Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
ITT To\'liq javoblar 1-150 (1)
66-SAVOL: J. keyns –BUYUk DEpressiya iqtisodchisi
JAVOB: KEYNS (Keynes) Jon Meynard (1883.5.6, Kembrij - 1946.21.4, Suseks grafligi, Tilton qishlogʻi) — ingliz iqtisodchisi, davlat arbobi, keynechilik asoschisi. Kembrij universitetini tugatgan (1906). 1908 yildan to umrining oxirigacha shu universitetda dars berdi (1920 yildan prof.), ayni paytda bir qator maʼmuriy lavozimlarda ishladi. Britaniya xazinasi xodimi (1915—19), Angliya banki direktorlaridan biri (1942 yildan), Bretton—Vuds konferensiyasida (qarang Bretton—Vuds bitimi ) Angliyaning bosh vakili (1944). 1912 yildan nazariy "Economic journal" ("Iqtisodiyot jurnali") muharriri boʻlgan. Pul muomalasi va moliya, iqtisodiy oʻsish, bandlik sohalarida bir qator asarlar yaratdi ("Versal shartnomasining iqtisodiy oqibatlari", 1919; "Mister Cherchill siyosatining iqtisodiy oqibatlari", 1925; "Pul toʻgʻrisida risola", 1930 va boshqalar). K.ning asosiy gʻoyalari "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) asarida bayon etilgan. K. bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi I va davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tamoyillarini asoslab berdi. K. qarashlari 2-jahon I urushi va undan keyingi davrda koʻpgina Gʻarb mamlakatlari (ayniqsa, AQSH va Buyuk Britaniya)da davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asosiga aylandi 1920-yillar oxiri va 1930-yillarning boshlarida Buyuk Depressiya yangi muammolarni hal qilishga majbur bo'lgan iqtisodchilar uchun mutlaqo yangi savollar tug'dirdi. Mikroiqtisodiy neoklassik nazariyaning hozirgi davrdagi kapitalizm muammolari va ziddiyatlariga har qanday maqbul echimlarni topa olmasligi iqtisodiy fanlarda chuqur inqirozga olib keldi. Aynan o'sha paytda taniqli ingliz iqtisodchisi Jon Maynard Keyns "Ishga joylashtirishning umumiy nazariyasi, foizlar va pullar" kitobini yozdi. Uning 1936 yilda nashr etilgan asari G'arbning iqtisodiy tafakkuriga, shuningdek, davlatlarning iqtisodiy siyosatiga shu qadar ta'sir ko'rsatdiki, J.M. Keyns umuman uning izdoshlari va uning raqiblari sifatida XX asrning eng yirik iqtisodchisi sifatida tan olingan. Keynsning kitobi Keynsianizm asoschisi nomi bilan atalgan iqtisodiy fikrning yangi yo'nalishiga asos soldi. 67-SAVOL ‘Bandlik, foizlar va pullarning umumiy nazariyasi” –J Keyns JAVOB: J.M KEyns “Bandlik, foizlar va pullarning umumiy nazariyasi” nomli asarini 1936 yilda yozgan. Bu asarning asosiy g`oyasi quyidagicha; Ko‘pchilik iqtisodchilarning aytishicha J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» XX asr iqtisodiy fanida burulish yasadi va ko‘p jihatdan hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlar iqtisodiy siyosatni ifodalaydi. Uning bosh va yangi g‘oyasi shundan iboratki , bozor iqtisodiy munosabatlari takomillashgan va o‘zini - o‘zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi va shuning uchun faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni maksimal oshirishi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkin. Haqiqatan ham 1929-1933 yillardagi buyuk turg‘unlik davri klassiklarning bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartiblovchi iqtisodiyot degan g‘oyasi ayni sharoitda noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi va uning yordamida iqtisodiyotni tartiblash mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab bergan buyuk iqtisodchi J.M.Keyns hisoblanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling