Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида


partiyalarning rolini yanada kuchaytirish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana07.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1245809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ITT To\'liq javoblar 1-150 (1)


partiyalarning rolini yanada kuchaytirish: 
Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid 
muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish 
boʻyicha vakolatlarini yana-da kengaytirish; 
Qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq 
islohotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga yoʻnaltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan 
oshirish; 
Siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular 
oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish. 
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: 
Davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy 
va ijtimoiy taʼminot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini 
bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish; 
Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirishda 
oʻzaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy 
mexanizmlarini joriy etish; 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik 
shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning 
zamonaviy shakllarini joriy etish; 
“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi, sifatini 
yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini 
oshirish. 
23)Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari 
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini 
demokratlashtirish va takomillashtirish: 
Sud yalar va sud apparati xodimlarining mavqeyini, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminot 
darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; 
Sudyalarga gʻayriqonuniy tarzda taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish; 


Sudning mustaqilligi va begʻarazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik 
tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; 
“Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; 
Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; 
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. 
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash: 
Fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik, 
rasmiyatchilik va loqayd munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikning 
muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini koʻrish; 
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash; 
Fuqarolarning xususiy mulkka boʻlgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash; 
Fuqarolarning odil sudlovga toʻsqinliksiz erishishini taʼminlash; 
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. 
2.3. Maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish: 
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy 
qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish; 
Odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik 
sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish; 
Jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan 
vakolat va instansiyalarni qisqartirish; 
Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish 
24)Iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari 
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab 
qolish: 
Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʻrta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va 
institutsional oʻzgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori oʻsish 
surʼatlarini taʼminlash; 
Xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida 
mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan 
byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; 
Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq 
maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarni kengaytirish; 
Ilgʻor xalqaro tajribada qoʻllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yana-da 
takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-
bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash; 
Bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taʼminlash, banklarning kapitallashuv 
darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, 
istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni 
yana-da kengaytirish; 
Sugʻurta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini 
oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va 
aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; 
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy 
institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni 
davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish. 
25)Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari 
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: 


Aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam taʼminlangan oilalar sonini va 
aholining daromadlari boʻyicha farqlanish darajasini yana-da kamaytirish; 
Byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya 
surʼatlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish; 
Yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, oʻrta maxsus va oliy oʻquv muassasalari 
bitiruvchilari bandligini taʼminlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini 
taʼminlash, ishsizlik darajasini kamaytirish; 
Mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʻliq amalga oshirish uchun sharoitlar 
yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish tizimini kengaytirish. 
Aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirish: 
Aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy 
himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni 
kuchaytirish, ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda davlat-
xususiy sherikligini rivojlantirish; 
Aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat koʻrsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi oʻrtasida 
sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlashga yoʻnaltirgan holda sogʻliqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki boʻgʻinini, 
tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yana-da isloh qilish; 
Oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy 
xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan 
tibbiy yordam koʻrsatish, chaqaloqlar va bolalar oʻlimini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni 
yana-da kengroq amalga oshirish; 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling