1. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari
Tuproq hosil qiluvchi tog’-ona jinslar
Download 0.61 Mb.
|
Tuproqshunoslik shpargalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allyuvial yotqiziqlar va allyuviy
- Ko‘l - allyuvial yotqiziqlar
4. Tuproq hosil qiluvchi tog’-ona jinslar Nurash po‘sti yuzasida tarqalgan g'ovak holdagi (g‘ovaksimon) Cho’kindi yotqiziqlar tuproq hosil qiluvchi ona jinslar deb ataladi. Cho’kindi tog4 jinslaridan tuproq hosil boiishi va rivojlanishi muqarrar. Tuproq hosil qiluvchi (ona) jins tuproqning moddiy asosini tashkil etadi. Tuproq hosil boiish jarayonida ona jins o‘zining mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibini, shuningdek, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini unga o£tkazadi, keyinchalik asta-sekinlikda turli darajada o’zgaradi. To‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslari asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslar hisoblanadi. Ana shu jinslardan deyarli barcha hozirgi zamon tuproqlari shakllangan. Kelib chiqishi (genezisi)ga va hosil boiish sharoitlariga ko‘ra, to‘rtlamchi davr cho‘kindilari turlicha tarkibi, tuzilishi, g‘ovakligi va xossalari bilan xarakterlanadi. Bu o‘z navbatida tuproqning paydo boiish jarayonlarida va hosil boiadigan tuproqlar unumdorligida aks etadi. Barcha tuproq paydo qiluvchi (ona) jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga: elyuvial, deiyuvial, allyuvial, koiallyuvial, prolyuvial, muz, dengiz, eol yotqiziqlari va lyoss jinslariga boiinadi. Bu jinslar tashqi ko‘rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek, kimyoviy - mineralogik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi. Elyuvial jinslar yoki elyuviy - tub jinslar nurash mahsulotlarining nurash po‘stida - o‘z joyida qolib to‘planishidan hosil boiadi. Magmatik va metamorfik jinslarining elyuviysi asosan tog’li o’lkalarda, baland tekisliklar (platolar)da (Kavkaz, Ural, 0 ‘rta Osiyo va boshqa hududlarda) tarqalgan Deiyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomgir va erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog‘ yonbagirlariga keltirilib, to‘planishidan hosil boiadigan yotqiziqlarga aytiladi. Deiyuvial jinslar materiallari ancha saralanganligi va yaxshi qatlamli boiib, odatda yonbagirga parallel yo‘nalishda joylashuvi bilan farqlanadi. Allyuvial yotqiziqlar va allyuviy — doimiy oqar suvlar - daryolar faoliyati bilan bogiiq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bo‘ylarida ko‘p to‘planadi. Allyuvial yotqiziqlar qatlamli va yaxshi saralanganligi bilan, ko'pincha sohil allyuviysi uchun qatlamli, o‘zan allyuviysiga qing‘ir-qiyshiq qatlamli tuzilish xarakterli. Sohil allyuviysi asosan qumoq va soz jinslardan iborat boiib, qoldiq qayirlarda organic nioddalarga boy allyuviy to‘planadi. Ko‘l - allyuvial yotqiziqlar - k o i va allyuviy jinslardan tashkil topgan. Bu jinslar bahorda erigan muz suvlarining pastqam tekisliklardagi havzalarida hosil boiadi. Koi - allyuvial yotqiziqlaming mexanik tarkibi xilma-xil, asosan qumli va ko‘ndalang qatlamli tuzilishga ega.Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling