Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида
T.Maltusning iqtisodiy qarashlari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
ITT To\'liq javoblar 1-150 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27. D. Rikardoning iqtisodiy doktrinasi
26. T.Maltusning iqtisodiy qarashlari.Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Malьtus demografiya
muammolari toʼgʼrisida birinchilardan boʼlib fikr yuritgan boʼlmasa-da, «Nufus nazariyasi»ni ilk bor u yaratdi. Bu muammo boʼyicha barcha munozaralarda uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Аristotelь (m.a. 384-322) «Siѐsat» asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb hisoblagan, chunki shunda sotsial garmoniya boʼladiki, aholi meʼѐrdan koʼp boʼlsa sotsial ziddiyat kelib chiqadi. T. Malьtus U nikoh toʼgʼrisida qonun taklif etgan, unda erkaklarga 37, aѐllarga 18 ѐshgacha farzand qurish taqiqlangan, uningcha aholi koʼpligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum etiladi. 27. D. Rikardoning iqtisodiy doktrinasiD.Rikardo 1817 yilda «Siѐsiy iqtisodning va soliq solishning boshlanishi» nomli iqtisodiy mavzudagi asosiy asarini nashrdan chiqardi. Bu asarda olim А.Smitning iqtisodiy nazariyalarini rivojlantiribgina qolmay, shu bilan birga uning ayrim kamchiliklarini ham ochib berdi. U vaqtga kelib boylikni yaratish emas, balki uning jamiyatning asosiy sinflari oʼrtasida taqsimlanish muammosi siѐsiy iqtisodning markazida turar edi. D.Rikardo bu muammoni siysiy iqtisod mavzui deb belgiladi. Siѐsiy iqtisodning bosh vazifasi, deb ѐzgan edi u, -shu taqsimotni boshqaradigan qonunlarni belgilab berishdan iborat. Rikardo taqisimot qonunlarini ishlab chiqarish sharoitlariga asoslanib belgilashga oʼrindi. U taqsimotni ishlab chiqarish bila chambarchas bogʼlab, boylik ishlab chiqarishni mahsuli boʼlishi mumkin deb hisobladi. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib isteʼmol qiymati bilan ayirboshlash qiymatini bir-biridan farq qildi. Biroq ayirboshlash qiymati namoѐn boʼlishining bir shakli ekanligini tushunmadi. Chunki qiymat odamlar oʼrtasidagi munosabat ekanini, bu narsa tovarlar munosabati zamiriga yashiringanini payqamadi. U qiymat miqdori ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori bilan belgilanadi deb hisobladi. Rikardoning katta xizmati shundan iborat boʼldiki, u tovarlar qiymatiga bevosita ularni hosil qilish uchun sarflangan mehnat tufayli vujudga kelgan qiymatnigina emas, shu bilan birga ishlab chiqarishda band boʼlgan kapitalning qiymatini ham qoʼshdi. Biroq Smit kabi Rikardo ham aniq mehnat bilan mavhum mehnatni bir-biridan ajratmadi. 28. Mehnat taqsimoti muammosi D. Rikardo va zamonaviy iqtisodiy fan. D. Rikardo qiymat qonunini ishlab chiqishda Smitning xulosalariga, garchi ularni qisman rad etsa-da, suyandi va ularni rivojlantirdi. U tovarning ikki faktori: isteʼmol va almashuv qiymatlarini yanada aniqroq oʼrgandi (masalan, nonni yepish va sotish mumkin). Foydalilik (isteʼmol qiymati) almashuv qiymatining zaruriy sharti, ammo uning oʼlchoovi boʼla olmaydi. Barcha tvarlarning almashuv qiymati (baʼzi xollar bundan mustasno, masalan ilgarigi rassomlarning kartinalari, noѐb vino) va ularni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflari va chiqimlari bilan aniqlanadi. Аlmashuv qiymati har doim nisbiy boʼlib, boshqa tovar ѐki pulning maʼlum miqdorida oʼz aksini topishi tufayli Rikardo absolyut qiymat ham boʼlishi kerak, degan masalani qoʼydi. Bu qiymat substantsiyasi mehnatdagi mehnat miqdoridir. Аlmashuv qiymati absolyut qiymat roʼѐbga chiqa oladigan zaruriy va yagona mumkin boʼlgan shakldir. Lekin Rikardo bu gʼoyani umrining oxirida tugallanmagan asarining «Аbsolyut va nisbiy qiymat» bobida bergan, yaʼni fikr mantiqiy oxiriga yetkazilmagan. Marksning fikricha, Rikardo qiymatni faqat miqdoriy tekshirdi, tarixdan tashqarida oʼrgandi, yaʼni mehnatni qiymat bilan yaraluvchi maxsulotning tabiiy xususiyati va bu jaraѐnni barcha ijtimoiy tuzumlarga xos deb oʼyladi 29. Qadimgi Sharqning iqtisodiy fikri. Iqtisodiy fan manbalarni avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo’lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to’g’ridir. Iqtisodiy g’oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bog’langan ammo hozirgi paytda qo’l yozmalarda aks ettirilgan g’oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo’lishi bilan bog’lanadi. Dastlabki quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlagan joylarda , Mesopatomiya (Tigr va Evfrat daryolari oralig’ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga kelgan. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro’y bergan. Metal qurollar ishlatila boshlangan, qishliq xo’jaligida intensif ko’p hollarda sug’orma dehqonchilikka o’tilgan.Shu asosda nisbatan turg’un qo’shimcha mahsulot olish imkoni tug’ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko’pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo’lgan. Bu davrda qo’shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo’li bilan renta soliq olish bo’lsa, qullarni beayov ishlatish bilan katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas). Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling