1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100. Savdo balansi to’lovlar balansiga qanday mos keladi 101. Bank tizimi faoliyatining barqarorligi
99. Eksport nima?
Eksport (ing., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham E.ga kiradi. Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar E. tarkibi (koʻrinma E.) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar E. qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar E.ida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar E.ida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi. Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas E.ni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda Har qanday davlat uchun E. import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida (qarangTashqi iqtisodiy siyosat) E.ni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy koʻmaklar; E.ni davlat tomonidan kreditlash). 100. Savdo balansi to’lovlar balansiga qanday mos keladi? 101. Bank tizimi faoliyatining barqarorligi Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va uni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi institutlar yig‘indisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali huquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari yig‘iladi va korxona, tashkilotlarga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi bir necha bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin. Mablag‘larni jalb qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo‘g‘inlari o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Jahon amaliyotida kredit tizimi o‘zining tashkil qilinish turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi. • Markaziy bank • Tijorat banklar • Maxsus-kredit institutlar Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog‘onali kredit bank tizimi ko‘p mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va nobank kredit muassasalaridir. Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: - tijorat banklar; - investitsiya banklari; - jamg‘armalar jalb qiluvchi banklar (O‘zbekistonda Xalq banki); - ipoteka banki; - savdo banklari; - tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha banklar; - tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. Nobank kredit tashkilotlarga: - investitsiya kompaniyalari; - sug‘urta kompaniyalari; - nafaqa va boshqa fondlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - tijorat muassasasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. Banklar - tovar-pul xo‘jaligining ajralmas atributidir. Tarixan bular yonma-yon rivojlanib keldilar. Shuning uchun qiymatning pul shakli muomalasining boshlanishi bank ishining boshlanishi deb hisoblash, hamda bank faoliyatining rivojlanishidagi yetukligi doimo iqtisodiyotdagi tovar-pul aloqalarining rivojlanish darajasiga mos kelgan. Banklar-moliyaviy bozorining tashkiliy tuzilishining bir qismi bo‘lgan kredit tashkiloti bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini jamg‘arish, yig‘ish, jamlangan (akkumulyatsiya qilingan) mablag‘larni o‘z nomidan qaytarib berishlilik, muddatlilik asosida berish hamda mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirish vazifalarini bajaradilar. Banklar ma’lum belgilariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: • mulk shakliga qarab: aksioner, noaksioner, kooperativ, kommunal, davlat, aralash, xalqaro banklarga bo‘linadi; • kredit beruvchi banklarga; • milliy mavqei bo‘yicha: milliy va xorijiy banklarga; • faoliyat ko‘rsatishi va bajaradigan funksiyalariga qarab: depozit, universal, ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi. Aksioner banklar aksioner kompaniyalar sifatida yuzaga kelgan banklar bo‘lib, aksiyalar chiqarish hisobidan ular kapitalining asosiy qismi yuzaga keltiriladi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimining asosiy qismini aksioner banklar tashkil qiladi. Aksioner bo‘lmagan banklar paychilar mablag‘lari hisobidan tashkil qilingan banklar bo‘lib, ular bir yoki bir necha shaxs ixtiyorida bo‘lishi mumkin. Mayda ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kooperativ banklar tashkil qilinadi. Bu banklarning mablag‘lari ishtirokchilarning mablag‘lari hisobidan vujudga keltiriladi va mijozlarga ularning faoliyatini rivojlantirish uchun yengil sharoitda kredit beriladi. Kommunal banklar ixtisoslashgan kredit tashkilotlar bo‘lib, kommunal xo‘jalik va uy- joy qurilishini kreditlash va moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Davlat banklari davlat ixtiyorida bo‘lgan kredit muassasa bo‘lib, o‘zining birinchi kurtaklari qadimiy Rimda, Yegipetda, keyinchilik XVI-XVII asrlarda Yevropada vujudga kelgan. Ixtisoslashtirilgan banklarning turlari sifatida investitsiya, jamg‘arma, rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin. Kredit tizimining yana bir qismi nobank kredit muassasalari bo‘lib, davlat va korxonalarni moliyalashtirish, uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling