1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Mamlakatda pul islohotini oʻtkazish deganda nimani tushunasiz?


Download 130.4 Kb.
bet22/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
pul va banklar

77. Mamlakatda pul islohotini oʻtkazish deganda nimani tushunasiz?
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to‘liq yoki qisman o‘zgartirishlarini amalga oshirishdir.
Revalvatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valutaga nisbatan kursini ko‘tarib qo‘yishdan iborat.
Pul islohotining ikkinchi usuli bo‘lib devalvatsiya hisoblanadi. Devalvatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valutaga nisbatan tushirib qo‘yishdan iborat.
Devalvatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabat- lariga o‘tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi.
Pul islohotining uchinchi usuli bo‘lib, denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turkiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) hukumatlari foydalanishdi.
78. Pul nazariyalarining kelib chiqishi, turlari va namoyondalari.
XX asr boshigacha pullarning iqtisodiy nazariyasida quyidagicha ikki masala: pullarning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi va pullarning qiymati va xarid qilish kuchi haqidagi masalalar markaziy o‘rin egallab kelgan. Birinchi masala bo‘yicha siyosiy iqtisodda ikkita yo‘nalish – pullarning metallistik va nominalistik nazariyalari amal qilgan.
Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda bir nechta tadqiqotchilar tomonidan aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi bo‘lib, ular pul sifatida faqat oltin va kumushni ko‘rdilar va bu jamiyat boyligining manbai deb hisobladilar.
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g‘oyalariga asoslanadi.
Merkantilizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.
Merkantilistlar 2 yirik guruhga bo‘linadi:
1. Ilk merkantilistlar.
2. So‘nggi merkantilistlar.
Ilk merkantilistlar - akti pul balansi degan g‘oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko‘ra, oltin va kumush o‘z tabiatiga bo‘yicha pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi.
Aktiv pul balansi - oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo‘lishini tushiniladi.
Ilk merkantilistlar davlat proteksionizm siyosatini qo‘llash shart deb hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan oltin va kumush pullarni chiqib ketishini to‘sqinlik qilishi zarur.
So‘nggi merkantelistlar pulning asosiy funksiyasi bu jamg‘arish funksiyasi deb hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarimidan XVII asr oxiriga qadar Yevropada so‘nggi merkantelistlarning qarashlari hukmron g‘oyaga aylandi.
So‘nggi merkantelistlarning eng taniqli vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men ilk merkantalistlardan farqli ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining manbai ekanligida emas, balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga ta’siridadir, degan xulosaga keldi.
Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo‘lib, angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning yetakchilari. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo‘shgan olim G.Knapp. 1905- yilda Knappning ”Pulning davlat nazariyasi” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo‘lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki, pul qiymat va iste’mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo‘yilgan nominali bilan belgilanadi. Ular metal pullar yemirilish xususiyatiga ega ekanligini ta’kidlashdi va qog‘oz pullar to‘lov vositasi sifatida moslashuvchan va qulay, ayriboshlash vositasi ekanligini etirof etishdi.
Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quyidagi xulosaga keldi.
- Pulni davlat yaratadi;
- Pulning asosiy funksiyasi bu to‘lov vositasi funksiyasidir;
- Davlat pulga xarid qobilyatini beradi;
- Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori bo‘lgan. Keyns aytadiki, qog‘oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g‘alabasidir.
Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo‘ladi:
1. Pul barcha tovarlar qiymatini o‘zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.
2. Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)
3. Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o‘lchovi.
Iqtisodiy adabiyotlarda hali ham pullarning miqdoriy nazariyasi ommaviy hisoblanadi. Agar metallistik va nominalistik nazariyalar pullarning mohiyati haqidagi masalani talqin qilishgan bo‘lsa, pullarning miqdoriy nazariyasi tovarlarning nisbiy qiymati, pullarning xaridchilik qobiliyati va uning o‘zgarishi sabablari haqidagi savolga javob berishga harakat qiladi. Ushbu konsepsiya asoslarini J.Lokk adabiyotlarida, lekin yanada tugallangan shaklda – J.Vanderlint (1740 yilda vafot etgan), Sh.Monteske (1689-1755) va D.Yum (1711-1776) asarlarida topish mumkin. D.Rikardo (1772- 1823) ham pullarning miqdoriy nazariyasi tarafdori bo‘lgan.
Agar merkantilistlar mamlakatda pullar qancha ko‘p bo‘lsa, bu shuncha yaxshi, chunki bunday hol savdo va sanoatning ravnaqini taqozo etadi, deb hisoblashgan bo‘lishsa, unda Devid Yum muomaladagi pullar sonining ko‘payishi mamlakat boyligini ifodalamaydi, balki faqat tovarlar narxlarining o‘sishiga olib kelishini isbotlashga uringan. Shuning uchun u pullarning qiymati
muomalada yurgan pullarning soni bilan belgilanadi va mutlaqo fiktiv miqdordan iborat bo‘ladi, deb hisoblagan1.
Yevropada XVI-XVII asrlarda yuz bergan “narxlar revolyutsiyasi” pullarning miqdoriy nazariyasi vujudga kelishining bevosita sababi edi. Yevropaga Amerikaning arzon oltini va kumushining olib kelinishi va ularni qazib olish qiymatining pasayishi tovarlar narxlarining jadal o‘sishiga olib keldi. D.Yum bunday favqulodda shart-sharoitlarni tipik deb hisoblagan, lekin ilmiy tahlil butunlay teskari yondashuvni talab qilgan. D.Yum ham pullarning miqdoriy nazariyasining shundan keyingi tarafdorlari (D.Rikardo, J.Mill va boshqalar) singari oltin tangali standart sharoitida muomalada yurgan pullarning miqdori avvalo, sotiladigan tovarlarning qiymatiga va yanada aniqroq qilib aytganda, ular narxlarining summasiga bog‘liq bo‘lishini tushunishmagan.
Shunday qilib, klassik miqdoriy nazariya uchun uchta qoida:
1) sabablilik (narxlar pullarning massasiga bog‘liq bo‘ladi);
2) mutanosiblik (narxlar pullar miqdoriga mutanosib ravishda o‘zgaradi);
3) universallik (pullar miqdorining o‘zgarishi hamma tovarlarning narxlariga bir xilda ta’sir qiladi) xos bo‘lgan.

Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling