Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana07.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1245809
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ITT To\'liq javoblar 1-150 (1)



ITT 1-150 JAVOBLAR 
1) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йилнинг 7 февраль кунги “Ўзбекистон 
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони 
билан 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор 
йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси қабул қилинди. 
Стратегия мамлакатнинг яқин истиқболдаги тараққиёт йўлининг бош устувор ҳужжати сифатида 
халқаро жамоатчилик, нуфузли эксперт-мутахассислар, давлат ва жамоат арбоблари, 
сиёсатшунослар томонидан юқори баҳоланди. 
Iqtisodiy ustuvorligi - davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini 
soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, 
davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish; 
investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng 
avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish; 
korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik 
boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 
tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni 
takomillashtirish va soddalashtirish; 
2) Tadbirkorlik faoliyati, investitsiya va raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlar 
va texnik tartibga solish hujjatlaridan iborat ma’muriy va tartibga solish yukini keskin kamaytirish va 
asossiz to‘siqlarni olib tashlash. 
Savdo sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va “Savdo 
to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. 
Bank tizimini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash 
Bank tizimida “loyihalar fabrikasi” faoliyatini joriy etish. 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Ipoteka-bank tomonidan xalqaro 
kapital bozorida korporativ obligatsiyalarni (“yevrobond”) joylashtirish. 
Bank-moliya akademiyasi faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlar 
sohasida mal�kali mutaxassislarni tayyorlash. 
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish. 
3) Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning samarali tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida 
zamonaviy raqobat muhitini yaratish, xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash, 
shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsad 
qilingan. 
Prezidentning “Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimining samaradorligini oshirish va tibbiy yordam 
ko‘rsatish sohasida bozor mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon 
qilindi.
2020–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimini 
takomillashtirish strategiyasi tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni 
qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 
shakllantirilgan. 
Belgilanishicha, davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar, istisno tariqasida, qonun 
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga 
qoldiriladigan mablag‘lar, shuningdek, baholovchi tashkilot va savdo tashkilotchisi xizmatlari uchun 
xarajatlar chegirilgan holda, Sog‘liqni saqlash vazirligining Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni 
boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va sog‘liqni 
saqlash tizimining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun maqsadli sarflanadi. 


4) Маълумки, ХХ асрнинг 90 йилларида
Ўзбекистон ижтимоий-иқтисодий
Тараққиётида мутлақо янги мазмун ва
Моҳиятга эга тарихий вазият юзага
Келди. Бу, аввало, мамлакатнинг
Мустақилликка эришгани билан боғлиқ вазиятдир. 
Ўзбекистон Республикасида бозор муносабатларига ўтиш даврида: 
Мустақилликкача ҳам бир қанча иқтисодий ислоҳотлар ўтказилганлигини таъкидлаш лозим. 
Мулк муносабатларини ўзгартириш эса бевосита сотсиализмнинг тақдири билан боғлиқ 
Бозор иқтисодиётига ўтишнинг эволюцион, босқичма-босқич йўли танланди 
Бозор иқтисодиётига ўтишнинг эволюцион, босқичма-босқич йўли танланди 
Мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш, рақобат муҳитини яратиш, кичик 
бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантириш бозор муносабатларини қарор топтиришнинг 
асосий шарт ва йўналишларини ташкил этди.
O‘zbekistonimiz ham o‘zining mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng bozor munosabatlariga o‘tishning 
o‘ziga xos yo‘nalishlari ishlab chiqildi. Xususun bu yo‘nalish prezident I. Karimovning «O‘zbekiston-
bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida turli ma’ruza va nutqlarida, parlament qabul 
qilgan qonunlarida bayon etildi va unga xalqaro tajribalar asos qilib olindi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolyutsion yo‘l, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim. Chunki bu 
tizimni birdaniga yaratib bo‘lmaydi. Sho‘rolar tizimi davridan meros bo‘lib qolgan noxush illatlar, 
qarashlar, ko‘nikmalar, o‘sha davr psixologiyasi-bularni baridan birdaniga xalos bo‘lish murakkab 
kechadi. «Yangi uy ko‘rmay turib eskisini buzma». Bozor munosabatlariga o‘tishning avvalo strategik 
maqsadlari belgilab olindi. 
5) Prezidentning 2020 yil 28 apreldagi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish 
toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. 
Hujjat bilan quyidagi maqsadli yoʻnalishlar belgilandi: 
Raqamli iqtisodiyotni jadal shakllantirish – 2023 yilga kelib uning mamlakat YaIMdagi ulushi 2 
baravarga koʻpayishi kerak; 
Raqamli infratuzilmani toʻliq modernizatsiya qilish va zamonaviy IT-хizmatlaridan barcha hududlarda 
foydalanish imkoniyatini ta’minlash – 2020-2021 yillarda barcha sogʻliqni saqlash muassasalari, 
maktablar va maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari, shuningdek, qishloqlar va mahallalar yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanadi hamda 
aloqa хizmatlari sifati oshiriladi; 
Elektron hukumat tizimini rivojlantirish – 2022 yilga qadar elektron davlat хizmatlari ulushi 60%gacha 
yetkaziladi; 
Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va teхnologik maydonchalar yaratish orqali “raqamli 
tadbirkorlik”ni rivojlantirish – 2023 yilga kelib ushbu sohadagi хizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va 
ularning eksportini 100 mln dollarga yetkazish zarur; 
2022 yilga qadar barcha hududlarda raqamli bilimlarga oʻqitish markazlari ochiladi. 
Davlat organlari va tashkilotlariga aхborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish, 
integratsiya qilish va teхnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha umumiy qiymati 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan bitta 
shartnoma doirasida tanlovlarni faqat IT-teхnoparki rezidentlari oʻrtasida oʻtkazishga ruхsat berildi. 
6) Moliyaviy va boshqa resurslarga kirishga yordam berish, homiylik va xayr-ehsonlarni taqiqlash, 
moliyaviy qo'llab-quvvatlash va boshqalar. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev «xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari kafolatlarini himoya qilishni 
kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish tizimini tubdan 
takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarga va ishlab chiqarish 
infratuzilmasiga kirishini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmonni 
imzoladi. 


Kichik biznesni rivojlantirish agentligi 
U tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash tizimini kengaytirish va samaradorligini oshirish, 
aholining keng qatlamlarini biznes bilan shug'ullanishga jalb etish, boshlang'ich kapital manbalaridan 
foydalanishni ta'minlash bilan shug'ullanadi. 
Oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun ikkita bank 
«Mikrokreditbank «va» Xalq banki « oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida kichik 
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish bilan shug'ullanadigan banklar sifatida 
belgilangan. 
Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari 
Ular bosh vazirning qabulxonalari huzurida yaratiladi. Kengashlar kichik biznes va tadbirkorlik rivojiga 
to'sqinlik qilayotgan dolzarb muammolarni muhokama qilish bilan shug'ullanadi. Tadbirkorlarning 
jamoatchilik kengashlari majlislarida e'lon qilingan taklif va tashabbuslari muntazam ravishda amaliyotga 
joriy etish uchun yuboriladi. 
7)Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy 
etganini belgilovchi omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish Strategiyaning bosh maqsadidir. 
2. Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga borib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 
ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; 
Barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar 
tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash; 
Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-
tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va 
tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish; 
Innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag‘lar 
kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali 
shakllarini joriy etish; 
Boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari 
faoliyatining samaradorligini oshirish; 
Mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish 
uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; 
Barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish. 
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan davlat xarajatlarini ko‘paytirish va 2021-
yilga borib bu ko‘rsatkichni yalpi ichki mahsulot hajmining 0,8 foiziga yetkazish. 
2. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus institutlar (innovatsiya jamg‘armalari, 
innovatsiya banklari, venchur jamg‘armalari) tashkil etish. 
3. Mamlakatni innovatsion rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun bank kreditini olish tartib-taomillarini 
va talablarini soddalashtirish. 
4. Innovatsion taraqqiyotni mikromoliyalashtirish tizimini takomillashtirish. 
5. Ilmiy-texnologik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va moliyalashtirishda xususiy sektor 
ishtirokini rag‘batlantirish. 
6. Innovatsion loyihalar va salohiyatli investorlarning doimiy ravishda yangilab boriladigan yagona 
ma’lumot bazasini tashkil etish. 
7. Innovatsion loyihalar uchun grantlar va texnik ko‘mak mablag‘larini olish va ulardan foydalanish 
tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini oshirish. 
8)O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
FARMONI 
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA 
MUSTAHKAMLASHGA OID CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA 


“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirishda aniq yo‘naltirilgan va tabaqalashgan yondashuvni yanada kuchaytirish, kam 
ta’minlangan oilalarni zarur moddiy yordam ko‘rsatish orqali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish tizimi xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va haq to‘lash mexanizmini 
takomillashtirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalarining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash maqsadida: 
Belgilab qo‘yilsinki, bolali ehtiyojmand oilalarga, ikki yoshgacha bo‘lgan farzandi tarbiyasi bilan band 
ishlamayotgan onalarga nafaqa hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan: 
Ijtimoiy adolat, xolislik va oshkoralik tamoyillariga qat’iy amal qilish; 
Ko‘rsatilayotgan moddiy yordamning aniq yo‘naltirilishini ta’minlash, uni haqiqiy ehtiyojmand oilalarga 
berish, boqimandalikka yo‘l qo‘ymaslik, oilalar daromadi va mol-mulkini har tomonlama hisobga olish; 
Ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish asosida amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, tumanlar hokimliklari nafaqa va 
moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash bo‘yicha belgilangan tartibga rioya qilish ustidan qat’iy nazorat 
amalga oshirilishini ta’minlasin. 
2007-yilning 1-sentabridan: 
Davlat budjetidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash uchun ajratiladigan budjet 
mablag‘lari hajmini, ayni vaqtda uni tayinlash va to‘lash muddatini 6 oygacha uzaytirgan holda, 1,5 
baravarga; 
“Muruvvat” bolalar internat-uylari tarbiyachilari, o‘quv-yordamchi xodimlari va sanitar-enagalari ish 
haqi, ayni vaqtda bir tarbiyachi uchun ish me’yorini 15—18 nafar boladan 5-6 nafar bolaga kamaytirgan 
holda stavkalarni tarif setkasi bo‘yicha bir razryadga ko‘tarish hisobidan; 
Bolalar, qariyalar va nogironlarning “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari, jismoniy rivojlanish 
imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush 
va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish fondi miqdori mehnatga haq to‘lash fondi hisobidan 25 
foizgacha oshirilsin. 
9)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi 
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, avvalo, amaldagi valyutani tartibga solish tizimini 
tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo 
faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni qabul qilinishiga mamlakatimiz eksport 
salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligi asosiy sabab bo‘ldi. 
Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma’muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga 
oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va 
preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida biznesni yuritishga doir teng 
bo‘lmagan shart-sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi 
vujudga keldi. 
Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining susayishi mahalliy ishlab 
chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi. 
Mamlakatimizda faqatgina bozor mexanizmlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan valyuta bozorini 
shakllantirish barcha banklarning mijozlar (yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar) ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun valyuta 
birjasi savdolarida erkin ishtirok etishini, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini sotib olish 
bo‘yicha amaldagi tartib va texnik reglamentlariga rioya etgan holda o‘z valyuta mablag‘larini hech 
qanday cheklovsiz tasarruf etishini taqozo etadi. 


Mazkur Farmon bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta 
operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlanadi. 
Xususan, yur�dik shaxslar o‘z mablag‘larini banklarda joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini, shu 
jumladan, tovar, ish va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya qilish, kreditlarni qaytarish, xizmat safari 
xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
chet el valyutasiga cheklovlarsiz erkin konvertatsiya qilishlari mumkin. 
10)Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida: 
2020-yildan boshlab paxta xomashyosi ishlab chiqarish va majburiy sotish rejasini, uning narxini davlat 
tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinsin va davlatga majburiy g‘alla sotish hajmi 25 foizga 
kamaytirilsin; 
2020-yilda soliq to‘lovchilar tomonidan ortiqcha to‘langan soliq summasi belgilangan muddatda 
qaytarilmagan holda ushbu summa uchun soliq to‘lovchilarga budjet hisobidan Markaziy bankning asosiy 
stavkasiga teng miqdorda foizlar to‘lash hamda ichki bozorda sotilgan mahsulot bo‘yicha qo‘shilgan 
qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi samarali yo‘lga qo‘yilsin; 
2020-yilda litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar kamida ikki baravarga qisqartirilsin; 
2020-yil 1-iyundan boshlab davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar transformatsiyasi bo‘yicha “yo‘l 
xarita”larini amalga oshirishga kirishilsin, shu jumladan aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 
ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish hamda zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini 
ko‘paytirish choralari ko‘rilsin; 
2020-yil 1-iyunga qadar eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligi tashkil 
qilinsin; 
2020-yilda “raqamli markirovka va onlayn kassa” loyihasini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish hamda “E-
ombor” tovarlarni hisobga olishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha amaliy 
choralar ko‘rilsin; 
2020-yil 1-iyundan boshlab mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali 
eksport qilish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash, shuningdek, tadbirkorlarning 
infratuzilma barpo etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya to‘lash mexanizmlari 
joriy etilsin; 
2020-yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilsin va 12 ming km optik tolali aloqa 
liniyalari yotqizilsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Markaziy banki, Hisob palatasi, Savdo-sanoat palatasiga 
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida 
bajarilishini, shu jumladan “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi va 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihalari, Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va Moliyaviy 
xizmatlar ommabopligini oshirish strategiyalari, Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va Suv 
xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyalari, Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish 
bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash topshirilsin. 
11)Asosiy Respublikamizning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy islohotlarning borishi va mamlakat 
iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lumotnoma 
Respublikamizning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy islohotlarning borishi va mamlakat iqtisodiyotini 
yanada rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lumotnoma 
14/11/2014 – 20:42 32719 
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimiz 
davlatchiligi tarixi, milliy qadriyatlar va jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan isloh qilish 
va rivojlantirish milliy modeliga ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta 
asosiy tamoyili asos qilib olindi. 
Ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillari 
Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, bu shuni anglatadiki, iqtisodiy islohotlar har 
qanday aqidalar va eskirgan andozalardan holi bo‘lishi va qandaydir mafkuraga bo‘ysunmasligi lozim. 


Ikkinchi tamoyil: Davlat – bosh islohotchi, u islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va bosqichlarini 
belgilab berishi va ularni hayotga izchil tatbiq etishi shart. 
Uchinchi tamoyil: Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi. Demokratik yo‘l bilan qabul 
qilingan Konstitutsiya va qonunlarga istisnosiz barcha rioya qilishi shart. 
To‘rtinchi tamoyil: kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir 
vaqtning o‘zida aholining, ayniqsa kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning, pensiya yoshidagi 
insonlarning ishonchli ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni qo‘llash 
zarur. 
Beshinchi tamoyil: Bozor munosabatlariga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonuniyatlarni hisobga olgan holda, 
izchil, chuqur o‘ylab, bosqichma-bosqich evolyutsion yo‘l bilan amalga oshiriladi. 
Rivojlanishning «o‘zbek modeli» deb nom olgan jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash modelining 
amalga oshirilishi tarixan qisqa muddatlarda iqtisodiyotning tarkibini tubdan o‘zgartirish, makroiqtisodiy 
muvozanatni va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini berdi. 
12)Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz MDH doirasidagi hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichiga 
izchil o‘tish, sheriklik mexanizmlari va qabul qilingan hujjatlar ijrosi samaradorligini oshirish 
tarafdoridir. 
Shavkat Mirziyoyev tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir qator takliflarni 
ilgari surdi. 
Xususan, bugungi sharoitda mamlakatlarimiz iqtisodiyotlari, savdo va kooperatsiya aloqalarini jadal 
sur’atlarda qayta tiklash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. Mavjud muammolarga qaramay, 
O‘zbekistonning MDHga a’zo boshqa mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi barqaror o‘sib borayotgani 
kuzatilmoqda. Ayrim sheriklar bilan savdo joriy yilda 20 foizdan ziyodga ko‘paydi. 
Hamdo‘stlik doirasida “yashil” va soddalashtirilgan yo‘laklar amaliyotini keng joriy etish, elektron 
savdoni rivojlantirish bo‘yicha yagona platformani ishga tushirish va “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish 
muhimligi qayd etildi. 
Davlatimiz rahbari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish zarurligini qayd etdi. 
Bunda agrosanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa 
ustuvor tarmoqlarda qo‘shma klasterlar tashkil etish nazarda tutiladi. Ushbu dastur hamda innovatsion 
loyihalar va ilg‘or texnologiyalar taqdimotini kelgusi yil Toshkent shahrida o‘tadigan MDH mamlakatlari 
sanoat kooperatsiyasi forumi doirasida o‘tkazish taklif etildi. 
ransport yo‘laklari raqobatbardoshligini oshirish, texnik reglament va standartlarni uyg‘unlashtirish, 
o‘zaro kelishilgan tarif siyosatini amalga oshirish va preferensiyalarni o‘zaro taqdim etish transport 
sohasidagi muhim vazifaarni imkon qadar tez fursatda qayta yo‘lga qo‘yish tarafdoridir. Bu 
ishbilarmonlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvlarini tiklashga xizmat qiladi, deya ta’kidladi 
Prezident Shavkat Mirziyoyev. 
Davlat rahbarlarining nuqtlarida iqtisodiyot, transport, xavfsizlik, gumanitar sohalarda aloqalarni 
chuqurlashtirish, MDHda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim 
tashabbuslar ilgari surildi. 
Sammit yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, pandemiya oqibatlari bilan bog‘liq 
barcha qiyinchiliklarga qaramay, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Hamdo‘stlik yangi voqelikka samarali 
moslashishga qodirligini namoyish etdi. 
13)Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik
Sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy
Qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mus- 
Tahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart- 
Sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat
O‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror
Bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni, xalq boy
Bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi. 


{O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev} 
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng 
ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. 
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, 
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-
taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik 
muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda. 
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning 
hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash 
imkonini beradi. 
Taʼkidlash lozimki, hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirish va investitsiyalar, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
uchun maksimal darajada qulay shart sharoitlar yaratish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar qator 
tizimli muammo va kamchiliklarga duch kelmoqda. 
Xususan, yangidan tashkil etilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, investitsiyalarni jalb etish, 
iqtisodiyot va tadbirkorlikni, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda turizmni rivojlantirish 
uchun masʼul boʻlgan hokim oʻrinbosarlari tomonidan tadbirkorlarning dolzarb muammolarini hal 
etishga, hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishga, shuningdek, 
mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanishga koʻp hollarda beparvo munosabatda 
boʻlinayotganligi kuzatilmoqda. 
14)Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi 
mo‘l-ko‘l bo‘lishidan tortib, eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar 
shu yo‘nalish rivojiga bog‘liq. 
Lekin uzoq yillar davomida agrar sohaga yetarlicha e’tibor berilmadi. Na bozor iqtisodiyoti, na yerga 
munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Mablag‘, ilmiy innovatsiyalar jalb etilmadi. Oqibatda yerlar 
“charchab”, unumdorlik pasayib ketdi. Mahsulotni qayta ishlash, qo‘shimcha qiymat olish bo‘yicha tizim 
yaratilmadi. 
So‘nggi yillarda respublikada dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan 
samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining 
bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Prezidentimiz tomonidan Jahon banki ishtirokida o‘tkazilgan “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” 
loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor aynan shu mavzularga bag‘ishlangan. 
Yig‘ilishda Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablag‘larini o‘zlashtirish 
bo‘yicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi. 
Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, loyihalarni ishlab chiqishda fanni rivojlantirishga, ilg‘or 
texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Xususan, jalb qilinayotgan mablag‘ning 87 
million dollari qishloq xo‘jaligi sohasidagi 10 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi, 4 ta ixtisoslashgan markaz 
faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ajratiladi. 
15)O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi: 
Bosh Assambleyaning yetmish beshinchi sessiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida birinchi marta 
butunlay yangi formatda – koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida boʻlib oʻtmoqda. 
Bunday global falokat sayyoramizda soʻnggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif 
jihatlarini yaqqol koʻrsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar 


oʻzaro bogʻliq ekanini, oʻrtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik oʻta muhimligini 
isbotladi. 
Shu yoʻlda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining oʻzaro saʼy-harakatlarini 
birlashtirish, umumiy masʼuliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda 
rivojlantirish, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini 
kengaytirish lozimligini chuqur angladik. 
Президент Марказий Осиёдаги ҳамкорлик масалаларини ҳам қайд этиб, охирги тўрт йилда 
Ўзбекистоннинг қўшни давлатлар билан ўзаро савдо ҳажми салкам беш баробарга ўсганлигини 
таъкидлади. «Бугун Марказий Осиё давлатлари олдида муҳим стратегик вазифа турибди. У ҳам 
бўлса, минтақамизнинг глобал иқтисодий, транспорт ва транзит йўлакларига чуқур 
интеграциясини таъминлашдир», — деди у. 
Шу муносабат билан, мамлакат раҳбари БМТ шафелигида Транспорт-коммуникация алоқаларини 
ривожлантириш минтақавий марказини очишни таклиф этди. 
16)O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 28 yilligi bilan 
O‘zbekiston xalqini tabrik yo‘lladi. 
Tabrikda aytilishicha, 2020-yil davomida 500 mingdan ortiq tadbirkor va 8 milliondan ziyod fuqaro 
uchun 34 trillion so‘mga yaqin imtiyozlar berildi, ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va bandlikni 
oshirishga 2,6 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. 
Uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganish natijasida 2,5 milliondan ziyod a’zosi bo‘lgan 590 
mingdan ortiq oilani qo‘llab-quvvatlash uchun 840 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Xususan, har bir 
xonadondagi ayollar va yoshlarning ehtiyoji, hayotiy muammolari aniqlanib, 300 mingga yaqin oilaning 
mehnatga layoqatli a’zolari ish bilan ta’minlandi. 
Qayd etilishicha, biznes hamjamiyati, tadbirkor va fermerlar, fuqarolar ishtirokida tashkil etilgan 
“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj toifalariga 204 
milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi. 
Davlat rahbarining bildirishicha, pandemiya davrida 500 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarosi 
mamlakatga olib kelindi. Chet ellarda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqaroga turli 
yordamlar ko‘rsatildi. 
Yangi O‘zbekiston” degan ibora xalqaro maydonda nafaqat yangi tushuncha, balki real ijtimoiy hodisa 
sifatida qabul qilinmoqda. 
Konstitutsiyamiz yaratib bergan ulkan huquqiy imkoniyatlarning samarasi bo‘lgan bunday yutuq va 
natijalar barchamizga albatta yuksak g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. 
17)Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida 
mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan, Konstitutsiya va 
qonun ustun bo‘lgan samarali va barqaror tizim shakllanmoqda. 
Ana shunday konstitutsiyaviy poydevorga asoslangan ushbu tizim dunyo shiddat bilan o‘zgarib 
borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda turli tahdid va sinovlar, jumladan, global pandemiyaga qarshi 
kurashda, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlarning oqibatlarini bartaraf 
etishda o‘zini to‘la oqladi. 
Konstitutsiyamiz mohiyatiga chuqur singdirilgan demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat hamda 
insonparvarlik tamoyillarini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizda tizimli va ortga qaytmaydigan 
demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Avvalo asosiy qonunimizda kafolatlangan malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va kuchli ijtimoiy 
himoyani ta’minlash bo‘yicha har bir insonning huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishda 
barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. 
Pandemiya davrida aholi sog‘lig‘ini saqlash, ishsiz qolgan fuqarolarga yordam berishga, tadbirkorlarga 
birinchi darajali e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 10 trillion so‘m fondga ega bo‘lgan Inqirozga qarshi 
kurashish jamg‘armasi tashkil etilib, uning mablag‘lari sog‘liqni saqlash, ijtimoiy infratuzilmalar, aholi va 
korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. 


Yil davomida 500 mingdan ortiq tadbirkor va 8 milliondan ziyod fuqaro uchun 34 trillion so‘mga yaqin 
imtiyozlar berildi, ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va bandlikni oshirishga 2,6 trillion so‘m 
qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. 
O‘tkir ijtimoiy muammo bo‘lib kelayotgan aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash bo‘yicha davlat 
dasturi doirasida faqat joriy yilning o‘zida 13 mingdan ziyod yurtdoshlarimizga yangi uylarning kaliti 
topshirildi. 
Shu bilan birga, Sardoba tumanida ofatdan zarar ko‘rgan xonadonlar uchun ko‘p qavatli yangi uylar, 
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga olgan go‘zal va zamonaviy shaharcha bunyod etildi. 
Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan mingdan ortiq xotin-qizlarga uy-joy bo‘yicha boshlang‘ich badallar 
to‘lab berilgani ham ana shunday ezgu ishlarimiz qatoriga kiradi. 
Faol gender siyosati doirasida xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy mavqeyini mustahkamlash bo‘yicha 
jadal ishlar davom ettirilmoqda. 
Bularning barchasi pandemiya va uning oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy inqirozning salbiy 
ta’sirini yumshatish imkonini bermoqda va xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini 
mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 
18)O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida o'tgan "Markaziy 
Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" 
mavzusidagi xalqaro konferensiyada so'zlagan nutqi 
Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalariga bag'ishlangan xalqaro 
konferensiyaning barcha ishtirokchilari va mehmonlarini saxovatli O'zbekiston zaminida, qadimiy 
Samarqand shahrida samimiy qutlayman.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va shaxsan Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblariga mazkur forumni 
o'tkazish tashabbusini qo'llab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorlik bildiraman.
Ushbu zalda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa 
mamlakatlari, Yaponiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Afg'onistondan tashrif buyurgan yuqori 
martabali mehmonlar, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Yevropada 
xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar vakillarini ko'rib turganimdan 
mamnunman.
Bugungi Forumning nechog'li muhim va dolzarbligi uning "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy 
kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" deb nomlanishidan ham yaqqol ko'rinib 
turibdi.
Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo'shnichilik rishtalari bog'lab turadi. 
Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an'analar birlashtiradi.
Ayni paytda Markaziy Osiyoda qudratli davlatlarning manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-
qarshilik o'choqlariga tutash bo'lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro'y berayotgan barcha salbiy 
jarayonlar ta'sirini his etmoqda. 
19)Raqamli texnologiyalarni joriy etish va raqamli iqtisodiyotga o'tish g'oyasi dasturdagi eng ustuvor 
g'oyadir. Bunda nafaqat islohotlar borasida, balki transformatsiya jarayoni haqida va umuman olganda 
normalar va institutlar salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, jamiyatdagi munosabatlar, g'oyalar, ongni 
o'zgartirish haqida so’z yuritiladi. Transformatsiya tushunchasi hujjatda bir necha bor eslatib o'tilgan. 
Shu sababli ta'lim tizimini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Hujjat ushbu yo'nalishdagi 
xalqaro hamkorlikning ahamiyati va zarurligini ta'kidlaydi, mamlakatda ilm-fanni rivojlantirish 
kontseptsiyasini qabul qilishni ta'minlaydi. Bu nafaqat akademik harakatchanlikni ta'minlash, balki ta'lim 
xizmatlarini eksport qilish va xalqaro ta'lim bozorida o'z mavqeini oshirishda ham muhimdir. Bundan 
tashqari, endi atrofdagi qatlam orasida teng mavqedagi darajaga ega bo'lishning etarli emas va 
atrofdagilar orasida eng yaxshisi bo'lishi kerak - bu nafaqat mutaxassislarimizning mehnat bozorida 
raqobatdoshligini, balki global ta'lim xizmatlari bozorida o'z vakolatini ta'minlaydigan yagona yo'l 
ekanlgi ta’kidlanadi. 


Xalqaro tashkilotlar doirasida xalqaro tashabbuslarni ilgari surish juda alohida ahamiyatga ega bo’lib, 
bunda jahon ilmiy hamjamiyati oldida mamlakatning ilmiy salohiyatini namoyish etish eta olish 
salohiyatini yuksaltirish ham alohida ahamiyatga ega. 
2020-yilda iqtisodiyot asosiy sektorlarining rivojlanishini saqlashga va 2021-yildan boshlab barqaror 
iqtisodiy o‘sishni 5,0 — 5,5 foiz darajasida ta’minlashga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga 
oshirish va bozor institutlarini isloh qilishni davom ettirish; 
birinchi navbatda, inqirozdan keyingi rivojlanish davrida banklarni transformatsiya qilish va bank 
xizmatlaridan foydalanish samaradorligini hamda ularning sifatini oshirishni ta’minlashga doir chora-
tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bank tizimini yanada isloh qilish; 
aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta amalga 
oshirayotgan shaxslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni kengaytirish 
orqali ichki talabni rag‘batlantirish va kambag‘allikni qisqartirish; 
sanoat va raqobat siyosatini, jumladan, mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga ichki talabni 
rag‘batlantirish, tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, sanoatning strategik 
tarmoqlari korxonalarida islohotlarni davom ettirish asosida takomillashtirish; 
investitsiya jarayonlarini, birinchi navbatda, mahalliy investorlarning infratuzilma loyihalarini 
moliyalashtirish va qo‘shilgan qiymatning ishlab chiqarish “zanjirlari”ni yaratish bo‘yicha loyihalarni 
amalga oshirishdagi ishtirokini rag‘batlantirish uchun ichki manbalarni kengaytirish yo‘li bilan 
faollashtirish; 
20)Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik Sohasini qo‘llab-quvvatlash va 
rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy Qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni 
mus- Tahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart- Sharoitlar yaratib berishdan 
iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat O‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men 
takror Bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni, xalq boy Bo‘lsa, davlat ham boy va 
qudratli bo‘ladi. {O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev} 
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng 
ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. 
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, 
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-
taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik 
muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda. 
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning 
hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash 
imkonini beradi. 
Taʼkidlash lozimki, hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirish va investitsiyalar, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar qator 
tizimli muammo va kamchiliklarga duch kelmoqda. 
Xususan, yangidan tashkil etilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, investitsiyalarni jalb etish, 
iqtisodiyot va tadbirkorlikni, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda turizmni rivojlantirish 
uchun masʼul boʻlgan hokim oʻrinbosarlari tomonidan tadbirkorlarning dolzarb muammolarini hal 
etishga, hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishga, shuningdek, 
mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanishga koʻp hollarda beparvo munosabatda 
boʻlinayotganligi kuzatilmoqda. 


21)Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi 
mo‘l-ko‘l bo‘lishidan tortib, eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar 
shu yo‘nalish rivojiga bog‘liq. 
Lekin uzoq yillar davomida agrar sohaga yetarlicha e’tibor berilmadi. Na bozor iqtisodiyoti, na yerga 
munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Mablag‘, ilmiy innovatsiyalar jalb etilmadi. Oqibatda yerlar 
“charchab”, unumdorlik pasayib ketdi. Mahsulotni qayta ishlash, qo‘shimcha qiymat olish bo‘yicha tizim 
yaratilmadi. 
So‘nggi yillarda respublikada dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan 
samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli 
ishlar amalga oshirilmoqda. 
Prezidentimiz tomonidan Jahon banki ishtirokida o‘tkazilgan “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” 
loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor aynan shu mavzularga bag‘ishlangan. 
Yig‘ilishda Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablag‘larini o‘zlashtirish 
bo‘yicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi. 
Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, loyihalarni ishlab chiqishda fanni rivojlantirishga, ilg‘or 
texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Xususan, jalb qilinayotgan mablag‘ning 87 
million dollari qishloq xo‘jaligi sohasidagi 10 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi, 4 ta ixtisoslashgan markaz 
faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ajratiladi. 
22)Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari 
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling