1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Oʻzbekistonda inflyasiya koʻrsatkichidarajasi qancha % ni tashkil etmoqda?


Download 130.4 Kb.
bet21/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
pul va banklar

74. Oʻzbekistonda inflyasiya koʻrsatkichidarajasi qancha % ni tashkil etmoqda?
Avval xabar qilganimizdek, 2021-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,98 foizni tashkil etdi. Bu O‘zbekiston uchun tarixiy voqea sanaladi.
Birinchidan, bu ko‘rsatkich 2017-yildan beri ilk bor o‘n foizdan pastladi (2020-yilda 11,1 foizni tashkil qilgan, 2019-yilda 15,2 foiz edi, 2018-yilda 14,3 foiz, 2017-yilda 14,4 foiz).
Ikkinchidan, 2021-yil Markaziy bank mamlakatdagi inflyatsiya darajasini nazorat qila boshlaganidan keyingi birinchi yil bo‘ldi. Regulyator o‘z maqsadiga erishdi va inflyatsiyani 10 foizlik darajada ushlab turishning uddasidan chiqdi.
75. Yurtimizda inflyasiya darajasining keskin pasayish omillari qanday iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻsishiga ta’sir koʻrsatmoqda?
76. Inflyasiya jarayonini davlat tomonidan boshqarib borishda nimalar amalga oshiriladi?
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to‘plangan. Inflatsiyani butunlay yo‘qotish imkoniyati yo‘q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to‘liq yo‘qotish mumkin emas. Shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyani butunlay yo‘qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va uning salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida hukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga qarshi turli antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar.
Davlat tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan budjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit- moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.
Budjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi.
Budjet siyosati yordamida soliqlar va yig‘imlar assoida yig‘ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Budjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat budjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi, zarur moliya mablag‘larini yig‘ish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to‘lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.
Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to‘lovga qobiliyatli talab o‘rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog‘liq siyosatdir.
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zaxiralar me’yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o‘sishini ta’minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo‘lib, tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog‘oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan hukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflatsiyani tartibga solishga hamda uni o‘sish sur’atlarini pasaytirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:
1) Pul islohotlarini amalga oshirish;
2) Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to‘liq yoki qisman o‘zgartirishlarini amalga oshirishdir.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta’minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining revalvatsiya, devalvatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda revalvatsiya usulidan foydalanildi.
Revalvatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valutaga nisbatan kursini ko‘tarib qo‘yishdan iborat.
Pul islohotining ikkinchi usuli bo‘lib devalvatsiya hisoblanadi. Devalvatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valutaga nisbatan tushirib qo‘yishdan iborat.
Devalvatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabat- lariga o‘tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi.
Pul islohotining uchinchi usuli bo‘lib, denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turkiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) hukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o‘z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolarni o‘sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat yordamida mamlakatda pulga bo‘lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari tartibga solib turiladi.
Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko‘tarish) va pul massasini cheklashni o‘z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni sekinlashuviga sabab bo‘ladi.
2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo‘lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o‘sishini ma’lum chegarasi o‘rnatiladi yoki butunlay
«muzlatib» qo‘yiladi. Daromadlar siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra, qat’iy siyosat hisoblanadi va u aholi o‘rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi kurash olib borish tajribasida biz ta’kidlab o‘tgan ikki yo‘nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustahkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta’minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy e’tiborni soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valuta, kredit yer, ko‘chmas mulk, mehnat va qimmatli qog‘ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o‘zgartirib turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag‘batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat budjet taqchilligini noinflyatsion yo‘llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valuta zaxiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ma’lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada
milliy pul birligini mustahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.

Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling