1. Geodezik asboblarning rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot bering?
Topografik s’yomka ishlarini bajarish tartibi
Download 49.91 Kb.
|
wppi 2
Topografik s’yomka ishlarini bajarish tartibi: Belgilangan xududni topografik s’yomka qilish uchun, eng avvalo xududda rekognostsirovka (xudadni kuzatish va/yoki razvetka qilish) ishlari olib boriladi va xududning abris(tasavvurdagi xomaki chizma)si chiziladi.
Xudud to’liq o’rganib bo’linganch, baza o’rnatish uchun eng maqbul joy tanlanadi. Maqbul joydan turib qaralganda, xududning eng ko’p qismi ko’rinishi lozim. Baza o’rnatishda maxalliy (shartliy) koordinatalar tizimidan yoki davlat koordinatalar tizimidan foydalanilishiga qarab s’yomka turlari belgilanadi. Masalan: Maxalliy (shartliy) koordinatalar tizimida ma’lum bir burchakka nisbatan orientirlanadi (ориентир по углом, 1.5.1-rasm) va gorizontal burchaklar 0 (nol) qiymatiga tenglab olinib X,Y va Н qiymatlari ixtiyoriy tarzda kiritiladi. Agarda GPS yoki GNSS priyomniklari yordamida aniqlangan koordinatalar mavjud bo’lsa u holda (ориентир по координатам, 1.5.2-rasm) koordinatalar tizimiga asoslanib X,Y va H qiymatlari priyomnikdan olingan qiymat bo’yicha kiritiladi va orientir olinadi. 53. Topografik s’yomka ishlarida joy tanlash talablarii nimalardan iborat. Javob; Joy tanlash talabi quyidagilardan iborat Shtativni yerga mahkamlash (nayzalari sanchilish) imkoni mavjud bo’lishi; Syomka qilinishi lozim bo’lgan hududning ko’plab harakterli nuqtalari ko’rinishi; Ushbu nuqtadan keyingi huddi shu talablarga javob beruvchi nuqta ya’ni stansiyani yaqqol ko’ra olishi va h.k. 54. Rekognosirovka deganda nimani tushunasiz. Javob; Topografik s’yomka ishlarini bajarish tartibi: Topografik syomka qilinishi lozim bo’lgan hudud aniqlangach, birinchi navbatda hudud rekogonostsirovka (ko’zban kechirib chiqish) qilinadi. Hudud o’rganib, so’ng uning abrisi (homaki chizma, sxema) shakllantirilishi maqsadga muvofiq. Yuqoridagi amallar ketma-ketligi bajarilishi bilan navbat eng ko’ruvchanlik yuqori, ravshan nuqta tanlanadi. 55. Elektron taxeometr qanday ishchi holatga keltiriladi. Javob; Eng optimal tanlangan nuqtaning ustki qismiga shtativ joylashtiriladi va mahkamlanadi. Taxeometr o’z tregeri orqali shtativga o’rnatiladi va mahkamlovchi vint bilan qotiriladi(1.6.3-rasm). Tregerda joylashgan vertikal vizir yordamida aniq belgilangan nuqtaning markaziga keltiriladi. Ushbu jarayon o’z nomi bilan asbobni stansiyaga markazlashtirish deb nomlanadi. Tregerda joylashgan doiraviy adilakning pufakchasi markazlashtiriladi. Doiraviy adilakni markazlashtirish shtativdagi vimtlar yordamida amalga oshirilgani maqsadga muvofiq. 56. Dronlar nechta toifaga bo’linadi va ular qaysilar. Javob; "DRONLAR" aslida ikkita toifaga bo'lingan bo`lib, inson aralashuvisiz uchib ketadigan to'liq avtonom asbobdir. Boshqalari masofadan turib boshqarish bo'yicha ish olib boradi. Uchuvchi yerda boshqarish va uchuvchi aparatni harakatlarini kuzatish, yoki xonada ekrandan maxsus ko'zoynak yordamida kuzatib boorish imkoniyatlari mavjud bo`lgan. Har ikkala turdagi turli xil texnologiyalardan foydalanilgan va turli xil potensialga ega, biroq ular teng darajada dronlar hisoblanadilar. 57. Dronlar nechta turga bo’linadi? Javob; Xozirgi kunda dronlarning soha yo`nalishlari bo’yicha foydalanish maqsadlariga qarab bir qancha turlari mavjud bo’lib, qishloq xo’jaligi, agrokimyoviy tadbirla yoki geodeziya va kartografiya sohalari uchun maxsus jixozlangan dronlardan foydalanib kelishmoqda. Geodeziya va kortografiya sohasida dronlarning qo`llanilishi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda vazirlik va qo‘mita xodimlari, mutaxassislar va ilmiy-tadqiqot sohasi vakillari ishtirok etishdi. 58. Dronda s’yomka ishlarining vazifalari nimalardan iborat. Javob; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 martdagi 258-F-sonli “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini manitoring qilish, xududni kartografiyalashda texnik va texnologik ishlab chiqishni rivojlantirish va yangilashni amalga oshirish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asoslangan holda, O‘zbekiston hududida rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish targ‘ib etilmoqda, Qishloq xo‘jaligida uchuvchisiz uchish apparatlarining bajaradigan vazifalari: Yerlarni joyida ko‘rib chiqish va yo‘riqnomadan o‘tkazish; Melorativ qurilish holatini kuzatish; Yerlar tizimiga aniqlik kiritishdagi vegetativ holati indeksini yaratish; Yerdan foydalanishda agrotexnika tadbirlarini qonun talab darajasida olib borish. 59. Dronlarni qishloq xo’jaligida qo’llanilishida erishilgan yutiqlari. Javob; “O‘zdavergeodezkadastr” qo‘mitasi tamonidan uchuvchisiz uchish apparatlaridan masofadan turib suratga olish ishlari amalga oshirildi. Suratga olish natijalari bo‘yicha har bir fermer xo‘jaligi va dala konturlari kesimida jami g‘alla ekilgan maydonlarni kuzatish natijasida: unib chiqmagan;siyrak unib chiqqan;g‘alla rivojlanishdan ortda qolgan; begona o‘t bosgan;g‘o‘zapoyadan tozalanmagan;ko‘llatib sug‘orilgan maydonlar birma- bir aniqlab chiqildi. 2018 yil17-mart kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Paxtakor xududi uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida suratga olindi. Xududda jami g‘alla ekilgan 487 gektardan 83.5 gektari:60.3 gektari rivojdan orkada qolganligi;23.2 gektari siyrak unib chiqqani Shuningdek, xududda 230 gektar maydon shudgorlab qo‘yilganligi aniqlandi. Uchuvchisiz uchish apparatlari qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi natijasida erishiladigan natijalar; ❖ dalani elektron kartasini avtomatik tarzda aerosuratga olish orqali yaratish; ma’lumotlarga avtomatik tarzda qayta ishlov berish; qishloq xo‘jalik ekinlarini xatlovdan o‘tkazish; bajarilgan ishlar xajmini baholash va ularni bajarilishini nazorat qilish; ekinlarni holatini opperativ monitoring qilish; qishloq xo‘jalik yekinlarini xosildorligini nazorat qilish; qishloq xo‘jalik yerlarini ekologik manitoringini olib borish; qishloq xo‘jalik yekinlarini unib chiqishini nazorat qilish; yerni haydash sifatini tekshirish; ekranda ko‘rib turgan xolda taxlil qilish imkoniyatini beradi. 60. Dronlar qancha metr oraliqda parvoz etishi mumkin. Javob; Dronlarning parvozi hududlar kesimida qamrab olish maydonlarini ko’rib chiqamiz. 700 metr bakandlikdagi dron 840 metrga 560 metr bo’lgan maydonni qamlab olishi mumkin bo’ladi yoki 47.0 gaektarga teng bo’lgan maydonni qamrab oladi. 600 metr bakandlikdagi dron 720 metrga 480 metr bo’lgan maydonni qamlab olishi mumkin bo’ladi yoki 34.5 gaektarga teng bo’lgan maydonni qamrab oladi. 400 metr bakandlikdagi dron 480 metrga 320 metr bo’lgan maydonni qamlab olishi mumkin bo’ladi yoki 15.4 gaektarga teng bo’lgan maydonni qamrab oladi. 200 metr bakandlikdagi dron 240 metrga 160 metr bo’lgan maydonni qamlab olishi mumkin bo’ladi yoki 3.84 gaektarga teng bo’lgan maydonni qamrab oladi. Download 49.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling