1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana02.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1075338
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
1-МАРУЗА

4. Tiraniya davri. 
Yunonistonda mil.avv. VIII–VI asrlarda xo‘jalik hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar 
siyosiy hayotga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Savdo, hunarmandchilik ishlab chiqarishining ilk rivoji 
hukmron tabaqa – katta yer egalari – oqsuyak zodagonlarga qarshi turgan kuchli, ko‘p sonli savdo, 
hunarmandlar qatlamining paydo bo‘lishiga olib keldi. Milet, Efes, Korinf, Sikion, Megara, Afina 
shaharlari, Samos, Lesbos va Sitsiliya orollarida iqtisodiy o‘sish kuchli edi. Aynan shu joylarda 
kuchli, siyosiy faol shaxslar hokimiyatni noqonuniy tarzda zo‘ravonlik bilan bosib oldilar. 
Hokimiyatni noqonuniy, zo‘ravonlik bilan egallab, boshqarish shakli – «tiraniya» paydo bo‘ldi. 
Tiraniya mil.avv. VII asrda ayrim yunon shaharlari (Korinf, Sikion, Milet, Efes, Afina, Sirakuza, 
Megara, Argos)da keng tarqaldi. Zodagonlar ichidan chiqqan tiranlar urug‘ zodagonlari va xalq 
hokimiyatini keskin rad qildilar. Hokimiyatni bosib olgan tiranlar o‘zlarining raqiblari bo‘lgan 
oqsuyak urug‘ zodagonlariga qarshi shafqatsiz kurashdilar
.
 


Chunki bu vaqtda urug‘ zodagonlari jamoa-polisning eng uyushgan hamda boy va ta’sirli 
qismi edilar. Shu sababli, tiranlar o‘zlarining shaxsiy hokimiyatlari uchun eng xavfli deb
zodagonlar hokimiyatini hisoblar edilar. Tiranlar o‘z hokimiyatlarini kuch bilan ushlab turgan 
holda urug‘ aslzodalarining siyosiy-iqtisodiy hukmronligini zaiflashtirdilar. Tiranlar 
aslzodalarning kuch-qudratini zaiflashtirib, demosni kuychaytirdilar va o‘zlari istamagan holda 
hokimiyatlarining halokati uchun qulay shart-sharoit yaratdilar. 
Xalq ommasi orasida mustahkam tayanchga ega bo‘lish uchun tiranlar kambag‘al 
qatlamlarni tirikchilik o‘tkazishi uchun shart-sharoitlar yaratdilar. Xalq ommasi tiranlarni 
yoqtirmas, lekin hurmat qilar edi. Ular aholini ish bilan band qilish maqsadida yo‘llar, kanallar, 
binolar qurilishi kabi jamoat ishlarini uyushtirdilar. Savdo-hunarmandchilik va qishloq xo‘jalik 
sohalarini bevosita qo‘llab-quvvatladilar. Tiranlar madaniyat, ma’rifat, qadimiy urf-odat, an’ana 
va diniy e’tiqodlarni rag‘batlantirdilar. Ularning hukmronligi davrida yunon polislari o‘zlarining 
buyuk kelajaklari poydevorini qo‘ydi (Afina-Pisistrat davrida, Sirakuza-Gelon va Dionisiy 
davrida). Korinf va Samos shaharlarining gullab-yashnashiga tiranlar sababchi bo‘ldilar. Tiranlar 
boshqaruvga o‘z qarindosh-urug‘larini tortdilar. Ular boshqaruvda yollanma qo‘shinlardan 
foydalandilar. 
Sitsiliya orolidagi yunon-shahar davlatlaridan biri Sirakuza edi. Geron tiraniyasidan so‘ng 
shaharda demokratik tuzum qaror topdi va mil.avv. V asr oxirigacha davom etdi. Sirakuzaning 
raqibi Karfagen unga qarshi mil.avv. 409–405-yillarda g‘olibona urush olib bordi. Sirakuzada 
og‘ir harbiy siyosiy vaziyat yuzaga kelib, hokimiyatni o‘rta tabaqadan chiqqan harbiy boshliq, 24 
yoshli Dionisiy bosib oldi. Dionisiyning tiraniyasi 40 yil atrofida (mil.avv. 406–367-yillar) davom 
etdi. Bu davrda Sirakuza nafaqat Sitsiliyada, balki butun Yunonistonda eng yetakchi davlat 
birlashmalaridan biriga aylandi. Mohir siyosatchi bo‘lgan Dionisiy mil.avv. 398–392-yillarda 
Karfagen bilan bo‘lgan urushda g‘alaba qozondi. Natijada Sitsiliyaning katta qismini bosib oldi. 
Janubiy Italiyadagi Regiy, Kavloniya va Kraton shaharlarini qaram qildi. Hatto Adriatika 
dengizining shimoli, Illiriya qirg‘oqlariga o‘rnashib oldi. Dionisiy Po daryosining boshida o‘z 
koloniyalarini barpo qiladi. Sirakuza Sitsiliyani Bolqon bilan bog‘laydigan savdo yo‘li ustidan o‘z 
nazoratini o‘rnatdi. 
Dionisiy davlat boshqaruvida xalq yig‘ini mavqeyini pasaytirdi. Muhim davlat ishlari 
Dionisiy oldida majlis qiladigan «do‘stlar kengashi»da muhokama qilindi. Tiran harbiy qo‘shinni 
nihoyat darajada mustahkamladi. Qo‘shin yaxshi qurollantirildi. Qo‘shinning 1/3 qismi yollanma 
askarlar edi. Harbiy flot 400 kemadan tashkil topdi. Dionisiy nozik ijtimoiy siyosat olib bordi. U 
barcha ijtimoiy qatlamlarning manfaat va ehtiyojlarini qondirishga harakat qildi. Yersizlarga yer 
berdi, harbiy o‘ljalarni xayr-ehson qilib, xalq uchun bayramlar uyushtirdi. Sirakuza zodagonlariga 
mansablar berib, o‘ziga moyil qilishga urindi. O‘z muxoliflarini musodara qildi. Dionisiyning 
hokimiyati merosiy deb e’lon qilindi. Qudratli Dionisiy vafotidan so‘ng uning zaif o‘g‘lining 
hokimiyati ag‘darilib, Sirakuzada demokratiya qaror topdi. Dionisiyning o‘g‘li Dionisiy II 
Sirakuzani mil.avv. 357-yilgacha boshqardi. Hokimiyatdan mahrum bo‘lgach, Korinfda yashab, 
kambag‘allashib tilanchilik qildi va tirikchilik uchun bolalarni o‘qitdi. 
Timoleon (mil.avv. 411–337-yillar) siyosatchi va sarkarda bo‘lib, demokratiyaning qizg‘in 
tarafdori edi. U mil.avv. 364-yilda Korinfda o‘z akasi tiran Timofanni o‘ldirishda qatnashdi. 
Mil.avv. 357-yilda Korinfning koloniyasi Sirakuzaga Dionisiy II ning tiraniyasiga qarshi va 
Sirakuzani bosib olishga urinayotgan qudratli Karfagen davlatiga qarshi urushga yuborildi. U 
Sirakuza, Leontina, Kanat shaharlarida tiraniyani tugatdi. Bu shaharlarni Sirakuza ittifoqiga 
birlashtirdi. Korinflik fuqarolarning katta qismini Sirakuzaga ko‘chirdi, Karfagen qo‘shinlarini 
mil.avv. 341-yilda tor-mor qilib, Karfagen bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. Shartnomaga ko‘ra 
Karfagenning mulklari Sitsiliyaning g‘arbiy qismi bilan cheklandi. Timoleon Sirakuzada 
demokratiyani qayta tikladi (mil.avv. 352–336-yillar). Uning vafotidan so‘ng shahar oldidagi 
xizmatlari uchun Sirakuzada unga haykal o‘rnatildi. 
Yunon shaharlarida demos ma’lum darajada kuch to‘plaganidan so‘ng, o‘zlari yoqtirmagan 
tiranlarning hokimiyatidan yengil qutildilar. Tiraniya urug‘ zodagonlari bilan kurashda yetakchi 


rol o‘ynab, mil.avv. V asr boshlarida deyarli hamma joyda polis tuzumi o‘rnatilishi uchun qulay 
shart-sharoitlarni yaratib berdi va hokimiyatni topshirib, siyosiy sahnadan chiqib ketdi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling