1. Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning mohiyati
Download 114.06 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Fiziokratizm iqtisodiy ta\'limoti
QISQACHA XULOSALAR
XVIII asrning o'rtalarida Fransiyada iqtisodiy ta'limotlar tarixida fiziokratizm yo'nalishi yuzaga keldi. Bu ta'limot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy, butun zanjirning ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vakillari F.Kene va A.Tyurgo mamlakatdagi o'sha davr iqtisodiy holatini har tomonlama tahlil etib, iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo'yicha qimmatli fikrlarni berdilar. Ular fermerlarni himoya qilgan holda avvalo merkantilizmdan voz kechib, boylikning asosiy manbai mehnat va er ekanligini ko'rsatdilar. «Tabiiy tartib» konsepsiyasi asosida «unumli mehnat», «sof mahsulot», kapital to'g'risidagi ta'limotlar ilgari surildi. Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baholar, erkin raqobat, davlatning iqtisodga kam aralashuvi «tabiiy hol» deb tan olindi. Ularning fikricha, qiymat iste'mol qiymati bo'lib, hatto tabiat, er in'omi sifatida talqin etiladi. Shundan dehqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto'g'ri fikrning paydo bo'lishi Fransiyaning o'sha davrdagi iqtisodiy ahvoli (agrar mamlakat) bilan bog'liqdir. Kapital tushunchasining kiritilishi va uning boshlang'ich va yillik bo'nak kabi ikki qismga bo'linishi iqtisodiyot tarixida muhim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital g'oyalari ham kelib chiqadi. F.Kenening asosiy «Iqtisodiy jadval» asarida jamiyatdagi sinflar masalasi ko'tariladi, ammo bunda ba'zi kamchiliklar bor, uni A.Tyurgo rivojlantirib, o'sha davr uchun to'g'ri qisqacha xulosalarlar chiqaradi. Takror (uzluksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasi birinchi bor kun tartibiga qo'yiladi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayyor mahsulotning aylanish tamoyillari ko'rsatiladi, bu o'sha davr uchun katta kashfiyot edi. Tarmoqlar, ya'ni sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo'lishi zarurligi qayd etiladi, ma'lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muhim. Olim va davlat arbobi A.Tyurgoning iqtisodiy g'oyalari ancha mukammal bo'lib, o'sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyotdagi jarayonlarni ancha izchil tahlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e'tirof etiladi. Bu qisqacha xulosalar to'g'ri qisqacha xulosalardir. A.Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo'shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal hal etadi, sanoat, ssuda va kapital haqida fikr yuritadi, lekin oxir-oqibatda fiziokratizm qobig'idan chiqa olmaydi, qo'shimcha mahsulotning asosiy shakli yana erga, er rentasiga qaytadi. A.Tyurgo davlat chinovnigi, aniqrog'i moliya vaziri sifatida ham bir qancha iqtisodiy islohotlarni o'tkazishga erishadi. Ammo mamlakatdagi ijtimoiy tuzum bu islohotlarga to'siq edi. Hozirgi davr tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarini qo'lladilar, ammo ularning g'oyasi asosan qishloq xo'jaligi bilan cheklab qo'yildi, barcha fikrlarda mukammallik etishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan hal etildi. Asosiy tushuncha va iboralar Fiziokratizm; F.Kene; tabiiy tartib konsepsiyasi; erkin bozor munosabatlari; unumli va unumsiz mehnat; sof mahsulot; kapital; «Iqtisodiy jadval»; oddiy takror ishlab chiqarish; A.Tyurgo; qiymat tarkibi; sof bozor iqtisodiyoti; sinflar; E.Kondilyak; sub'ektiv o'lchovi. Nazorat va mulohoza uchun savollar 1. Fiziokratizm so'zining mazmuni va bu ta'limotning asosi nima, uning muhim xususiyatlari nimadan iborat? 2. F.Kene hayoti va ijodining o'ziga xos tomonlarini ko'rsatib bering. U qaysi sinf manfaatlarini himoya qiladi? 3. «Tabiiy tartib» konsepsiyasi, «sof mahsulot», «unumli» va «unumsiz» mehnat, «unumli» va «unumsiz» sinf, «qo'shimcha mahsulot» tushunchalariga xarakteristika bering. 4. F.Kenening asosiy asari qanday nomlanadi, u qachon yozilgan va uning asosiy mazmuni nimani ko'rsatadi? Takror ishlab chiqarish jarayoni qanday sikllardan o'tadi? Jadvalni izohlab bering. 5. Kapitalga qanday izoh beriladi, uning bo'laklari jadvalda nimani bildiradi? 6. Nima uchun va qanday sabab bilan sanoat sohalari «unumsiz» deb sanaladi? 7. F.Kenening qaysi g'oyalari hozirgi davr iqtisodchilari tomonidan foydalanilmoqda? 8. A.Tyurgoning hayoti va ijodidagi asosiy xususiyatlar nima? Uning bosh asari qanday nomlanadi va u qachon yozilgan? 9. A.Tyurgo jamiyatni qaysi sinflarga bo'ldi? Uning F.Kenedan farqi nimada namoyon bo'ladi? Sizningcha qaysi olimning fikri to'g'riroq? 10. A.Tyurgo tomonidan kapitalning izohi, ishlab chiqarishga qo'yilgan kapitalning o'z-o'zidan o'sib borish qobiliyati qanday tushuntiriladi? 11. Olim davlat xizmatchisi sifatida qanday islohotlarni amalga oshirmoqchi bo'ldi? 12. Fiziokratizm ta'limotining kamchiliklari nimadan iborat, buning sabablarini Siz qanday izohlaysiz? 13. Fiziokratizmning ahamiyati va tarixiy taqdiri to'g'risida nima deya olasiz? E.Kondilyakning dastlabki marjinalistik g'oyalari nimalardan iborat? Download 114.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling