1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 130.4 Kb.
bet34/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
pul va banklar

106. Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar
Iqtisodiyotida yuz berayotgan tangliklar, nomunosibiklar bir uchi bank tizimi holati va tijorat banklarning foaliyatiga borib takaladi. Ayniqsa, o’tish davrini boshdan kechirayotgan davlatlarda yuz bergan va yuz berayotgan inqirozlarning bosh omillari bo’lib, banklarning sinishi va bankrotligi sanaladi. Rossiyada 1995 yil va 1998 yilda sodir bo’lgan krizislarning tahlili shuni ko’rsatadiki, aholining banklarga inshonchini yo’qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning tushkunligi holatlari banklarning to’lovga qobiliyatini yo’qqa chiqaradi. Shunday ekan, tijorat banklarning likvidligi va to’lovga qobiliyatini tahlil etish davomida bunga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash lozim. Chunki likvidlik va to’lovga qobiliyatlilik murakkab iqtisodiy kategoriyalar sanaladi, bir qarashda, yuzaki baholaganda tahlil samarasi past bo’lish mumkin.
Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. Odatda, esa ularni ichki va tashqi omillarga ajratilib o’rganiladi. Tijorat banklarning likviddiligi va to’lovga qobiliyatliligini belgilaydigan ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi
  • bankning mustahkam kapital bazasi


  • aktivlar sifati


  • depozitlar sifati


  • tashqi manbalarga qarashlik darajasi


  • aktivlar va passivlarning muddatlari bo’yicha munosibligi


  • malakali menejment


  • bankning imidji




Bankning mustahkam kapital bazasi o’z kapitalining mutlaq qiymatini ifoda etib, aktivlar bo’yicha risklarning himoya manbasi hamda omonatchilar va depozitchilar mablag’larini kafolati hamdir. Bankning o’z kapitali ustav fondi va boshqa maqsadli fondlardan iborat bo’lib, moliyaviy bar qarorlik uchun ham asosdir. Shunday qilib, bankning o’z kapitali qancha katta bo’lsa,
likvidliligi ham shuncha yuqori bo’ladi. Shuningdek, to’lovga layoqatlilik ham o’z kapitali hisoblanadi.
Aktivlar sifati asosan to’rt xil mezon asosida aniqlanadi: likvidlilik, risk darajasi, daromadlilik va diversifikatsiya bo’yicha. Aktivlarning likvidligi shu aktivlarning pul shakliga o’tish layoqatidir. Likvidlik xizmatidan aktivlar bir necha guruxlarga ajraladi. Birinchi guruhga yuqori likvidli aktivlar - kassa va vakillik hisobvaragidagi mablag’lar hamda davlatning qimmatli qogozlarni kiritish mumkin. Ikkinchi guruxga qisqa muddatli ssudalar, banklararo kreditlar, faktoring operatsiyalari va aktsionerlik jamiyatlarning tijoriy qimmatli qog’ozlari tashkil etadi. Ular shakliga o’tishning muddatli xarakteriga ega. Uzoq muddatli investitsiyalar, qo’yilmalar va lizing operatsiyalari uchinchi guruhx likvid aktivlarni tashkil etadi. Nixoyat, to’rtinchi guruh likvid aktivlar muddati uzaytirilgan ssudalar, bino va inshootlardan iborat. Risk darajasi bo’yicha ham aktivlar to’rt guruhga ajratiladi va mos holda 0,20, 50, 100% lik risk darajasiga ega aktivlardan iborat.
Shuni ta’kidlash lozimki, risk darajasi qanchalik yu qori bo’lsa, likvidlik shunchalik past bo’ladi. Aktivlarning daromadliligi aktivlarning ishchanligi va samaradorligini namoyon etadi. Daromadlik bo’yicha aktivlar daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi. Daromadlar qanchalik ko’p bo’lsa, bankda kapital bazani mustahkamlash imkoniyati paydo bo’ladi. Lekin ko’r-ko’rona daromadlilikka intilishi aktivlarning yo’qotilishiga va likvidlilikning pasayishga olib keladi. Aktivlar sifatini ko’rsatadigan mezonlardan yana biri ularning diversifikatsiyasidir.
Aktivlarning diversifikatsiyasi ko’rsatkichlari bo’lib bank aktivlarning asosiy yo’nalishlari bo’yicha tarkibi, kredit qo’yilmalarining ob’ektlari va sub’ektlari tarkibi, qimmatli qog’ozlar portfeli tartibi, valyutalar strukturasi (valyuta operatsiyalari bo’yicha), hamkor banklar tartibi hisoblanadi. Aktivlar diversifikatsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, likvidlilik shuncha yuqori bo’ladi. Bank aktivlarning sifati likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilikni belgilashda katta o’rin tutadi. Aktivlar tarkibi shunday optimal tanlanishi kerakki, bir vaqtning o’zida ham likvidlilik, ham to’lovga qobiliyatlilik va bank uchun keraklisi foydalilik ta’minlanishi lozim.
Likvidlilikka ta’sir etuvchi muhim omillar sirasiga bankning depozit bazasining sifati ham kiritiladi. Depozit bazasini hisob va joriy schyotlarda, muddatli depozit va omonat jamg’armalari ko’rinishda yig’ilgan yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari tashkil qiladi. Depozitlar (talab qilib olguncha, muddatli va jamg’arma) sifati kriteriysi bo’lib, ularning barqarorligi hisoblanadi. Depozitlarning bir qaror qismi qancha yuqori bo’lsa, likvidlilik shuncha yuqori ta’minlangan bo’ladi, ularning ulushining ortishi bankning likvid aktivlarga extiyojini kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, talab qilib olguncha bo’lgan depozitlar ularning foiz stavkasiga bog’liq emasligi nuqtai nazaridan barqarorligi bilan ajralib tursa muddatli va jamg’arma depozitlarning qoldiqlari qat’iy muddatga ega ekanligi bilan barqarordir. Lekin ularning foiz stavkasiga boglanganligi foizlar o’zgarishi bilan bunday depozitlar migratsiyasini vujudga keltirishi mumkin.

Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling