1. Ферментларни барқарорлашнинг афзаллик жиҳатлари


Целлюлозани парчалаб қандли моддалар олиш технологияси


Download 88.58 Kb.
bet11/12
Sana06.05.2023
Hajmi88.58 Kb.
#1435455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
biotex

28.Целлюлозани парчалаб қандли моддалар олиш технологияси Целлюлозани парчалаб қандли моддалар олиш технологияси ............ Табиатда целлюлозани парчаланишида турли хил – бактериялар (аэроб – Bacillus, Pseudomonas, Streptomyces ва анаэроб - Clostridium), замбуруғлар (Fusarium, Trichoderma..., Aspergillus...ва х.к.)  ва содда ҳайвонлар (Diplodinium, Eudiplodinium, Entodinium) вакиллари  иштирок этиб, уларни целлюлолитик микроорганизмлар деб аталади.  Улар целлюлозани глюкозагача парчаловчи ферментлар тўпламини, яъни – целлюлазаларни синтез қиладилар.Агар ушбу микроорганизмлардан целлюлаза ферментлари ажратиб олинса ва целлюлозага қўшилса, бу жараён тезлашади. Бунда ҳосил бўлган глюкоза микроорганизмлар томонидан истеъмол қилинмайди ва реакция маҳсулоти сифатида тўпланиб боради. Агар  субстрат сифатида тоза целлюлозадан эмас, балки целлюлоза тутувчи саноат ёки қишлоқ хўжалик чиқиндиларидан фойдаланилса, яна бир энг муҳим муаммо – чиқиндиларни йўқотиш – утилизация муаммоси ҳал бўлади.Целлюлозанинг парчаланиш жараёни қуйидагича амалга ошади:  1. эндо-β-1,4-глюканаза ферменти таъсирида макромолекула ичидаги турли хил β-1,4-гликозид боғларининг узилиши кузатилади ва натижада учлари эркин бўлган йирик фрагментлар ҳосил бўлади.   2. Кейин экзо-β-1,4-глюканаза таъсирида ҳосил бўлган фрагментлар учларидан целлобиоза дисахаридлари ажралиб чиқади.  3. β-глюкозидаза целлобиозани гидролиз қилиб, 2 молекула глюкоза ҳосил қилади.

29.Ферментларни физик-кимёвий хусусиятлари ҳақида тушунча беринг .Fermentlar (lotincha: fermentum — achitqi), enzimlar — hayvon, oʻsimlik va bakteriyalarning tirik hujayralaridagi oqsilli katalizatorlar. Fermentlar maxsus xususiyatlari va kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishi bilan odatdagi katalizatorlardan farqlanadi. Ular katalizatorlar kabi kimyoviy reaksiyalarning faollanish energiyasini pasaytiradi.20-asrning oʻrtalariga kelib, fizikkimyoviy taxlil (asosan, xromotografiya) va oqsil kimyosi usullarining rivojlanishi natijasida qator Fermentlar ning birlamchi strukturasi aniklandi. Mas, qoramol oshqozon osti bezining ribonukleaza fermentlari toʻrtta disulfid bogi bilan bogʻlangan 124 aminokislota qoldigʻidan iboratligi koʻrsatib berildi. Shundan keyin rentgen struktura taxlili yordamida bir qancha Fermentlarning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari aniqlandi. Koʻp Fermentlar toʻrtlamchi strukturaga ega ekanligi, yaʼni molekulalari tarkibi va strukturasi jihatidan turlicha boʻlgan bir qancha oqsil subbirliklar (biopolimerlar)dan iboratligi koʻrsatildi.Fermentlarning taʼsir etishi bir qator omillarga, xususan, temperatura va muhit rN ga (rN — vodorod koʻrsatkich) bogʻliq. Fermentlarning taʼsir etish optimum temperaturasi 38—60°, temperatura bundan yuqori boʻlsa, Fermentlar odatda, denaturlanib oʻz faolligini yoʻqotadi. Pekin baʼzi Fermentlar (mas, ribonukleaza, miokinaza) 100° issiqlikka ham chidaydi. Odam va issiq qonli qayvonlar fermenti 37—38°da, yaʼni tana haroratida taʼsir koʻrsatadi. Fermentlar faolligining traga bogʻliqligidan tibbiyot amaliyotida, jumladan, jarrohlikda foydalaniladi.Koʻpchilik Fermentlar neytral reaksiyada (rN— 7,0 da) faol boʻlib, kislotali va ishqorli muhitda ular oʻz faolligini yoʻqotadi. Kislotali muhitda faol boʻlgan pepsin va baʼzi toʻqima proteolitik Fermentlar (mas, katepsin D) hamda ishqorli muhitda (rN — 8,0 da) faol boʻlgan tripsin bulardan mustasno.


Download 88.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling