1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana02.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1075338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
1-МАРУЗА

 

 
 
2. Solon islohotlari.
Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag‘al qismi bo‘lgan oddiy demos o‘rtasida 
ijtimoiy ziddiyatlar kuchaydi. Drakont qonunlari Attika aholisining eng katta muammolaridan biri 
– qarz masalasini hal qila olmadi. Solon (mil.avv. 640–559-yillar) Attikaning eng qadimgi 
oilalaridan birining vakili bo‘lib, uning ajdodi podsho Kodriy sulolasiga borib taqalar edi. 
Yevpatrid Solon ancha yerga ega bo‘lib, savdo-hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, 
boylik to‘plagan edi. U harbiy qobiliyatga ega, ma’lumotli bo‘lgan va she’rlar yozgan. Solon 
mil.avv. 594-yilda arxont vazifasiga saylanib, tub islohotlar o‘tkazdi. Solon, eng avvalo, 
«seysaxteya» (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amalga oshirdi. 
Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. Katta yer egaligi cheklandi.
Yer ulushini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi. Solon islohotlari Afinadagi 
vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi. Ilgari qarzi uchun 
qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul 
to‘lanib, Afinaga qaytarildi. Solon qonli drakon qonunlarini bekor qildi, faqat odam o‘ldirgani va 
boshqa jinoiy ishlar uchun hamda kim kambag‘al bo‘lsa, ayol yoki qulni xafa qilgan bo‘lsa, 
bunday qonunlar saqlanib qoldi. Solonning qarori bilan vatan uchun urushda qurbon 
bo‘lganlarning bolalari davlat hisobidan tarbiyalangan. Yana bir qaror bo‘yicha vatan uchun jonini 
fido qilganlar tantanali danf qilingan. Bu qarorlar afinaliklarda vatanparvarlik tuyg‘ularining 
shakllanishiga xizmat qilgan.
Solon suyoqoyoq ayollarga maxsus uylarda ma’lum kasb bilan shug‘ullanishga ruxsat 
etdi.Faqat bu kasb bilan shugullanish uchun qa’tiy baholar va soliq to‘lash belgilandi. Xo‘jalik 


faoliyatini rag‘batlantiradigan qator islohotlar o‘tkazildi. Pul islohoti, uzunlik va og‘irlik o‘lchov 
birliklari 
takomillashtirilib, 
savdo-hunarmandchilik 
rag‘batlantirildi. Attikadan chetga 
mahsulotlar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g‘alla chiqarishni taqiqladi. Bu chora-tadbirlar Afina 
bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag‘batlantirdi va zaytun moyi, vino eksport 
qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. 
Vasiyatlar erkinligi to‘g‘risidagi qonun urug‘chilik aloqalarini zaiflashtirdi. Alohida oilalarning 
iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi. 
Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikaning barcha erkin aholisini 
daromad miqdoriga qarab, to‘rt toifaga bo‘ldi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday 
taqsimlandiki, boy fuqarolar avvalgidek, to‘la hokimiyatga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, 
fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub bo‘lish 
yer ulushidan yillik olinadigan daromadga bog‘liq bo‘ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlov berib, 
ko‘p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak urug‘ga 
mansublik emas, balki aynan daromad miqdori, yerga mehnat qilish fuqaroning jamiyatdagi 
obro‘ining o‘lchov mezoni bo‘ldi. 
Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga yetgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari – 
gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo‘yicha oliy appelatsiya huquqiga ega bo‘ldi. Faqat u 
jinoiy ishlar bo‘yicha hukm chiqara olar edi. Odam o‘ldirish bo‘yicha sud ishi sobiq arxontlar 
kengashi areopag qo‘lida qoldi. 
Siyosiy huquq mulkiy senz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to‘rt toifaga ajratildi 
1. Pentakosiomedimnlar – bir yilda 500 medimn g‘alla yoki 500 metret (bir metret – 39 litr) 
zaytun yog‘i oladigan fuqarolar.
2. Suvoriylar (gippeylar).
3. Zevgitlar – ikkita eshak aravaga ega bo‘lgan og‘ir qurolli piyodalar.
4. Fetlar – hunarmandlar. 
Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont 
mansabiga faqat pentakosiomedimnlar da’vo qilishlari mumkin edi. Fetlar polisning bevosita 
boshqaruvidan chetlashtirildilar.
Xalq yig‘ini – eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda 
mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko‘rsatish, maslahatchilar sudi (gelieya)da ishtirok etib, 
mansabdor shaxslarning suiiste’mollarini yo‘q qilishlari mumkin edi. Solon fuqarolarining siyosiy 
faolligiga jiddiy e’tibor berdi. U shunday bir qonunni qabul qildiki, bu qonunga ko‘ra kimki xalq 
harakatlari paytida kimnidir tomonini olmasa, u nomussiz deb e’lon qilingan. Bu qonun bilan 
Solon ko‘ngilchan odamlarning ijtimoiy ishlarga zararli loqaydligini oldini olmoqchi bo‘ldi. 
Chunki loqaydlik oqibatida zararli ishlar ustunlikka erishadi 
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi – maslahatchilar sudi (gelieya) joriy 
qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis boshqaruvini demokratik 
shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo‘lmaganligi sababli zodagonlar hokimiyatini to‘la tugata 
olmadi. 
Solon islohotlari bo‘lg‘usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont va areopagning roli 
o‘zgarmadi. Polisning urug‘, fillarga bo‘linishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug‘ huquqining 
yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o‘z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. 
Otasi hunar o‘rgatmagan o‘g‘il keksaygan otasiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. 
Solon qonunlari yog‘och taxtachaga yozilib, shaharga qo‘yildi. Afina fuqarolari bu qonunlarni 10 
yil davomida o‘zgartirmaslikka qasam ichdilar. Shundan so‘ng Solon arxont vazifasini topshirib, 
Sharq mamlakatlari bo‘ylab uzoq sayohatga chiqdi. Bundan foydalangan oqsuyak zodagonlar 
shaharda oddiy xalqdan hokimiyatni tortib olishga harakat qildi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling