21. Burchak o‘lchash asbobining asosiy qismlari va ularning vazifasi.
Burchak o‘lchash geodezik asboblarini vazifasi, o‘lchash aniqligi va konstruksiyasiga qarab turli guruhlarga bo‘lish mumkin. Vazifasiga qarab burchak o‘lchash geodezik asboblari teodolitlarga va astronomik teodolitlarga bo‘linadi. Teodolitlar geodezik tarmoqlar punktlarida gorizontal burchaklar va zenit masofalarni o‘lchashda, astronomik teodolitlar esa Laplas punktlarida astronomik kuzatishlarni bajarib kenglik, uzoqlik va azimutlarni aniqlashda ishlatiladi.
22. Plan, karta va profil va ularni o‘zaro farqi.
Plan - Er yuzasini kichik qismini tekislikdagi proeksiyasini qogozda kichraytirilgan tasviri.
Karta- Karta atamasi orta asrlardan buyon foydalanib kelinmoqda. Bu atama lotincha «chartes» sozidan olinib papirus qogoz varogi degan tushunchani bildiradi. Bazi manbalarda karta - er yuzasini tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb yuritilib kelingan.
Profil- berilgan yonalish boyicha joy vertikal kesimining qogozdagi kichraytirilgan tasviri.
23. Masshtab; masshtab aniqligi nima? Karta va planlarni tuzishda ularga qo‖yiladigan talablar va aniqligiga qarab joydagi o‖lchangan chiziqlar bir necha marta kichraytiriladi. Kartadagi chiziq s uzunligining joyning tegishli S chiziq uzunligi gorizontal proekstiyasiga nisbati masshtab deyiladi. Masshtablar sonli, chiziqli va kondalang ko‖rinishda ifodalanadi Masshtab sm larga boʻlingan chiziq bilan koʻrsatiladi. Bu chiziqda xaritadagi 1 sm ga joydagi necha m yoki km toʻgʻri kelishi koʻrsatib qoʻyilgan boʻladi. Plan va xaritada 2 nuqta orasidagi masofani aniq oʻlchash va oʻlchangan masofalarni xarita yoki planga tushirish uchun kundalang Masshtab ham ishlatiladi.
24. Po‘lat tasma (lenta) bilan chiziq o‘lchash tartibi.
Muhandislik ishlarida chiziq uzunligini
o‘lchashda ko‘pincha 20 m li po‘lat lenta qo‘llaniladi (39- rasm).
Saqlash, tashish, ko‘tarib yurish qulay bo‘lishi uchun po‘lat lenta
temir halqaga o‘raladi. Lenta shtrixli, shkalali va uchli bo‘ladi.
Lenta komplektida 6 yoki 11 ta temir siõchalar mavjud. Shtrixli
lentaning nolinchi shtrixi sixcha qo‘yiladigan halqa oldiga chizilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |