1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyasi tushunchasi nima?
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 123. Tijorat banklarining kapitalni shakllantirishdagi operatsiyalarining turlari nimalardan iborat
122. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyasi tushunchasi nima?
Bank kreditlashga oid yana bir usul, qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan oldi-sotdi operatsiyasi yoki qisqacha “repo” operatsiyasidir. Ushbu operatsiyalar odatda qisqa muddatli kreditlashda qo‘llaniladi. Agar korxona yaqin kelgusida erkin pul mablag‘larini kiritayotgan va o‘sha qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, ushbu vaqt ichida ba’zi bir xarajatlarni qayta moliyalashtirish yoki agar qimmatli qog‘ozlarni korxona sotishni istamasa va foiz stavkalari bozorda pasayishini kutib, ushbu qog‘ozlarni kredit evaziga foiz to‘lashdan ko‘ra, kattaroq daromad olishi kutilayotgan bo‘lsa, u holda, yuqorida aytilganidek, qisqa muddatli kreditlash amalga oshiriladi. Operatsiya mazmuni, bank korxonalarni o‘sha vaqtda bozordagi narxdan arzonroq narx bilan sotib oladi va sotish narxidan ham yuqoriroq narxda sotadi, shunda narxlar o‘rtasidagi tafovut bankka qisqa muddatli kreditlash stavkasidan ham pastroq daromadni taxminlaydi. Buning bank uchun foydali jihati, bank qimmatli qog‘ozlarni bozor narxidan arzonga sotib olib, foiz stavkalarida bo‘ladigan to‘lovga muqobilligi yuzaga kelganda, bank qog‘ozlarni qaytib sotib oladi. Hozirgi banklar aksiyador tijorat banklari sifatida tashkil qilinib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslashgan va ular ixtisoslashgan banklar bo‘lsada, boshqa tarmoqlardagi mijozlarga ham kredit va hisob - kitoblar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishlari mumkin. Banklar faoliyatining universallashuvi ular o‘rtasida raqobatning yuzaga kelishiga, bu esa ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror kirib borishini ta’minlaydi. Bank aksiyadorlarini moddiy jihatdan manfaatdorligini oshirish va ularning bank boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar: Bank aksiyadorlarining moddiy manfaatdorligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammo; Bank aksiyadorlarining bank boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammo. 1998 yil 2 Oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq: ustav kapitalida davlatga tegishli aksiyalar paketi 25 foizdan ortiq bo‘lgan tijorat banklarining bank kengashi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ishonchli vakil kiritiladi, uning zimmasiga mazkur aksiyalar paketini boshqarish vazifasi yuklatiladi; aksiyadorlik-tijorat banki Kengashi bank filiallarining Boshqaruvi va rahbarlar bilan birgalikda bankni samarali boshqarishni tashkil etish, kreditlar berilishi va ularni o‘z vaqtida qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi. Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag‘batlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlash maqsadida 2015 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2344- sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qarorga ko‘ra: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Banklar uyushmasi va mamlakatning tijorat banklari bilan birgalikda Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada oshirish, ularning resurs bazasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlari ma’qullandi, unda: xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo‘yilayotgan me’yoriy talablarni yanada takomillashtirish; tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo‘li bilan aholi va xo‘jalik subyektlarining bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng ko‘lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish; yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish; ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tadbiq etgan holda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish tadbirlari belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki: Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo‘yiladigan me’yoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan, kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi standartlar va tavsiyalari (Bazel-III standartlari)ni 2015-2019 yillarda bosqichma- bosqich joriy etilishini ta’minlashi; Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini, keyingi yillarda inflatsiya darajasi izchil pasayishini, shuningdek boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini hisobga olgan holda tijorat banklari jalb qilayotgan depozitlar foiz stavkalarini belgilash mexanizmini ishlab chiqib, tasdiqlashi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166- sonli Qarori bilan tijorat banklariga kredit portfeli tarkibidagi uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashtirish ulushiga qarab tabaqalash- tirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lash yuzasidan berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi. Quyidagilar: imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‘armasining resurslari hisobidan berilgan kreditlar orqali tijorat banklari oladigan daromadlari, bo‘shayotgan mablag‘larni mazkur Jamg‘arma resurslarini oshirish uchun maqsadli yo‘naltirish sharti bilan, foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yil muddatga; Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha, dasturiy ta’minot, bankomat va plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarni import bo‘yicha olib kirilganida tijorat banklari boj to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 2020 yilning 1 yanvariga qadar ozod etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmoni bilan respublikamizda valuta bozorini erkinlashtirish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. O‘z navbatida, valuta bozori faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosati mexanizmlarini yangi sharoitlarni inobatga olgan holda takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3272-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi pul- kredit siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valutaning mustahkamligini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish imkonini berdi. Bu o‘z navbatida, valuta bozori faoliyatini liberallashtirishdan keyingi davrda faol pul-kredit siyosati yuritish bosqichiga o‘tilishi, bank tizimida nazorat choralarining kuchaytirilishi, bankdan tashqari pul aylanmasining qisqartirilishi natijasida aholi va tadbirkorlik subyektlarining milliy valutaga bo‘lgan ishonchini yanada oshirilishiga iqtisodiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. 123. Tijorat banklarining kapitalni shakllantirishdagi operatsiyalarining turlari nimalardan iborat? Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling