1. Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning mohiyati
Download 114.06 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Fiziokratizm iqtisodiy ta\'limoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- «sof mahsulot»
mahsulot» to'g'risidagi ta'limot bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning mantiqiy
davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular «sof mahsulot» yaratuvchi mehnat unumli bo'ladi, ya'ni qo'shimcha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to'g'risidagi masalaga prinsipial to'g'ri yondashish yo'li edi. Ammo renta qo'shimcha qiymatning yakkayu-yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababli dehqon mehnati birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanadi, ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat «unumsiz», ya'ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlariga qarshi qo'yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qo'llanmasin, qo'shimcha qiymat yaratadi, demak bu ham mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir. F.Kene «sof mahsulot» to'g'risidagi o'z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga bo'ladi: unumli sinf (fermerlar), er egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo'jalik ishchilari ham, fermerlar ham, ya'ni uningcha «sof mahsulot» yaratuvchilarning hammasi kiradi. Yer egalari «sof mahsulot» yaratmaganligiga qaramasdan, shu bilan birga bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to'lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular «sof mahsulot» yaratmaydilar. Jamiyatning sinfiy tuzilishi to'g'risidagi bu ta'limotning asosiy kamchiligi shuki, F.Kene yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko'ra bilmaydi, to'g'rirog'i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o'sha davrda kam bo'lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganidan burjua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to'g'risidagi ta'limotning bu kamchiliklaridan qat'i nazar, jamiyatni sinflarga bo'lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko'rsatishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi. Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardan bo'lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita «kapital» so'zi qo'llanilmagan, ammo erlarning zaxini qochirish, ya'ni er sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma'lum tipdagi dastlabki avans (bo'nak) hamda urug'lik va ishchi-batraklarga beriladigan avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan harajat bir necha yilda bir marta bo'lib, o'z-o'zini asta-sekin qoplaydi (asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo'lib, har bir hosil tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kene ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtai nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu g'oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi. Bu o'sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo'llaniladigan kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo'jaligi qurollari va inventar, mol, urug'lik, odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kene merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb hisoblaganlar), pullarning o'zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo'lmagan kategoriya deb ko'rsatiladi. Ishlab chiqarish chiqimlari (harajatlari)ni tadqiq qilish orqali kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo'ldi, bunda kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang'ich avans (bo'nak) hisoblanib, unga qishloq xo'jalik inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi yillik amortizasiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa qismiga urug'lik olish, asosiy qishloq xo'jalik ishlari, ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi. Boshlang'ich avans bilan bog'liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator yillar) ichida to'la aylansa, yillik avansga sarflangan kapital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to'la aylanadi. Bu erda amalda doimiy va aylanma kapital to'g'risidagi g'oya berilgan, ammo bu tushunchalar boshqa so'zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga sazovorki, F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo'lganda faqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog'lagan holda bergan, uni muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo'shib yubormagan. Shu sababli u pul va tovarni ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, to'g'ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga oid muammoni nazariy jihatdan echishga asos soldilar. F.Kene iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko'rsatish uchun birinchilardan bo'lib urinib ko'rdi. U o'sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo'ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va Download 114.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling