1. Fridrix Rattsel va determinism nazariyasi Vidal de la Blash va possibilism kontseptsiyasi


Download 0.7 Mb.
Sana28.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1237778
Bog'liq
iqt.ijt duet

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI GEOGRAFIYA YO’NALISHI 101-GURUH TALABALARI YUNUSOV YAXYOBEK va FOZILJONOV ZUHRIDDINning IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI


Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Geografik determinizm va possibilism
Reja:
1.Fridrix Rattsel va determinism nazariyasi
2. Vidal de la Blash va possibilism kontseptsiyasi
3.N.N.Baranskiyning inson va tabiat o’rtasidagi munosabat borasidagi qarashlari

Zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiya geografiya fanlarining mustaqil tarmog’i sifatida va nihoyat XX asrda shakllandi va g’arb mamlakatlarida inson geografiyasi,ayrimlarida ijtimoiy geografiya nomi bilan ataldi.Yevropa va Amerika olimlari fikricha,u ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog’liqlikda shakllandi.Bu davrda uning tabiiy geografiya bilan aloqadorligi juda kam sezildi va alohida-alohida ilmiy yo’nalishlar tarzida o’z faoliyatini davom ettirdi. “ Geografik determinizm” lotinchada “ta’sir etmoq” ma’nosini beradi. Bu tushuncha inson hayotida tabiiy sharoitning ahamiyatini bo’ttirib ko’rsatuvchi g’oya. “Geografik possibilizm” (inglizcha, “possible” – Imkoniyat) – geografik muhim inson faoliyatini cheklaydigan va o’zgartiradigan ammo

tarixiy,sotsial va boshqa sharoitlarning ahamiyatini aniqlaydigan tushuncha. “Envayromentalizm” ( inglizcha,”environment” – atrof-muhit,tabiat) inson hulq-atvori va dunyoqarashi atrof-muhitning ekologik holatiga qarab shakllanishi haqidagi g’oya. Ushbu g’oya tarafdorlari nemis geografi Fridrix Ratsel (1844-1904),amerikalik tadqiqotchi ayol Ellen Sempl (1863-1932) va ularning izdoshlari bilan bevosita bog’liq.Ular inson hayotining barcha jihatlari tabiiy sharoitga qarab belgilanadi yoki farqlanadi: aholi soni va xilma-xilligi ,urf-odatlari,milliy harakter xususiyatlari tabiiy muhitdagi farqlarga bog’liq. F.Rattselning asosiy siyosiy-geografik g’oyalari: Geosiyosiy ta’limotning eng yorqin ko’rinishi nemis maktabining shakllanishida namoyon bo’lgan.Asarlarida “geosiyosat” atamasini qo’llagan bo’lmasa ham F.Rattselni geosiyosatni “otasi”

deb,hisoblash mumkin.Uning ta’limoti,qarashlari 1897-yilda nashr etilgan “Siyosiy geografiya” deb nomlangan asarida o’z aksini topgan.Umrini siyosiy geografiya muammolarini o’rganishga bag’ishlagan olim 1876-yilda o’z dissertatsiyasini himoya qildi,1882-yilda esa, Shtutgartda uning “Antropogeografiya” nomli asari bosilib chiqdi. F.Rattsel millatning geografik,demografik va etnomadaniy xususiyatlarini uyg’unlashtira olgan davlatnigina “me’yordagi davlat” deb hisoblaydi. Possibilizm g’oyasi. XX asr boshlarida geografik determinizmning muqobili sifatida possibilism (possibility – imkoniyat ) tushunchasi bilan bir qator fransuz geograflari va tarixchilari Pol Vidal de la Blash,Lyusen Febr,J.Bryun va boshqalar tomonidan ilgari surildi.Ularning fikriga ko’ra “jamiyatning tabiatga bog’liqligi deterministlar tomonidan oshirib yuborilgan”. Possibilistlar bir vaqtning o’zida siyosiy va geografik kontseptsiyalarini ilgari surdi.

Pol Vidal de la Blashning siyosiy qarashlari. Blash 1898-yildan umrining oxirigacha Sarbon universitetida geografiya bo’limini boshqardi. U possibilism kontseptsiyasini ishlab chiqdi va mazkur tushunchadan insonning tabiiy muhit bilan o’zaro aloqasini tushuntirishda va geosiyosiy jarayonlarni baholashda foydalanildi. Iqtisodiy geografiyada “rayonlar maktabi” asoschisi Nikolay Nikolayevich Baranskiy(1881-1963) inson va tabiat o’rtasidagi muammolar borasidagi qarashlari: Iqtisodiy geografiyada “rayonlar maktabi”ning asoschisi N.N.Baranskiy deterministlarning ham,possibilistlarning ham qarashlarini tanqid qildi.U inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar muammosiga boshqacha qaradi,hamda insoniyat taraqqiyoti uchun tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish masalalarini ilgari surdi.

.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling