1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Qanday mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlari vujudga keldi?


Download 130.4 Kb.
bet30/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
pul va banklar

96. Qanday mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlari vujudga keldi?
1.Yevropa tiklanish va rivojlanish banki (YeTRB) 1990 yil 29 mayda
2.Osiyo taraqqiyot va tiklanish banki
97. Xalqaro Qayta Tiklash va Taraqqiyot banki (XKTTB) qanday ishlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi?
YeTRBning asosiy vazifasi – Yevropaning ilgari sotsialistik tuzumda bo‘lgan mamlakatlarini ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishiga ko‘mak berish va shuningdek, xususiy tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishdan iborat. YeTRB kreditlarining asosiy obyektlari bo‘lib, xususiy firmalar yoki xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari va shuningdek, xorijiy investitsiyali qo‘shma korxonalar kiritilgan yangidan tuzilayotgan kompaniyalar hisoblanadi. Bankning asosiy maqsadi mintaqada investitsiyalarni rag‘batlantirishdir.
YeTRB kreditlar va kafolatlar berishda, aksionerlik kapitaliga mablag‘larni sarmoyalashda boshqa investorlar va kreditorlar bilan hamkorlik qiladi. Bu faoliyat infrastrukturani yoki xususiy sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat sektoridagi loyihalarni kreditlash bilan to‘ldirilishi kerak.
98. O’zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy munosabatlari.
1990 yillarning boshida Sobiq Sovet Ittifoqi tugagandan keyin Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilib, uning a’zo davlatlarining qator xo‘jalik faoliyatlarida demonopolizatsiya jarayonlari va iqtisodiy tizimda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi hamda tamoyili jihatdan yangi bozor institutlari yaratildi. MDH mamlakatlari iqtisodini liberallashuv darajasi turlicha bo‘lishiga qaramay, amalga oshirilgan transformatsiya u yoki bu darajada moliya sohasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Xususan, bank sohasidagi bozor islohotlari bank tizimida ikki pog‘onali bank sektorini paydo bo‘lishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu o‘zgarishlar markaziy bank va tijorat kredit muassasalari to‘g‘risidagi qonunlar bilan mustahkamlandi. Davlat banklari, aksionerlik banklarga, ba’zi bir davlatlarda ular to‘liq xususiylashtirildi. Bozorga asoslangan xo‘jalik yaratish bilan bir qatorda, tashqi raqobat uchun iqtisodiyotni ochishga harakat ham qilib ko‘rildi. Xususiy tijorat banklari hamda xorijiy
kapital ishtiroki bilan kredit muassasalari ta’sis etilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
MDH davrida bank tizimida har bir davlat o‘z manfaati yo‘nalishida mustaqil islohotlar o‘tkazildi va hamma a’zo davlatlar o‘z-o‘zicha rivojlana boshladi. Vaholanki, ko‘pgina MDH davlatlari Rossiya tajribasidan nusxa olishdi, ular bir-birlari bilan o‘zaro integrallashish o‘rniga, nisbatan xalqaro bozor bilan integrallashishga harakat qilishdi. Hamdo‘stlik davlatlari bank tizimining milliy xususiyatlarini inobatga olib va makroiqtisodiy haqiqiylikdan kelib chiqib transformatsiya bo‘lishi ular o‘rtasidagi tafovutni miqdori va tuzilish tarkibi bo‘yicha o‘ta farqlanishga olib keldi.
Keyingi o‘n yillikda xorijiy kapital bilan tuzilgan banklarni MDH davlatlarida rivojlanishini faollashayotganligini kuzatish mumkin. Lekin Hamdo‘stlik davlatlarida xorijiy kapital bilan tuzilgan banklarning tutgan o‘rni turlichadir. Agar ba’zi bir davlatlarda (Gruziya, Qirg‘iziston, Moldova) norezident ishtirokidagi banklar milliy bank xizmatlari bozorida yuqori o‘rinni egallasa, nisbatan yirik bank tizimiga ega bo‘lgan davlatlarda keyingi yillarda xalqaro kapital mahalliy kredit tashkilotlarini yutib yuborish hisobidan o‘z ishtirokini faollashtirishni boshlab yubordi.
MDH davlatlaridagi banklarning ko‘pchiligi davlatlarga kiritilayotgan investitsiyalarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullansa, keyingi paytda hamkorlikda (YeRTB) qishloq xo‘jaligini kichik kreditlash, kichik va o‘rta korxonalarni kredit yo‘li bilan qo‘llab- quvvatlash bilan ham shug‘ullanmoqda.
Shu o‘rinda Xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, tarkibiy tuzilishi, funksiyalari, miqdori va ularning har bir bo‘g‘inining bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligini batafsil tushunib yetsak, xalqaro moliya bozori to‘g‘risida yanada yaqqolroq tasavvur va tushuncha paydo bo‘ladi.
Xalqaro valuta oqimi xalqaro moliya tizimining asosi bo‘lib hisoblanadi. U Jahon tovar ayriboshlash xo‘jaligini amal qilish jarayonida sodir bo‘ladi va milliy xo‘jalik faoliyati natijalarining o‘zaro almashinuviga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, xalqaro moliya tizimi, xalqaro moliyaviy bozor ishtirokchilari o‘rtasida xorijiy valuta oqimi tizimini anglatadi.
Demak, xalqaro moliya tizimi moddiy ishlab chiqarish sohasiga va Jahon yalpi ijtimoiy mahsulotini taqsimlash, qayta taqsimlash, almashish va iste’mol qilish sohalariga xizmat ko‘rsatadi. Xalqaro moliya, xorijiy valuta oqimi harakati sifatida, xalqaro miqyosda barcha subyektlarning ehtiyojini va manfaatlarining qondirilishini ta’minlaydi hamda unga keng miqyosda turli-tuman moliyaviy instrumentlar orqali xizmat ko‘rsatadi.
Xalqaro xorijiy valutalar oqimining harakati to‘rtta bosqichga bo‘linadi: valutalarning paydo bo‘lishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va so‘ngi ishlatilishi. Xorijiy valuta oqimining paydo bo‘lishi kompaniyalar Jahon bozorida o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni va xizmatlarni sotishdan hamda ishlarni bajarishdan tushgan valuta tushumi sifatida paydo bo‘ladi. Xorijiy valutada tushgan tushum ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi xarajatlarga muvofiq taqsimlanadi. Oxirgi hisobda kompaniyalar xorijiy valutada foyda oladi va u foyda mulkdorlar manfaatidan kelib chiqib taqsimlanadi. Dastlabki taqsimlanishdan keyin, xorijiy valuta oqimining qayta taqsimlanish jarayoni boshlanadi: unda turli xil xalqaro tashkilotlarga, fondlarga milliy davlat budjetidan hamda yuridik va jismoniy shaxslarni xorijiy valutadagi daromadidan badallar to‘lash usuli bilan davom etadi. Xorijiy valuta oqimi oxirgi bosqichda to‘liq ishlatilishi bilan o‘z harakatini batamom tugallaydi.
Demak, xalqaro valuta oqimi xalqaro moliya bozorida sodir bo‘ladi va uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Xalqaro kredit bozori.
2. Xalqaro fond bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bozori.
3. Xalqaro investitsiya bozori.
4. Xalqaro valuta bozori.
5. Xalqaro sug‘urta bozori.
Yuqorida qayd etilgan xalqaro moliya bozorining har bir tarkibiy qismi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan va bir-biriga yaqindan xizmat ko‘rsatadi. Ularni tarkibida biron-bir salbiy yoki ijobiy holat sodir bo‘lsa, boshqalarining faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Ma’lumki bugungi davrda jahon moliya bozorlari quyidagi tuzilmadan tashkil topadi:
- milliy va chet el valutalarini o‘z ichiga olgan valutalar bozori;
- milliy va chet el qimmatli qog‘ozlarini o‘z ichiga olgan fond bozorlari;
- milliy va xalqaro miqyosdagi munosabatlardan tashkil topgan kreditlar bozori;
- tovarlar bozori ko‘rinishidagi moliyaviy munosabatlarni tashkil etuvchi qimmatli metallar bozori.
Bu moliyaviy bozorlarni bir-biri bilan bog‘lab turuvchi davlatlararo moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarga to‘xtalish zarur deb hisoblaymiz.

Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling