1. Foiz risklari: boshqarish va baholash


Download 82.5 Kb.
bet2/5
Sana25.02.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1230361
1   2   3   4   5
Bog'liq
Foiz riski

Ад
bu erda: Mhaq - foiz marjasining haqiqiy hajmi;
Df - foizli daromad;
Xf - foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlar; keltiruvchi aktivlar;
Ad - foizli daromad keltiruvchi aktivlar;
Foiz marjasi quyidagi yo‘nalishlarda tahlil qilinadi:

  • haqiqiy foiz marja bilan uning bazasi bilan solishtirish, natijada foizlar bo‘yicha daromadning o‘sishi yoki kamayishini aniqlash mumkin;

  • foiz marjaning standartlarga yoki bank qoidalariga mos kelishini nazorat qilish;

  • qaysi turdagi daromad (xarajat) foiz marjasining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun uning tarkibini tahlil qilish;

  • boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun foiz marjasining o‘zgarishi chegaralarini aniqlash;

Foiz marjasining hajmiga ta’sir qiluvchi omillarga kredit qo‘yilmalarining tarkibi va hajmi hamda ularning manbasi, to‘lovlar muddati, foiz stavkalarining foydalanilishi va ularning harakati kiradi.
Ta’minlangan va yuqori riskli ssudalarni uzoq va qisqa muddatlarda joylashtirish, shuningdek kreditlash hajmi daromad qo‘yilmalarni aniqlaydi. Foiz marjasining hajmiga kredit qo‘yilmalari va ularning to‘lov vaqtlari bo‘yicha manbasi nisbati, shuningdek foiz stavkalarini ko‘rib chiqish muddatlari ta’sir qiladi. Bizda asosan o‘rnatilgan (kredit to‘liq qaytarilmaguncha o‘zgarmaydi) foiz stavkalar qo‘llaniladi. shu shartlar doirasida aktivlar va passivlar to‘rt guruhga bo‘linadi:

  • bozor shartlarining o‘zgarishida foiz stakalarining to‘liq ko‘rib chiqilishi bo‘yicha aktiv va passivlar;

  • uch oy davomida to‘liq boshqariladigan aktiv va passiv;

  • uch oydan ko‘proq muddatda ko‘rib chiqilidagan stavkalar bo‘yicha aktiv va passiv;

  • o‘rnatilgan stavkalar bo‘yicha aktiv va passivlar.

Birinchi ikki guruh bankning foiz marjasi o‘zgarishini sezuvchi majburiyatlar va aktivlarni aks ettiradi. Ularning nisbati foiz riskini aniqlash imkonini beradi (APS). APS quyidagi yondashuvlarda boshqariladi:

  • yuqori likvidlikni ta’minlash maqsadida stavkalarning, muddatlarning, aktivlarning diversifikatsiyasini qo‘llab-quvvatlash;

  • foiz stavkaning o‘zgarish bosqichlariga bankning aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini mos tanlash. Masalan, past foiz stavkalarning o‘sishi kuzatilganda majburiyatlar bo‘yicha mablag‘lar muddatini oshirish, o‘rnatilgan foiz stavkalardagi kreditlar hajmini kamaytirish, investitsiya muddatlarini qisqartirish, uzoq muddatli qarzlarni jalb qilish va kredit limitlarini yopishga to‘g‘ri keladi.

Aktiv va passivlar, foiz stavkalarning muddatlariga bog‘liq holda foiz marjasining o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi:
M = APS x I
bu erda: M - foiz marjasi;
I - foiz stavkalarining o‘zgarishining kutilishi.
Bankning foiz riskiga tushib qolish darajasini baholashda ko‘yidagi ko‘rsatkich
qo‘llaniladi: Fr = APS/Aktivlar x 100%
Foiz siyosatini erkin yuritilishi uchun bank, uning xizmatlari qiymati koeffiitsenti qaysi chegaralarda olib borilayotganligini bilish kerak. Ushbu ko‘rsatikch ta’minlanmagan xarajatlar hajmini aks ettiradi. Bu ko‘rsatkich minimal foiz marjasi (Mmin) ko‘rinishida aniqlanadi, ya’ni xarajatlarni qoplash imkonini beruvchi, lekin foyda olib kelmaydigan aktivlar va passiv operatsiyalar bo‘yicha minimal stavkalarni ko‘rsatadi. U quyidagicha aniqlanadi:
Хт - Хб 4

Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling