1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Asosiy litsenziya tijorat banlarida qanday tadbirlar o’tkazilgandan keyin beriladi?
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
118. Asosiy litsenziya tijorat banlarida qanday tadbirlar o’tkazilgandan keyin beriladi?
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar. Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funksiya- sini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi: - bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish; - banklar hisobotlarini tekshirish, joylarda tekshirishlar o‘tkazish; - bank operatsiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni nazorat qilish. Bank faoliyatini olib borishga litsenziya (ruxsat) berish orqali markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini olib borish imkoniyatlarini aniqlaydi. Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalarni tekshirish, ichki audit holatiga baho berish huquqiga ega. Bunda avvalambor, tijorat banklarining aktivlari: kreditlar va qimmatli qog‘ozlar holati, banklarning likvidliligi va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish o‘tkazishdan asosiy maqsad: bankning moliyaviy holatiga obyektiv baho berish; bankni boshqarish sifati va uning rahbari faoliyatiga baho berish; bankning moliyaviy ahvolini va uning bajaradigan operatsiya- larining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha choralar ishlab chiqish; bank faoliyatining mavjud qonunlar va normativ hujjatlarga muvofiq olib borilishini ta’minlash va boshqalardan iborat. Markaziy bank yana tijorat banklarining olib boradigan operatsiyalarining norma bo‘yicha bajarilishini nazorat qilib boradi Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu Nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini o‘tkazuvni amalga oshirilishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Agar bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risi- da”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kredit va garovga olingan mablag‘lardan foydalanish man etiladi. Bank ta’sischilari o‘z zimmasiga tegishli hujjatlarni rasmiylash- tirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani yaratish, mijozlar ko‘lamini aniqlash, o‘tkaziladigan bank operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator masalalarni hal etishlari lozim. Ta’sischilar ta’sis shartnomasi yoki aksioner jamiyatni tuzish shartnomasini rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv shakli, ustav kapitalining taxminiy miqdori va ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. Shartnomada tomonlar majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi. Bankni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan keyin bir oy muddat ichida hal etiladi. Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ulushi “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom28da ko‘rsati- lishicha, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 53-moddasiga asosan, yuridik yoki jismoniy shaxs yohud o‘zaro kelishuv bilan bog‘langan yoki bir-birining mol- mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizidan ortig‘ini olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizidan ortig‘ini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi. 2017 yil 1 oktabrdan boshlab tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd. so‘m miqdorida belgilanadi. Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari 2019 yilning 1 yanvariga qadar o‘z ustav kapitalini ushbu miqdorga yetkazishlari lozim. Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida alohida ko‘rsatiladi. Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar. 28 Banklarni ro`yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to`g`risidagi nizom. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 8 oktyabrda 2014-son tartib raqami bilan ro`yxatdan o`tkazilgan Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak: bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili; bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati; ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi; bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi, xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari. Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. Qonunda ko‘rsatilishicha, kredit va garovga olingan mablag‘- lardan hamda soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan hollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, budjet mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirishda uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun mavjud litsenziyani shunday holatga keltirish ancha murakkab huquqiy tadbir bo‘lib, tijorat banklari faoliyatining to‘xtashi va tugatilishida muhim asosdir. Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda o‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni to‘xtatish va uni tugatish tartibi Nizomda belgilab berilgan. Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘- lardan va soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan hollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, budjet mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Bank tashkil etilguniga qadar, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunicha uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi. Bank ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida soliq tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur hujjatlarni taqdim qilish zarur. Bank ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish uchun bank aksiyadorlar yig‘ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi va quyidagi hujjatlar: ustavga o‘zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan iltimosnoma; bank aksiyadorlarining ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada); bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar ro‘yxati (3 nusxada) taqdim etiladi. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling