1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Inflyasiya soʻzi qanday ma’noni anglatadi?


Download 130.4 Kb.
bet25/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
pul va banklar

84. Inflyasiya soʻzi qanday ma’noni anglatadi?
Takror
85. Inflyasiya sharoitida nimalar roʻy beradi?
86. Osiyo Tarakkiyot Banki (OTB) ning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
OTB ning asosiy maqsadi Osiyo va tinch okeani (uzoq sharq) mintaqasiga kiruvchi mamlakatlarga iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishida ko‘maklashish, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, inson resurslarini rivojlantirish, ekologik muammolar, jumladan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda yordam berishdan iboratdir.
1966 yilda tashkil etilgan Osiyo taraqqiyot banki bugungi kunda katta moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega. Osiyo taraqqiyot bankining a’zolari bo‘lib 67 davlat, jumladan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 48, Yevropaning sanoati rivojlangan qator mamlakatlari, shuningdek, Kanad va AQSh hisoblanadi.Bank tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalari misoliga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Trans avg‘on neft quvuri;
2. Indoneziyada ro‘y bergan sunami va zilzila talofatlarini tez bartaraf etish loyihasi;
3. Mekong daryosidan foydalanish hududiy dasturlari;
4. Fillipinda qashshoqlikka qarshi kurashish maqsadida xususiy biznes bilan strategik hamkorlik loyihalaridir.
Kreditlar asosan davlat organlariga yoki davlat kafolati asosida beriladi.
Yirik qarz oluvchilar jumlasiga quyidagi davlatlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin:
1. XXR- 1160 mln.dollar;
2. Hindiston-1254 mln dollar;
3. Pokiston- 709 mln dollar.
2006 yilda bank Osiyo yagona valutasini OVB(AKYu) kiritish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Bu mintaqadagi 13 mamlakatlar milliy pul birliklari aksiyalarini kotirovkasini o‘zida aks ettirish va kelajakda yevroga mos va xos bo‘lgan valutaga aylantirish ko‘zda tutilgan.
OTB rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikka oid loyihalarni moliyalashtirish hamda ushbu sohalarga texnik ko‘mak berish bilan birga aholining milliy salohiyati va turmush sifatini oshirishga yo‘naltirilgan, puxta o‘ylangan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatni amalga oshirayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratadi.
OTB yuqori boshqaru organi bo‘lib, boshqaruvchilar kengashi hisoblanadi. Boshqaruvchilar kengashiga har bir a’zo mamlakatdan vakolatchi shaxs a’zo bo‘lib kiradi. Boshqaruv kengashi bir yilda bir marotaba uchrashib, bank Prezidentini saylaydi. Bank Prezidenti vakolati 5 yil. Uning vakolatiga 12 kishidan iborat bo‘lgan doimiy ravishda faoliyat yuritib turadigan direktorlar kengashini nazorat qilish va boshqarib turish kiradi. Direktorlar kengashining vakolati 2 yil. Bank ustavi talablariga ko‘ra, Prezident va 12 ta direktorlar kengashi a’zosidan kamida 8 tasi Osiyo va tinch okeani mintaqa davlatlardan bo‘lishi kerak.

Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling