1. Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning mohiyati
Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
Download 114.06 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Fiziokratizm iqtisodiy ta\'limoti
4. Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
A.Smit o'z vaqtida «fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal bo'lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g'oyalar ichida haqiqatga eng yaqini edi», - deb aytgan edi. Bu ta'limotning merkantilizmni inkor qilishi, mehnat bilan er boylikning asosi ekanligini tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklashlarini olib tashlashni taklif etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlar boylik tezisi to'g'risida fikr yuritib, boylik - bu jamiyat mehnati bilan har yili yaratiladigan iste'mol qiymatlaridir, deydilar. Bu tezis ham A.Smit tomonidan qabul qilingan. Ishlab chiqarish va taqsimot jarayoniga xos umumiy mehnat doktrinasi, ishlab chiqarishning takroriyligiga alohida urg'u berilishi katta yutuq hisoblanadi. Kapital va uning ikki qismga ajratilishi (asosiy va aylanma) takror ishlab chiqarish, erkin sohibkorlik to'g'risidagi g'oyalar, jamiyatning sinflarga ajratilishi iqtisodiy ta'limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarining unsurlarini asosan to'g'ri hal etib berdilar. Mehnat bilan birga erning boylik asosi deb qabul qilinishida davr ta'siri kuchlidir. Chunki mamlakatdagi asosiy sinf dehqonlar bo'lib, asosiy boylik qishloq xo'jaligida yaratilayotgan edi. Qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor munosabatlariga o'tish va ayniqsa dehqonlarni turli-tuman soliq va yig'imlardan ozod qilish zarurligi, yagona soliq tizimiga o'tish kerakligi to'g'risidagi fikr nihoyatda qimmatlidir. Sobiq SSSRda yangi iqtisodiy siyosatda bu usul qo'l kelgan. Chunki, har bir sohibkor va tadbirkor shaxsiy manfaatdorlik bo'lgan taqdirdagina ishlab chiqarishni rivojlantirishga intiladi. Takror ishlab chiqarish va realizasiya jarayoni uzluksiz davom etishi, xalq xo'jaligi tarmoqlarining ma'lum proporsiyalarini saqlagan holda ro'y berishi mumkinligi aniqlab berildi. F.Kene misolida uch sektor o'rtasidagi munosabatlar keltirilgan. Amalda, ayniqsa hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori xiyla ko'p bo'lib, ular o'rtasidagi aloqalar V.Leontevning «xrajatlar - chiqarish» tizimida N ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Ko'rinib turibdiki, bu g'oyaning kurtaklari fiziokratlarning asarlarida ko'ringan. Hozirgi davrda buni tarmoqlararo balans deb yuritiladi va u makroekonomik tahlilda va umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. O'sha paytda bo'lajak iqtisodiy modellarning asoslari vujudga kelgan edi. Bu g'oya klassik iqtisodiy maktab ta'limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim o'rinni egallaydi. Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari nuqtai nazaridan fiziokratizm g'oyalari o'z ahamiyatini tezda yo'qotdi va o'tkinchi xarakterga ega bo'ldi, chunki jahondagi ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi o'zgarishlar nisbatan mukammal g'oyalar ishlab chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro'y berdi. Ayniqsa boylikning asosi (sof mahsulot) faqat qishloq xo'jaligi sohasi bilan chambarchas bog'liq qilib cheklab qo'yilganligi to'g'risidagi xato tez namoyon bo'lib qoldi, sanoat inqilobi natijasida ro'y bergan o'zgarishlar tufayli fiziokratizm g'oyalari unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmonidagi yorqin yulduzning so'nishini eslatadi. Download 114.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling