1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi
Attika aholisining vujdga kelishi va ho’jalligi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1-МАРУЗА
1.Attika aholisining vujdga kelishi va ho’jalligi.
O‘rta Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri, markazi Afina bo‘lgan Attika misolida yunon polisining shakllanishini atroflicha ko‘rish mumkin. Yunonistonning markaziy viloyatlaridan biri bo‘lgan Attikaning maydoni 2250 km kv bo‘lib, maydoni bo‘yicha Spartadan keyingi o‘rinda turgan. Barcha tomonlari dengiz va tog‘lar bilan o‘ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay bo‘lib, unumdor yer kam bo‘lgan. Kumush konlari, marmarning mo‘l-ko‘lligi savdo-hunarmandchilikning ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan. Keyinchalik esa ular qoyatosh bag‘rida joylashgan Afina akropoli markazi bo‘lgan shahar atrofida birlashdilar. Attikaning qadimgi aholisi bo‘lgan ioniylar va pelasglarga doriylarning ko‘chishi ta’sir qilmadi. Attika doriylar hujumini qaytardi. Attikada doriylar Peloponnesdan haydab yuborgan axeylarning bir qismi panoh topdi. Attikada yunon tilining ioniy shevasida so‘zlashadigan qabilalar guruhi to‘rt urug‘ yoki qabila (fil)ga bo‘lingan edi. Har bir fil bir necha o‘nlab urug‘lar- dan iborat bo‘lgan uch fratriyaga bo‘lingan. Gomer davrida Attika aholisini urug‘ zodagonlaridan chiqqan yo‘lboshchi basileylar boshqargan. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin va harbiy boshliq vazifasini bajarganlar. Boshqa yunon polislarida bo‘lganidek, basileylar huzurida Afinada oqsoqollar kengashi – areopag bor edi. Afsonalarga ko‘ra, Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersiy aholini uch guruhga bo‘ladi: yer egalari – yevpatridlar, dehqonlar – geomorlar va hunarmandlar – demiurglar. Attika viloyati 12 alohida hudud – qabila okruglariga bo‘lingan. Ularning markazlari Afina, Torika, Marafon, Afidna bo‘lgan. Mil.avv. VIII asr davomida xo‘jalik va xususiy mulk- chilikning rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o‘zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar. Basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o‘ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib, Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o‘rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi. Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o‘z o‘rinlarini yangi saylanganlarga bo‘shatib berib, o‘zlari areopagning umrbod a’zolari bo‘lib qolar edilar. Areopag mil.avv. VIII– VII asrlarda eng obro‘li hokimiyat organi bo‘lgan. Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosida faol qatnashdilar. Mil.avv. VIII asrdan qishloq jamoalarida yer oilalarga bo‘lib berildi. Yer xususiy mulkka aylanib, asosan mayda dehqon xo‘jaligi paydo bo‘ldi. G‘allachilik, uzumchilik, zaytun daraxtlarini ekish dehqon xo‘jaligining asosoiy mashg‘uloti bo‘ldi. Asta-sekin ishbilarmon dehqonlar, urug‘ oqsoqollari mayda dehqonlarning yerlarini turli yo‘llar bilan bosib ola boshladilar. Qarzga botgan kambag‘al dehqonlar yerlaridan ajralib, qarzlari uchun qullikka tushib qoldilar. Yeri bo‘lmagan yoki yeridan ajralgan bir qism dehqonlar hunarmandchilik bilan shug‘ullandilar. Kulolchilik sohasi, metallga ishlov berish, qayiq yasash va boshqa sohalar rivojlandi. Ikki-uch kishi ishlaydigan hunarmandchilik ustaxonalari paydo bo‘ldi. Bu ustaxonalarning barchasi katta-kichik shaharlarda to‘plandi, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Savdo, hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan aholi orasida ham tabaqalanish kuchayib, boy, o‘rta va mayda savdogar, hunarmandga ajraldi. Dehqonlar, hunarmand-savdogarlar yollanib ishlaydigan demos (xalq) aholining asosoiy qismini tashkil qildi. Demos ichidan boy dehqonlar, boy tadbirkor hunarmand-savdogarlar, kema egalari ajralib chiqdi. Dastlab polislarda hokimiyatni egallab olgan katta yer egalari – zodagon evpatridlar o‘z mavqelarini yo‘qota boshladilar. Yunon polislarida mil.avv. VII asrda o‘tkazilgan harbiy islohotlar natijasida zodagonlarning jang aravalari va otliq qism o‘rniga polisning o‘ziga tog‘ aholisi demosdan shakllantiriladigan og‘ir qurollangan piyoda goplitlar paydo bo‘ldi. Natijada zodagonlar polisning harbiy tashkilotida o‘zlarining avvalgi imtiyozli mavqelaridan mahrum bo‘ldilar. Endilikda demos boy yunon polis- davlatlarining iqtisodiy-siyosiy hayotida muhim o‘rinni egallay boshladi. Bu yangi qatlam hokimiyatni bosib olgan urug‘ zodagonlari bilan hokimiyat uchun kurashga kirishdi. Tovar ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik tez rivojlanishi natijasida Attikada demos o‘z haq-huquqi uchun harakatga keldi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Mil.avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Mil.avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon hokimiyatni bosib olishga urunib ko‘rdi. Arxont Drakont tomonidan 622-yilda og‘zaki qonunchilikning yozma to‘plamga keltirilishi urug‘ zodagonlarining hokimiyatini zaiflashtirdi. Drakont qonunlari bilan urug‘chilikning qoldig‘i bo‘lgan xun olish taqiqlandi. Jazolash funksiyasi areopagga berildi. Drakont qonunlari shafqatsiz bo‘lib, o‘g‘rilik jinoyati uchun o‘lim jazosi belgilangan. Mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling