1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari
O’rta asrda musulmon sharqida fizika-astronomiya fanlarining rivojlanishi
Download 125.17 Kb.
|
fizika tarixi javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Abdullo Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy
- 19. KATTA AHAMIYATGA EGA BÒLGAN ZIJLARNING PAYDO BÒLISHI..
18.O’rta asrda musulmon sharqida fizika-astronomiya fanlarining rivojlanishi.
Aristotel va Ptolemeydan keyin Yunonistonda fan va madaniyat inqirozga uchraydi. Fan va madaniyat markazi Sharq mamlakatlariga Xitoy, Hindiston VII asrlardan boshlab musulmon sharqi: Bog’dod, Damashk„ Xorazm, Urganj, Samarqandga ko’chdi. Arab xalifaligi davrida arab tili yagona ilmiy til bo’lib shakllandi. Ushbu davrda asosan mexanika va optika fanlari keng rivojlandi. O’rta asrlardagi fizika fani taraqqiyotini quyidagi davrlarga bo’lib o’rganish mumkin: l. Musulmon sharqida fan taraqqiyoti (VII — XI asr) 2. Yevpropa feodal fani rivoji (XI — XV asr) 3. Tabiatshunoslikda tajriba — kuzatish davrining yuzaga kelishi (XV— XVIII asr). 1) O’rta Osiyo va Sharqda musulmonchilik o’rnatilishi bilan bu davlatlar o’rtasida savdo-sotiq fan va madaniyat rivojlandi. Tabiiy fanlar rivojiga avvalo iqtisodiy va ijtimoiy omillar sabab bo’ldi. Dexqonchilik uchun yil fasllarini aniqlash, sug’orish inshootlarini qurish, ilmi nujum, astrologiya, savdo-sotiq uchun tarozi, suv chiqarish uchun chig’iriq ulkan imoratlar, maqbaralar qurishda mexanik moslamalar ixtiro etishni taqozo etardi. Bizning Ona Vatanimiz zaminidan yetishib chiqqan allomalarimiz: al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Ulug’beklar matematika, fizika va astronomiyaga doir ko’plab ilmiy asarlar yaratishdi. Abu Abdullo Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy — 780 yillarda Xiva shahrida tug’ilgan, 850 yilda Bog’dodda vafot etgan. Xorazmiy o’qish, yozish va sanashni mahalliy diniy maktab-madrasada o’rgandi. U O’rta Osiyoning juda ko’p shaharlarida bo’lib, geografiya, tarix, astronomiya bo’yicha o’z bilimlarini boyitdi. O’z ona tili bilan bir qatorda fors, arab va Hindistonning adabiy tili — sanskritni o’rgandi. U qadimgi turk tili bilan, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hatto, qadimgi yaxudiylar tili bilan tanish edi. 19. KATTA AHAMIYATGA EGA BÒLGAN ZIJLARNING PAYDO BÒLISHI.. Ulug’bekning «Zij» asari ikki qismdan, ya’ni keng muqaddima (nazariy) va amaliy qismdan, ya’ni 1018 ta sobit yulduzning o’rni va holati aniqlab berilgan jadvaldan iborat. Muqaddimaning boshida Qur’oni Karimdan yulduzlar va sayyoralarga taalluqli oyatlar keltirilgan. Masalan: «Quyosh, Oy va yulduzlarning barchalari falakda suzib yurur» (Yosun surasi, 40 oyat, 322 bet). «Darhaqiqat, biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik. Va uni har bir itoatsiz shaytondan, jindan saqladik». (Vassofot surasi, 6,7 oyat, 325 bet). Ulug’bek bu bilan astronomik kuzatishlarning zarurligini g’oyaviy asoslamoqchi bo’ladi. Ammo shunga qaramasdan Qur’oni Karimning mohiyatiga tushuna olmagan din peshvolari va aqidaparastlar uni g’ayridinlikda ayblab ig’vo tarqatishib, o’z o’li Abdullatif tomonidan o’ldirtiriladi. Ulug’bek «Zij» ning muqaddimasida o’zining ustozi Qozizoda Rumiyning ushbu asarni yaratishda unga rahbarlik qilganligini yozadi. O’zining shogirdlari orasidan Ali Qushchini «Farzandi arjumand» (ya’ni farzandim) deb, «Zij» ning amaliy qismini uning ittifoqligida yozganligini ta’kidlaydi. 1449 yili Ulug’bekning fojiali halokatidan so’ng Samarqand olimlari asta-sekin yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketadilar. Ular o’zlari bilan Samarqand astronomiya maktabi asarlarining nusxalarini olib ketadilar va uning Ovrupoga tarqalishiga xizmat qiladilar. Ayniqsa, uning sodiq shogirdi Ali Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerdagi rasadxonada Ulug’bek ishlarini davom ettiradi. Shu tariqa Ulug’bekning «Ziji» Turkiya va undan Ovrupo orqali butun duyoga tarqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda «Zij» ning hozirgi kunda 100 ga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arab tilidagi nusxalari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Hozirgi kunda al-Farg’oniyning sakkiz asari ma’lum bo’lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqadordir. Qo’lyozmalari dunyo kutubxonalarining barchasida bor. «Asturlab yasash haqida kitob» - Berlin, Mashhad, Parij va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda. «Asturlab bilan amal qilish haqida kitob» nomli asarining birgina qo’lyozmasi Rampur (Hindiston) shahri kutubxonasida saqlanmoqda. «Al-Farg’oniy jadvallari» qo’lyozmasi Patna (Hindiston) shahrida, «Oyning Yer ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola» qo’lyozmasi Qohira shahrida, «Yetti iqlimni hisoblash haqida risola» qo’lyozmasi Gota va Qohira shahrida, «Quyosh soatini yasash haqida kitob» qo’lyozmasi Halab va Qohira shaharlarida saqlanmoqda. Download 125.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling