1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi
Afinada Pisistrat tiraniyasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1-МАРУЗА
3. Afinada Pisistrat tiraniyasi (Mil.avv. 560–527-yillarda Afinani boshqardi). Solon
islohotlari barcha ijtimoiy muammolarni yecha olmadi. Afinada keskin ichki siyosiy kurash boshlandi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasining o‘rnatilishiga olib keldi. Mil.avv. 560-yil zodagonlardan biri Solonning qarindoshi Pisistrat (mil.avv. 560–527-yillar) qattiq kurash natijasida hokimiyatni bosib oldi va o‘zining tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o‘rnatdi. Afinaning eng kambag‘al aholisi o‘z siyosiy huquqlarini kengaytirish va yer mulkini taqsimlashdan umidvor bo‘ldi. Shu sababli ular Pisistrat tiraniyasini qo‘llab-quvvatladilar. U dastlab eng muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko‘rsatdi. Qishloq kambag‘allari uchun soliqlar majburiyatini yengillashtirdi. Qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. Yer egalarini Afinaga sudga kelishdan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o‘z hokimiyatini mustahkamladi. Fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi. Bu o‘rta hol dehqonlarni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanel bo‘g‘oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinaning Qora dengizga boradigan dengiz yo‘llari ustidan nazoratini o‘rnatdi. Afinada savdo-hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlari qurilishini amalga oshirdi. Pisitrat davrida Afina akropolida Afina Pallada, Pifiyalik Apollon Elevsinada ibodatxonalari va yangi bozor qurildi. Pirey portining qurilishi davom etdi, 9-quvurli suv o‘tkazgich barpo etildi, bu suv quvuri milodiy 18 asrgacha ishlatildi. Pisistrat yollanma qo‘shinni tashkil qildi, hosilning o‘ndan bir miqdorida soliq joriy qilindi. Solon joriy etgan o‘zgarishlar saqlab qolindi, lekin Pisistrat boshqa tiranlar bilan juda yaqin aloqa o‘rnatdi. Shoirlar va rassomlarga homiylik qildi. Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo‘shiqchilari to‘planib, ularning so‘zlaridan Gomerning mashhur «Iliada» va «Odissey» poemalari yozib olindi. Pisistratning tadbirlari eski urug‘ zodagonlarining mavqeyiga putur yetkazdi. Ularning ko‘p vakillari Afinadan quvg‘in qilindi. Mil.avv. 527-yilda Pisistratning vafotidan so‘ng o‘g‘illari Gip- pey va Gipparx Afina hokimlari bo‘ldilar. Bu vaqtda kuchli Fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora dengizga boradigan yo‘llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi. Natijada Afinaga chetdan g‘alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Tabiiyki, bu aholining noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pi- sistratning o‘g‘illari hokimiyatini ag‘darib tashladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling