1. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari
Geografik zonalar to‘g‘risidagi ta’limot
Download 0.61 Mb.
|
Tuproqshunoslik shpargalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqlar geografiyasining umumiy qonuniyatlari
17. Geografik zonalar to‘g‘risidagi ta’limot Geografik (tabiiy) zonallik to‘g‘risidagi ta’limot geografiya fanlaridagi eng batafsil ishlab chiqilgan ta’limotlardan hisoblanadi. Shuning uchun uni tabiiy geografiyaning negizini tashkil etishi orqali tushuntirish maqsadga muvofiqdir. V.V.Dokuchayev zonallikni quruqlikda va dengizda, tekislikda va tog‘da ham bir xilda namoyon bo‘ladigan tabiatning umumiy qonuni sifatida asoslab bergan. U bu qonunni landshaft ,,kp‘zgusi” deb hisoblagan tuproqlarni ocrganish orqali anglab yetdi. Shuning uchun ham olim Yeming shimoliy yarim sharida yettita tabiat zonasini ajratishda, ulaming har biri uchun xos bo‘lgan tuproqlarni nommanom keltirgan. Uning fikricha, har bir zona tarkibiy qismlari (iqlim, suv, grunt, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi) uzviy munosabatda bo‘lgan haqiqiy majmui tuzilma hisoblanadi XX asming 40-60 - yillari ushbu ta’limotning rivojlanishida yangi bosqich bo‘ldi va u akademiklar L.S.Berg va A.Grigoryevlaming
nomlari bilan bevosita bog’liq. L.S.Berg yettita tabiat zonasi, shuningdek, mamlakatning tog‘ landshaftlariga batafsil ta’rif bergan. Olim Yeming geografik qobig‘ida hammasi boiib 13 ta tabiat zonasini ajratgan. A.A.Grigoryev tadqiqotlari zonallik omillarini va tabiiygeografik jarayonlar hamda geografik zonalarning ichki tuzilmasini aniqlashga bag‘ishlangan. U geografik zonalarning shakllanishiga yillik radiatsiya balansi va yillik yog‘inlar miqdori hamda ularning birligi hal etuvchi ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga keldi. Shunga tayangan holda, 1956 yilda A.A.Grigoryev va M.I.Budiko geografik qobiq tuzilmasining asosida yotuvchi geografik zonallikning davriylik qonunini ta’riflab berdilar Zamonaviy qarashlarga ko‘ra, geografik zonallik deganda ekvatordan qutblar tomon tabiiy-geografik jarayonlar, komponentlar va majmua (tizim)laming qonuniy tarzda o‘zgarib borishi tushuniladi. Bu haqiqiy universal geografik qonuniyat bo‘lib, landshaft hosil qiluvchi barcha jarayonlar va yer yuzasi bo‘ylab geotizimlar joylashuvida o‘z aksini topadi. Quruqiikda zonallikning namoyon bo lish ko‘lamlari juda keng. U iqlim, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tuproq qoplamini o’z ichiga oladi. 18. Tuproqlar geografiyasining umumiy qonuniyatlari Tuproq qoplamining tuzilishi va tarqalishida bioiqlimiy qonuniyat muhim ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining paydo boiishi va tuzilishi qonuniyati global iqlimga bogiiq tarzda avvalo gorizontal va vertikal zonallik va fatsiyallik (provinsiyalik)ka bo’lnadi. Gorizontal (kenglik) qonuniyatini birinchi boiib V.V.Dokuchayev yaratgan (1899), uni o‘zining „Tabiat zonalari to‘g‘risidagi ta’limotga” asarida toiiq asoslagan. V.V.Dokuchayev shunday yozgan: tuproq hosil qiluvchi barcha muhim omillar yer yuzasida mintaqa va zonalar ko‘rinishida taqsimlanadi, qaysiki ozmi-ko‘pmi kengliklarga parallel tarzda, shuningdek, tuproqlar - qora, podzol tuproqlarimiz va h.k. - iqlim, o'simlik va h.k. larga chambarchas bog‘liq holda yer yuzasida zonal joylashgan bo‘!ishi darkor”. Ushbu qonun V.V.Dokuchayev tomonidan 1899 yilda tuzilgan „Shimoliy yarim shaming tuproq zonalari sxemasi” xaritasida ifodasini topadi. Unda dunyoning beshta tuproq zonalari ajratilgan: boreal (arktika), o‘rmon, qora tuproqli dasht, aeral (choi) va laterit (qizil-sariq tuproqlar). Bu, ya’ni kenglik bo‘yicha tuproq-iqlimiy ajratish asosan iqlimning issiqlik xususiyatlariga asoslangan. I.P.Gerasimov kenglik bo4yicha zonallik qonuniyatini takomillashtirib, kenglik zonalari ichida, ayniqsa quruqlik ichidagi tekisliklarda „kenglik - zonal spektr (fatsiya)”ni ajratgan. Bu Yevrosiyoning markaziy qismi (Rus tekisligi, G4arbiy Sibir, Qozog4iston va O'rta Osiyo)da yaqqol namoyon bo’ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling