1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari
Ilmiy nujum rasadxonalar va ilmiy tadqiqotlar
Download 125.17 Kb.
|
fizika tarixi javoblari
15. Ilmiy nujum rasadxonalar va ilmiy tadqiqotlar
Xorun ar-Rashidning o’g’li al-Ma’mun Bog’dodda «Baytul hikma» Donishmandlar uyi)ni tashkil etadi. Unda juda yaxshi jihozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Xorazmiy o’zining ilmiy faoliyatini «Baytul hikma» da qadimgi yunon olimlari Yevklid, Arximed, Appoloniy va boshqalarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining asarlarini qunt bilan o’rganish va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan boshlaydi. Tez orada u «Baytul hikma»dagi ilmiy ishlarga rahbarlik qila boshlaydi. Al-Xorazmiygacha Akademiyada quyidagi olimlar, tarjimon va hattotlar ishlagan. Munajimlardan: Ibn al Kiftiy, Muhammad al Nazariy, Abu Ishoq, Ibrohim al Fazariy, Yoqub ibn Tariq tarjimonlar: Joir ibn Xayyan, Abu Hasan, Solmon, Abu Zanare va h.k. Rasadxona yoki observatoriya — astronomik, geofizik, meteorologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino. Dastlab, obʼyektlarni kuzatish bilan shugʻullanadigan joy sifatida paydo boʻlgan, keyin ilmiy tadqiqot muassasasiga aylangan. Oʻrta asrlarda Sharqda koʻplab rasadxonalar qurilgan (qarang Ulugʻbek rasadxonasi). Keyinchalik (16-asr oʻrtalaridan) Yevropada rasadxonalar optik, radiofizik va boshqa asboblar bilan taʼminlana boshladi. Oʻzbekistonda optik asboblar bilan jihozlangan rasadxona birinchi marta 1973-yilda Toshkentda Turkiston harbiy okrugi Harbiy topografiya boʻlimi tizimida astronomiya va fizika rasadxonasi sifatida tashkil qilindi. Unda ilmiy tadqiqot ishlari (vaqtni oʻlchash, quyosh faolligi, quyosh va oy tutilishi, meteorologik, seysmik kuzatishlar va boshqa ishlar) olib boriladi (qarang Astronomiya instituti). Rasadxonalarda astronomik, magnit, gidrometeorologik, seysmik va boshqa kuzatish hamda tadqiqotlar olib boriladi. Astronomik rasadxonalardan tashqari, aerologik rasadxona, dengiz rasadxonasi, geofizik rasadxona, kosmik rasadxona, magnit rasadxona, meteorologik rasadxonalar mavjud. Mirzo Ulug„bek tomonidan Samarqandda barpo qilingan inshootlar ichida Rasadxona (1424‒ 1429) tarixiy-ilmiy ahamiyat kasb etadi. Samarqand astronomlarining mahorati asosiy asbobning juda katta bo„lishi va tuzilishining mukammalligini ta‟minladi. Bu esa Quyosh, Oy va boshqa yoritgichlarni katta aniqlikda kuzatish imkonini berdi. Kvadrantning janubiy qismi yer ostida, qolgan qismi shimoliy tomonda yer sathidan 30 m. cha balanda joylashgan.Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm. va bir minut yoy 11,53 mm. ga to’g’ri keladi. Mirzo Ulugbek va uning astronomiya maktabi tomonidan yaratilgan ilmiy kashfiyotlar Al Xorazmiyning matematika sohasida qo„lga kiritgan yutuqlarining amaldagi ifodasi bo’ldi Download 125.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling