1. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari
Mikroorganizmlar va tuproqlar geografiyasi
Download 0.61 Mb.
|
Tuproqshunoslik shpargalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- YE.N.Mishustin
- 5. Mikroorganizmlar va tuproqlar geografiyasi
- 0‘simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o‘rni
5. Mikroorganizmlar va tuproqlar geografiyasi Mikroorganizmlar tuproqlaming organik va mineral tuzilishini tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir organizmlardir. Ular Yer ekotizimlari va biosferaning turg‘unligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tuproqda mikroorganizmlaming bir qancha turlari uchraydi. Ularga: bakteriyalar, lentasimon zamburugiar (aktinomitsetlar), zamburugiar, suv o‘t!ari va tuproq sodda hayvonlari kiradi. Mikroorganizmlaming hayot faoliyati natijasida tuproq organik moddalarining o‘zgarishi va yangi mineral birikmalarining vujudga kelishi kabi biokimyoviy jarayonlar boiib turadi. Umuman mikroorganizmlaming tuproq hosil boiishida o‘mi beqiyos. Ular o‘simlik qoldiqlarining chirish, bijgish jarayonlarida qatnashib, tuproqda organik - mineral hosilalami vujudga Tuproqdagi mikroorganizmlar son jihatdan juda ko‘pchilikni tashkil etadi. 1 g tuproqda bakteriyalar soni 1 dan 10 mlrd. gacha, ba‘zan bir necha milliard boiishi aniqlangan, ayrim zamburug’laming tolasi 100 va 1000 metrga yetadi. Akademik YE.N.Mishustin mikrob turlarini geografik yondoshuv asosida o‘rganishi natijasida geografik zonallik qonuniyati mikroorganizmlarga ham talluqli ekanligiga iqror boiadi. U mikroorganizmlar, ya’ni sporali aerob bakteriya-batsill a tundradan chala choilarga tomon tuproq zonalari bo‘yicha son jihatdari o‘zgarishini isbotladi. Demak, geografik zonallik qonuniyati bo‘yicha tahlilga ko‘ra ayrim mikroorganizmlar ma’lum tabiat zonasi tuproqlarida yashashga moslashgan holda boshqa tabiat zonasi tuproqlarida uchramasligi mumkin.
6. 0‘simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o‘rni О simliklar olami nafaqat tuproqning kimyoviy, balki mineral tarkibiga ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Minerallaming salmoqli qismi o'simliklaming tanasida vujudga keladi va ular nobud boiganidan so‘ng yana tuproqqa qaytadi. Tuproqda biogen minerallaming vujudga kelishida o‘simliklar ham faol ishtirok etadi. 0 ‘simliklar tuproqda nafaqat biokimyoviy va geokimyoviy rol o‘ynab qolmay, uning fizik xossalari (tuzilmasi, suv sigimi, zichligi va b.), issiqlik va suv tartibiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq va o‘simlik xaritalarini taqqoslashdan ko‘rinib turibdiki, tuproqning maium turi bilan o‘simliklarning ayrim turlari oitasida chambarchas bogiiqlik mavjud. Yer shari tirik moddalarining deyarli 99 % i o‘simlik organizmlari massasidan tashkil topgan bo‘lib, shu tufayli Yerda biologik aylanma harakatning xarakteri yashil o‘simliklaming hayot faoliyati bilan belgilanadi. Organik moddalar to‘planishining eng yuqori darajasi o‘rmonlarga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich nam tropik o‘rmonlarda 5000 s/ga va undan ortiq, Braziliyaning togii tropik o‘rmonlarida - 17 000 s/ga. Sezilarli darajada kam biomassa keng bargli o‘rmonlar (4000 s/ga) va ayniqsa, boreal mintaqaning igna bargli o‘rmonlariga (1000-3300 s/ga) to‘g‘ri keladi. 0 ‘tsimon o‘simliklar biomassasining kamligi bilan xarakterlanadi. 0 ‘tloq dashtlarining biomassasi 250 s/ga, bu miqdor janubga tomon kamayadi, quruq dashtlarda 100, chala butasimon choilarda - 43 s/ga. Arktik tundra organik moddalarining massasi deyarli choinikiga teng (50 s/ga), butasimonlamiki dashtnikiga yaqinroq (280 s/ga). Yeming quruqlik yuzasi fitomassasi zaxirasining umumiy miqdori 2402,5ol09 (2,4ol012) t baholanadi. Shundan 56 % dan ortig‘i tropik mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, tropik mintaqa quruqlik yuzasining deyarli 42 % maydonini egallaydi va uning yarmi yuqori mahsuldorlikka ega boigan nam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Ikkinchi o‘rin boreal mintaqaga taalluqli (fitomassa umumiy zaxirasining 18 % i), key in subtropik mintaqa (14 % atrofida), subboreal (12 % atrofida) va oxirgi o'rinni qutbiy mintaqa egallaydi (1 % dan kam). Yuqoridagi uchta mintaqalaming maydonlari deyarli tengroq boisa-da, fitomassaning zaxirasidagi farq asosan ular hududining o‘rmon bilan qoplanganlik darajasiga bog’lq, qaysiki boreal mintaqada bu ko‘rsatkich yuqori (20 %). Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling