Fuqaro muhofazasining vazifalari quyidagilardan iborat: - aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;
- obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
- boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
- xalq xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;
- aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish ;
- fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining (qismlarining) shayligini ta'minlash ;
- aholini jamoaviy va individual himoya vositalari bilan ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ;
- aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
- radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik sharoitlarni kuzatish va laboratoriya nazorati;
- qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni bajarish ;
- harbiy harakatlar olib borilishi yoki ushbu operatsiyalar natijasida zarar ko'rgan hududlarda jamoat tartibini tiklash va saqlash;
- aholi va hududlarni muhofaza qilish bo'yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig‘idir.
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |