1. Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning mohiyati
Download 114.06 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Fiziokratizm iqtisodiy ta\'limoti
uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon
sxematik ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko'rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash uchun shart- sharoitlar yaratiladi. «Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud, biri Versalda 1758-1759 yillarda chop etilgan. 1894 yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi. Birinchi variant bo'yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi quyidagicha ro'y beradi. Qishloq xo'jaligida yaratilgan jami qimmat 5 mingga teng bo'lib, shundan 3 mingi erni ishlashga ketgan xarajatdir. Fermerlar etishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni (asbob-anjomni) ta'mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu erda fermerlar faqat «boshqarish uchun haq olganliklari» sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki erdir. Qoldiq esa er egasiga renta sifatida to'lanadi. Yer egalari o'zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat tovarlari olishga sarf qiladilar, «unumsiz sinf» 2 mingga xom ashyo va qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko'rinishda ham namoyon bo'lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga kiritiladi, undan xuddi pul shaklida ham foydalanish mumkin. Unda jarayon boshidan fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega bo'ladilar. Erdan foydalanish huquqiga ega bo'lish uchun bu summa egalariga (er ularniki) beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat mahsulotlari (1 ming) va sanoat tovarlari (1 ming) olish uchun sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash uchun hunarmandlarga (unumsiz sinfga) beradilar, ular esa olingan 2 mingni qishloq xo'jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibatda fermerlar 3 ming oladilar va 1 mingni sarflaydilar (qoldiq 2 ming); shu yo'l bilan boshlang'ich holatga qaytadilar. «Unumsiz» sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana er egalariga (renta) beriladi. Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo'yicha ham tahlil etish mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi V.Leontevning «xarajatlar - chiqarishlar» jadvalini eslatadi. Xuddi Leontev tizimidek ma'lum boylikni yaratish uchun kerakli barcha omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning mahsulot qiymati boshqa sektorning umumiy to'lovlari bilan to'la qoplanadi. "Yillik Yer egasi Unimsiz sinf boo'nak" daromadi bo'naklari 2 ming2 ming 1 ming 1 ming 1 ming 1 ming Yer egasi daromadi va bosh- Langich bunak foizlarini tulash uchun foydalaniladigan summalar 1 ming 1 ming Yillik bo’naklarining 2 ming qoplanishi Yakun 5 ming 2 ming Izoh. Strelkalar xarajatlar- Bundan bir ming kelasi yil ning yunalishini kursatadi aylanma kapital sifatida reinvestitsiya kilinadi Download 114.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling