1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Banklarning investitsion siyosati
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
121. Banklarning investitsion siyosati
Tijorat banklari tomonidan investision faoliyat olib borishdan asosiy maqsad ularning daromadliligi va likvidligini ta’minlashdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining investision siyosati bank faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidligini ta’minlaydi. Banklar investision faoliyatining asosiy qismini qimmatli qog’ozlar tashkil etib bunda bank turli emitentlardan qimmatli qog’ozlarni sotib oladi va bankning qimmatli qog’ozlar portfelini vujudga keltiradi. Bank tomonidan qimmatli qog’ozlarni xarid qilinishidan maqsad – bu qimmatli qog’ozlarni keyinchalik qayta sotish yoki kapitalni uzoq muddatga qo’yish yo’li bilan foyda olishdan iborat. Banklar tizimida investisiya siyosati – tijorat banklari faoliyatining bir yo’nalishi bo’lib, u ma’lum xatar darajasiga asoslangan bankning qimmatli qog’ozlar bilan aktiv operasiyalarini o’z ichiga oladi va bank faoliyatining daromadliligi va likvidligini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. Investisiya faoliyatining tamoyillari va qimmatligi qog’ozlarga mablag’larni qo’yishni asosiy omillari – daromadlilik, likvidlik va xatar – orasidagi bog’liklikdan kelib chiqqan holda har bir tijorat banki yuqoridagi omillar ta’sirini anglagan yoki anglamagan xolda yoki bu investisiya siyosatini yaxshi yoki yomon amalga oshiradi. Bu o’z navbatida bankning investisiya siyosatida bank tomonidan ma’lum darajadagi investisiya xatariga borishni bildiradi va tijorat banklarining investisiya siyosatida tegishli choralar ishlab chikish zarurligini anglatadi. Investisiya bilan bog’liq xatarlarni kamaytirish usullaridan biri bu banklarning investisiya portfelini diversifikasiya qilishdir. Bu bankning investisiya portfelida turli xil ko’pdan – ko’p qimmatli qog’ozlarning mavjudligiga erishishni bildiradi. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar portfelini diversifikasiya qilishning qimmatli qog’ozlarni turlari, to’lov muddati bo’yicha diversifikasiya qilish hamda ularni emitentlari bo’yicha diversifikasiya qilish kabi turlari mavjud. Qimmatli qog’ozlarni geografik tarqalishiga nisbatan diversifikasiya maqsadi – tegishli mintaqalarda iqtisodiy qiyinchiliklar ro’y berganda yuzaga keladigan xatarlarni kamaytirish. Qimmatli qog’ozlarni to’lash muddati bo’yicha diversifikasiyadan maqsad – foiz stavkalarini tebranishi bilan bog’liq xatarlarni oldini olish. Jahon amaliyotida tijorat banklari o’z investisiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun boshqarish tarkibida maxsus investisiya bo’limlarini tashkil qilishadi. Banklarning qimmatli qog’ozlar bo’yicha operasiyalarining turlari: 1. Qimmatli qog’ozlarni kredining ta’minlanganligi uchun qabul qilish yo’li bilan ssudalar berish 2. Qimmatli qog’ozlarni bank tomonidan o’z xisobiga sotib olish yo’li yo’li bilan operasiyalar o’tkazish. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operasiyalarini xatar darajasiga ko’ra quyidagicha guruhlanadi: 1. Davlatning qisqa muddatli obligasiyalariga qilingan investisiyalar. Bu operasiyalarning xatar darajasi past bo’lib ular bankka qat’iy belgilangan foiz ko’rinishida barqaror daromad keltiradi. Banklarning ushbu qimmatli qog’ozlardan oladigan daromadlari solikka tortilmaydi. 2. Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan investisiyalar. Bu shakldagi investisiyalarning xatar darajasi yuqori bo’lib bunda qimmatli qog’ozlarning bozor bahosining o’zgarishi va emitentlarning to’lovga qobilligi kafolatlanmagan. Shuni ham ta’kidlash lozimki banklar quyidagi shartlar bajarilgandagina qimmatli qog’ozlarga quyilmalarni amalga oshirishlari mumkin: a) bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek ushbu korxonaning boshqa qimmatli qog’ozlariga qilgan quyilmasi miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak. b) bankning barcha emitentlar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog’ozlariga qilingan investisiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak. v) Oldi – sotti uchun nodavlat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank quyilmasi miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. g) Bank istalgan korxona (moliyaviy institutlardan tashkari) ustav kapitalining 20 foizidan ortigiga to’g’ridan – to’g’ri yoki bilvosita (shu’ba korxonalari orqali) egalik qilishi mumkin emas. Garov xuquqlarini amalga oshirish natijasida qimmatli qog’ozlar olingan holda bank bir oy muddatda olingan qimmatli qog’ozlarni sotishi shart. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling