1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Tijorat banklarining boshqaruv tizimida nechta organ faoliyat yuritadi?


Download 130.4 Kb.
bet37/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
pul va banklar

119. Tijorat banklarining boshqaruv tizimida nechta organ faoliyat yuritadi?
Tijorat banklari faoliyati uning boshqaruv organlaritomonidan amalga oshiriladi.Bankning boshqaruv organi quyidagilar hisoblanadi:

  • aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;

  • bank Kengashi (kuzatuv kengashi);

  • bank Boshqaruvi



120. Tijorat banklarining funksiyalari nimalardan iborat?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta’siri o‘sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini kuzatib borishi mumkin.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasi o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish.

  2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;

  3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish.

  4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish.

  5. Moliya - valuta bozorida faoliyat ko‘rsatish.

  6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.

Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib, mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘i egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxonalarni, tashkilotlarni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U
bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlari - sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Banklarning keyingi funksiyasi- pul muomalasini tartibga solish funksiyasi. Banklar turli xo‘jalik subyektlar orqali o‘tadigan to‘lov muomalasi (oboroti) ning markazi sifatida chiqadilar. Hisob-kitoblar tizimi orqali banklar o‘zlarining mijozlariga ayriboshlashni amalga oshirishni, pul mablag‘lari va kapitalni aylanishi uchun sharoit yaratib beradilar.
Banklar orqali alohida olingan subyektlar va bir butun mamlakat iqtisodiyotidagi oborot(aylanishi) o‘tadi. Muomalaga kredit pullarni chiqarish funksiyasi tijorat banklarni boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda muomalada pul massasi kamayadi.
16.1-chizma

Zamonaviy tijorat banklarining funksiyalari.27





Brokerlik funksiyasi

Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisoblanadi. Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga



27 Роуз Питeр «Банковский мeнeджмeнт», М. Дeло ЛТД. 1995
o‘tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag‘ning ma’lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin.
Bu holda muomalada pul massasining miqdori oshadi. Shuning uchun ham tijorat banklar faoliyati ustidan Markaziy bank nazorat olib boradi.
Tijorat banklarning muhim funksiyalaridan biri-hisob-kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Banklarning bu funksiyasi-vositachilik funksiyasi bo‘lib, bunga asosan banklarning to‘lovlaridagi vositachiligi faoliyati tushiniladi. Banklar orqali korxona, tashkilot va aholining to‘lovlari o‘tkaziladi. Iqtisodiy hayot markazida joylashgan banklar bu funksiyasi orqali bu xo‘jalik talablaridan kelib chiqqan holda kapitalni muddati, hajmi va yo‘nalishini o‘zgartirishga imkon oladi. Banklarning bu funksiyasi ko‘proq mablag‘larni o‘tkazish funksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Tijorat banklari yana qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qila borib, mijozlarga har-xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin. Juda katta o‘z sarmoyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari yirik investor sifatida chiqishlari, ya’ni umuman xalq xo‘jaligi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsa- tishlari ehtimol tutilgan tarkibiy qayta qurish ishlariga aralashishlari va hatto iqtisodiyot sho‘balarining istiqbollarini belgilashlari mumkin.
Mulkni boshqarish va sarmoya hosil qilishning ancha hatto miqyoslardagi aksiyadorlik-huquqiy shakli maqomini tijorat banklari olar ekan, moliya bozorlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘plab holdinglar sho‘ba firmalar va korxonalar tashkil etish, shuningdek qatnashuvchining turli shakllarini rivojlantirish asosida o‘z faoliyatini ancha diversifikatsiyalashi mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, bank, bu hukumat, korxona, aholiga va boshqa banklarga pullik va qimmatli qog‘ozlar bilan turli operatsiyalarni amalga oshiruvchi hamda moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi moliyaviy tashkilotdir.


Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling