1. Foiz risklari: boshqarish va baholash


Download 82.5 Kb.
bet5/5
Sana25.02.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1230361
1   2   3   4   5
Bog'liq
Foiz riski

Ijobiy BA/P da o‘zgaruvchan stavkalardagi aktivlar o‘zgaruvchan stavkalardagi passivlardan yuqori bo‘ladi. Ijobiy BA/P da foiz stavkasining pasayishi foiz marjaning pasayishiga olib keladi va aksincha. Salbiy BA/P da o‘zgaruvchan foiz stavkalardagi passivlar, o‘zgaruvchan foiz stavkalardagi aktivlardan oshib ketadi. Bu holatda foiz stavka pasaysa marja o‘sadi, foiz stavka oshsa marja kamayadi.
Bankning foiz siyosatini amalga oshirish bosqichlari:
I bosqich - past foiz stavkalar (o‘sish kuzatilmoqda):

  • qarz mablag‘lari muddatini oshirish;

  • fiksirlangan stavkalardagi kreditlarni qisqartirish;

  • portfel investitsiyalar muddatini qisqartirish;

  • qimmatli qog‘ozlarni sotish; uzoq muddatli qarzlarni sotish;

  • kredit liniyalarni yopish.

    1. bosqich - o‘suvchi foiz stavkalar (maksimal o‘sish kuzatilmoqda);

  • qarz mablag‘larni muddatini qisqartirish;

  • investitsiyalar muddatini uzaytirish;

  • fiksirlangan stavkalardagi kreditlar ulushini oshirish;

  • qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar ulushini oshirish;

  • fiksirlangan stavkalardagi qarzlarni muddatidan oldin qaytarish.

    1. bosqich - yuqori foiz stavkalar (pasayish kuzatilmoqda):

  • qarz mablag‘lari muddatini qisqartirish;

  • fiksirlangan stavkalardagi kreditlarni ulushini oshirish;

  • investitsiyalar portfeli muddatlarini oshirish;

  • aktivlarni sotish rejasini tuzish.

    1. bosqich - kamayuvchi foiz stavkalar (minimal tushish mumkin):

  • qarz mablag‘lari muddatini uzaytirish;

  • investitsiya muddatlarini kamaytirish;

  • o‘zgaruvchan foiz stavkalardagi kreditlar ulushini oshirish;

  • qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni kamaytirish;

  • uzoq muddatli qarzlarni oshirish.

Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling