15. Tuproqlarni tasniflash Yer yuzasi tuproq qoplami, o‘zining murakkab tuzilishi va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarni o‘rganishda va ulardan oqilona foydalanishda, ulami to‘g‘ri aniqlash, ya’ni tasniflash muhim ahamiyatga ega.
Tuproqlarni o‘xshash belgilari, kelib chiqishi va unumdorligi kabi xususiyatlariga ko‘ra muayyan guruhlarga birlashtirishga
tuproq tasnifi deyiladi. Tuproqlarni tasniflashda ekologik — genetik, morfogenetik, evolyutsion - genetik, tarixiy - genetik hamda g‘arbiy Yevropacha yondoshuvlar mavjud Tuproqlarni ilmiy jihatdan tasniflash ulaming genetic xossalariga asoslangan boiib, bu tasnif quyidagilami: tuproq paydo bo‘lishining barcha shart-sharoitlari va jarayonlarini, tuproqlaming hududlar bo‘yicha tarqalishini va tuproqlaming ishlab chiqarish vositasi jihatidan ahamiyatli bo‘lgan (biologik, fizik va kimyoviy)
xossalarining umumiy tavsifmi aks ettirishi lozim. Tuproqlarni tasniflash muammolari tuproqlar geografiyasidagi dolzarb va
munozarali masalalardan biri hisoblanadi. V.V.Dokuchayevning tavsiya etgan tasnifida, asosiy birlik sifatida tuproqlaming genetik tiplari olingan. 1890-yilda V.V.Dokuchayev tomonidan ishlab chiqilgan tuproqlar tasnifi geografiks genetik tamoyil asosida tuzilgan boiib, bunda tuproqlar uchta sinfga boiinadi va har bir sinf, o‘z navbatida tuproqlaming qator genetik tiplarini o‘z ichiga oladi. Bunda: A - meyoriy yoki zonal tuproqlar sinfi, unda yettita tuproq
tiplari ajratiladi; Б - о ‘tuvchi tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari; С - anormal (meyoriy bolmagan) tuproqlar sinfida uchta
tuproq tiplari ajratiladi. V.V.Dokuchayevning tuproqlar tasnifi, uning shogirdi N.M.Sibirsev tomonidan rivojlantirildi. N.M.Sibirsev barcha tuproqlami zonal, intrazonal va azonal kabi tuproq sinflariga bo‘lishni tavsiya etadi. Bu tasnifdagi tuproq sinflari ham tiplarga, tipchalarga va guruhlarga ajratiladi. V.V.Dokuchayev va N.M.Sibirsevlaming genetik tasnifi hozirga qadar o‘z mohiyatini yo‘qotmagan va jahonning barcha mamlakatlarida qabul qilingan hamda shu asosda qator yangi tasniflar ishlab chiqilgan. Tuproqlami tasniflash muammolari mashhur tuproqshunoslar: P.S.Kossovich (1910), K.D.Glinka (1925), S.S.Neustruev (1925), K.K.Gedroys (1927) va keyinchalik Ye.N.Ivanova va N.N.Rozov, I.P.Gerasimov, A.A.Zavalishina va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi va yangi tasnifni ishlab chiqishda S.A.Shuvalov, N.V.Kimberg, B.V.Gorbunov va A.Z.Genusovlarning ham xizmatlari katta bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |