Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi
- Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlikni mansabi bo‘yicha ushbu organlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari bo‘lgan ularning rahbarlari amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi boshlig'iga o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi: - fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;
- aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
- fuqaro muhofazasi bo‘yicha direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish;
- o‘z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni o‘tkazishga jalb etish
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: - fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
- o‘z vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi;
- harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini ko‘zlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari yetkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi; - fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini ko‘zlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari yetkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi;
- xabar berishni tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo‘yicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi;
- fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini ta’minlaydi;
- shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatilishini tashkil etadi;
- fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |