillarga kelib O’zbekistonda sanoatning 100 dan ortiq tarmog’iga tegishli 1700 ta korxona ishlab turdi. Shu davrda respublikada yalpi ijtimoiy maxsulotning 53% sanoatda xosil qilindi.
1993 yilda sanoatning yoqilg’i sanoat tarmog’i 60% dan ortiq, oziq-ovqat sanoati, 10% og’ir sanoat, 40% miqdorda maxsulot ishlab chiqardi.
Mamlakatimizning qonuniga ko’ra 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan yerkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar mexnatga yaroqli xisoblanadi. Jumladan 25 yoshdan 49 yoshgacha bo’lganlar mexnatga eng yaroqli kishilardir.
1999 yilda O’zbekistonning mexnat resurslari 12,3 million kishini tashkil etgan. Bu umumiy axolining salkam yarmidir. Ular yiliga 200-250 ming kishiga ko’paymoqda.



Download 48.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling