1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida
Mavzu-2. O’zbekiston Respublikasi qonunlarida harbiy qurilish masalalari
Download 204.66 Kb.
|
Ҳарбий қонунчилик асослари 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv savollari
Mavzu-2. O’zbekiston Respublikasi qonunlarida harbiy qurilish masalalari.
O’quv tarbiyaviy maqsadlari. 1.Talabalarga harbiy qurilish to’g’risida nazariy bilim berish. Davlat xokimiyati va xuquqiy organlarning vakolatlari yuzasidan yo’llanmalar berish. O’quv savollari: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi suveren O’zbekistonni himoya qilish respublikaning muhim funktsiyalardan biri, umumxalq ishi haqida. 2. Davlat boshqaruv va hukumat organlarning vakolatlari. Davlat va jamoat tashkilotlari va fuqarolarning burchlari 1. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi suveren O’zbekistonni himoya qilish respublikaning muhim funktstiyalaridan biri, umumxalq ishi haqida. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi suveren O’zbekistonni himoya qilish respublikaning muhim funktstiyalaridan biri, umumxalq ishi haqida. Xalqaro vaziyatni tuzilishi, terrorizm agressiyasini kuchayishi er sharining turli qismida lokal harbiy harakatlarni kuchayishi O’zbekiston Respublikasidan alohida e’tibor talab etib, uning xalqi xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq masalalarni o’rtaga tashlaydi. Dushmanlarning agressiv harakatlari O’zbekiston Respublikasining chegaralarini tinimsiz qo’riqlashni talab etadi. Mamlakat mudofaa qudratini saqlash borasidagi asosiy masalalar O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining maxsus bobida “Mudofaa va xavfsizlik” va O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa to’g’risida”gi qonunida aniq bayon etilgan. Bularning ba’zilari shu qonunlarning boshqa bob va bo’limlarida o’z aksini topgan bo’lib, buning sababi ular echilishi kompleks harakterga egadir, chunki vatanni himoya qilish nafaqat mudofaachilikni, balki u O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining va “Mudofaa to’g’risida”gi qonunida to’liq aytilganidek barcha davlat organlari, jamoat tashkilotlari, lavozimdagi shaxslar va fuqarolar mamlakat xavfsizligini ta’minlashda va mudofaa qudratini oshirishda o’z burchlariga egadirlar. Mamlakat mudofaasini ta’minlashda asosiy rol davlatga tegishlidir. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida zamonaviy demokratik qurilish pog’onasida Vatanni himoya qilish sohasida davlatning asosiy yo’nalishlari va masalalari. Fuqarolarning tinchligini saqlash va millat birdamligini ta’minlash umumxalq davlat maqsadlaridan o’rin olgan, 125-modda shuni aytadiki, mamlakat suverinitetini himoya qilish davlatning muhim funktstiyasiga kiradi. Shu bilan birga qonunchilikda aytib o’tilganidek, mudofaa masalasi umumdavlat xarakteriga ega bo’lib, umumxalq ishi, ya’ni barcha davlat organlari, jamoat tashkilotlari, lavozimdagi shaxslar va fuqarolarning burchidir. Bu albatta yaxshi, chunki xozirgi kunda Vatanni himoya qilish funktsiyasi umumxalq ishi bo’lib qiyin tus olgan, shuning uchun davlat faoliyatining barcha soxalarini ichida bo’lgan holda iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-siyosiy va harbiy tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Vatanni himoya qilishda davlat funktstiyalarining asosiy mazmuni-bu agressiya xolatida qurolli himoya va tinchlik vaqtida xar qanday agressiyaga zarbani berishni kafolatlovchi qurolli Kuchlarni doimiy jangovor tayyorgarlikda ushlab turishdir. Shundan kelib chiqadiki, davlat mexanizmini ajralmas bo’lagi bo’lmish O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlariga mamlakat mudofaasini ta’minlash javobgarligi topshiriladi. Ma’lumki, bizga qarshi–bo’lganlar muhim harbiy kuchga ega bo’lib, zamonaviy jihozlangan armiyaga tayanadi, shuning uchun uning agressiv intilishlarini ushlab turish, Vatanimizda ishonarli mudofaani ta’minlash uchun faqatgina qudratli zamonaviy jangovor texnika va yaxshi tayyorlangan armiya yordamida erishish mumkin. Albatta bizning mamlakatimiz bunday kuchlarga ega. O’zbekiston Respublikasining prezidenti I. A. Karimovni O’zbekiston qurolli Kuchlarning shaxsiy tarkibiga yo’llagan maktubida shunday deydi: “Sizning qat’iyatligingiz va g’ayratingiz harbiy maxoratingiz evaziga ona erimizda va uylarimizda tinchlikni, osmonimizni musaffoligini va qalblarimizda osudalikni saqlashimiz mumkin...” O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 125-moddasi O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarini yaratish va umumiy harbiy munosabatlarni o’rnatish maqsadlarini aniq ko’rsatgan. Bunday maqsadlar, bu o’zbek xalqini, mamlakatni suverinitetini va xududiy yahlitligini himoya qilishdir. Ichki sharoitlar nuqtai nazaridan qarasang O’zbekiston Respublikasi armiyaga muxtoj emas. Biz uchun armiya akupastion maqsadlar uchun kerak emas, O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari hech qachon begona xududlarni egallash uchun ishlatilmagan va ishlatilmaydi ham. Armiyani zarurligi tashqi sharoitlarga asoslangan bo’lib to’g’rirog’i haqiqatdan bor bo’lgan agressiv kuchlarga qarshi harbiy xujumidir. Qurolli Kuchlar bilan bir qatorda vatanni himoya qilish funktstiyalarini boshqa davlat organlari ham bajarmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa to’g’risida”gi qonunning 1-moddasida ko’rsatilgandek davlat mamlakatga xavfsizlik va mudofaani ta’minlaydi, respublika va xalqning tinch hayotini himoyasini qurolli Kuchlar ta’minlaydi. Ma’lumki mamlakatning mudofaa qudrati o’suvchan birlikda olingan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-siyosiy va harbiy potenstialiga asoslangan. Davlat organining burchlariga, ularni vakolatlarini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar kiradi. Ularning shartlari qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqarilgan davlat rejalarini hayotga qo’llashga mo’ljallagan”. Iqtisodiyot soxasidagi rejalarni amalga oshirish, xalq xo’jaligidagi yangi yutuqlar, ilm va texnika taraqqiyotidir. Qurolli Kuchlarning moddiy bazasini mustaxkamlab, uni zamonaviy qirg’in qurollar bilan ta’minlashga va strategik rezervlarni bunyod etishga imkon yaratadi. Xalq hayotining madaniy va moddiy-texnik darajasini oshirish uchun yo’naltirilgan ijtimoiy rivojlanish to’g’risidagi rejalar esa potentsialini kuchaytiradi. Vatanni himoya qilish funkstiyasini amalga oshirishda, davlat organlari davlat xavfsizligini ta’minlash chora tadbrlari o’tkazilmoqda. Dushmanlarning qo’poruvchilik faoliyati va ularning agenturalari bilan kurash, davlat chegaralarini qo’riqlashda davlat va harbiy sirlarini saqlash, fuqarolarni muxofaza qilish, xalq xo’jaligini va xalqni xujum paytida himoya qilish, aholini ma’naviy-ruxiyatini oshirib, ularni harbiy-vatanparvarlik ruxida tarbiyalashdir. Vatanni himoya qilish funkstiyalarini amalga oshirishning asosiy sharti bu mudofaa ishlarida jamoat tashkilotlarini, butun xalqni ishtirokidir. Mamlakat xavfsizligini ta’minlash uni mudofaa qudratini oshirishda fuqarolarni va jamoat tashkilotlarini burchlari asosiy qonunning 8,16,17 moddalarda aniqlangan va O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa to’grisida”gi qonuni va jamoat tashkilotlarining nizomlarida Konstituttsion asosida belgilangan. Vatanni himoya qilish butun O’zbekiston xalqining vazifasi va vatanni himoya qilish juda muhim va birinchi qarzimizdir. Xalqning o’z mamlakati mudofaasiga bo’lgan bunday munosabati suveren-demokratik davlat uchun xosdir. U sinfiy jamiyatni xisobga olmaydi, u hamma uchun bir xil vazifadir. Bunda mudofaa qudratini belgilovchi eng muhim belgilar bu qurolli kuchlarning jangovor qudratidir. Vatanni himoya qilishning umumxalq xarakteri, qurolli Kuchlarni qurishda mehnat qiluvchilarning faol qatnashuvida o’z aksini topadi. Armiya xalq tomonidan tuzilgan undagi harbiy xizmatchilar xalqimizning bir qismidir va xalq uni zamonaviy qurollar va jangovor texnika, yoqilg’i, oziq-ovqat va boshqa moddiy ashyolar bilan ta’minlashda hech narsani ayamaydi. Mamlakatni muhofaza qilish sohasidagi o’z xohish istaklarini hayotga qo’llash va amalga oshirishda, xalq Oliy Majlis va shu kabi organlardan foydalanadi. O’zining davlat hukumatining Oliy organlariga saylangan kishilari orqali xalq mamlakat xavfsizligi va harbiy bunyodkorlik sohalaridagi masalalarini echishda ishtirok etadi. 2. Davlat boshqaruv va hukumat organlarning vakolatlari. Davlat va jamoat tashkilotlari va fuqarolarning burchlari Davlat boshqaruv va hukumat organlarining vakolatlari. Davlat jamoat tashkilotlari va fuqarolarning burchlari. Mamlakatimiz mudofaasi urnidan davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida ko’rsatilgan Oliy Majlis va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari asosida amalga oshiriladi. Buning asosida siyosiy, iqtisodiy harbiy hukmronlikning birlik prinstipi yotadi. Bu organlarning vakolatlariga mamlakat xavfsizligini ta’minlash va mudofaa qudratini oshirish, uning mudofaa potenstialini rivojlantirish, O’zbekiston Respublikasi mudofaasida harbiy qurilishning muhim yo’nalishlarini aniqlash bo’yicha masalalarni ko’rib chiqish va echish kiradi. Bu erda muhim rolni Prezident va Oliy Majlis tomonidan tuzilgan Mudofaa kengashi o’ynaydi. Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasi davlat hukumatining yuqori organi sifatida shu xususida Vatanni himoya qilish masalalari bo’yicha ham ko’p vakolatlarga ega. Faqatgina u O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasini qabul qilishi va unga o’zgartirishlar kiritish va shu bilan bog’liq holda mamlakat mudofaasi konstituttsion qonunlarini aniqlashtirishi mumkin. Bu sohada Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 76,78-moddasiga binoan katta huquqlarga ega. U urush va tinchlik davrida mamlakat mudofaa tashkilotlarini respublika suverenitetini himoya qilish, uning davlat chegara va hududini qo’riqlash masalalari bo’yicha qarorlar qabul qiladi va bu qarorlarini O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqaruvi yordamida amalga oshiradi. Davlat boshqaruv va hukumatining yuqori organini funkstiyalarini amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat mudofaa sohasida katta vakolatlarga ega (89, 93, 94-moddalar). Kerak paytlarda u joriy qonunchilik aktlariga o’zgartirish kiritishi mumkin, shu o’rinda mudofaa va harbiy bunyodkorlik masalalari bo’yicha ham u o’zgartirishlar kiritib, buni Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasida tasdiqlanishga qo’yadi. Vatanni himoya qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolati. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarining oliy bosh qo’mondoni hamidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekistonda harbiy hujum holatida yoki agressiyaga qarshi xalqaro shartnomalarni mudofaa shartlarini bajarishda urush holatini e’lon qiladi. Mamlakat muhofazasi uchun Prezident to’liq yoki qisman safarbarlik e’lon qilashi ham mumkin. Safarbarlikka chaqirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyruqlari asosida amalga oshiriladi. Prezident vakolatlariga yana harbiy qo’mondonlikni tayinlash yoki o’zgartirish, O’zbekiston Respublikasi armiya generallari, general polkovniklarga harbiy unvonlarni tayin etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis bilan birgalikda umumharbiy nizomlar, harbiy qasamyod matni va uni qabul qilish nizomi, harbiy qismning jangovor bayrog’i haqida nizomlarni qabul qiladi. Ularning vakolatlariga yana harbiy xizmatchilarning davlatga etkazgan zararini moddiy javobgarligini belgilash, Qurolli Kuchlarda sudlar haqida nizomni tasdiqlash, orden, medal va ularni tasdiqlash kabilarni kiritish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida (98-modda) davlat xavfsizligini ta’minlash va mudofaa qudratini belgilashda katta o’rin, ko’p vakolatlarga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko’rsatiladi, uni O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi va boshqaruvchi organ bo’lib, davlat boshqaruvi organlari tizimini idora etuvchisidir. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi boshqaruv qonunlarini, Oliy Majlis qarorlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining buyruq va qarorlarini ijro etilishini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvidagi hamma masalalarni echish vakolatiga ega, u mamlakat xavfsizligini ta’minlash, davlat chegaralarini qo’riqlash chora-tadbirlarini qabul qiladi, Qurolli Kuchlar bunyodkorligida umumiy boshqaruvni olib boradi, harbiy xizmatni o’tash yoshiga etganlarni umumiy yillik sonini aniqlaydi, boshqa Vazirliklar va mahkamalar kabi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini yo’naltiradi va ular tomonidan chiqazilgan aktlarni bekor qilishi mumkin, zarur paytlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida komitetlar, bosh boshqarmalar va boshqa muassasalarni tashkil etadi, shu o’rinda mudofaa qurilishi ishlarida ham u O’zbekiston Respublikasining fuqarolar muhofazasini umumiy boshqaradi, davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarni kerakli burchlarini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi harbiy boshqaruv markaziy organlarining funkstiyalari tuzilishi va vakolatlarini aniqlaydi, serjantlari, ofitserlar tarkibi tomonidan harbiy xizmatni o’tash tartibini o’rnatadi: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig’iga binoan Oliy va O’rta Maxsus o’quv maskanlarining hisobini tuzib, ularda o’qiyotgan chaqiriq yoshiga etgan yigitlarga o’qishni davom ettirish uchun chaqiruv muddatini kechiktiradi, zarur holatlarda boshqa sabablar tufayli muddati suriladigan fuqarolar ro’yxatini tuzadi.O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonunda nazarda tutilganlardan tashqari chaqiriv yoshidagi yoshlar ichidan professional-texnik ta’lim va “Vatanparvar” tizimida tayyorlanishi lozim bo’lgan mutaxassislar sonini belgilaydi. Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yana byudjet sohasida uzoqni ko’zlagan va joriy rejalarni ishlab chiqarishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakat mudofaa ehtiyojlarini qondirishni ko’zda tutadi. Uning vakolatlariga ofitserlik tarkibi, serjantlar, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini nafaqa bilan ta’minlash tartibini o’rnatish, generallarni harbiy unvonini berish (general-polkovniklargacha, u ham kiradi), ofitserlik tarkibidagi shaxslarni qonunda ko’rsatilgan bo’yicha harbiy unvondan mahrum qilish (armiya generalidan tashqari) kabilar kiradi. Vatanni himoya qilish funkstiyasini amalga oshirish jarayonida davlat hukumati va boshqaruvining oliy organlari qaramog’ida mahalliy hokimiyatlar va ularning ijro qo’mitalari qatnashadilar. Bu sohada O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik aktlari ularga alohida o’rin ajratadi. O’zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonunni barcha lavozimdagi shaxslar, fuqarolar, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan bajarilishini barcha viloyat, shahar, tuman va qishloq hokimiyat organlari ta’minlaydi. Ular haqiqiy harbiy xizmatdagi fuqarolarning buyruk va iltimoslarini amalga oshirishda mudofaa harbiy organlariga hamkorlik qiladilar, ularni jihozlangan chaqiruv yig’in joylari bilan ta’minlaydilar, chaqiruv komissiyasiga etarli miqdorda shifokor va texnik ishchilarni ajratadilar, fuqarolarni chaqiruv va yozishga kelishlarini tashkil etadilar. Mahalliy hokimiyatlar Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilariga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan demobilizastiya qilingan yoki zahiraga o’tkazilgan fuqarolarga, haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan va halok bo’lgan harbiylar oilalariga imtiyoz va nafaqalarni to’g’ri va haqqoniy bo’lishini nazorat qiladilar. Ular boshqa mudofaa vazifalarini bajarishda qurolli Kuchlarga rezervlarni tayyorlash chora-tadbirlarida yordam ko’rsatadilar. O’zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonunni bajarilishida yuzaga keladigan javobgarlik vazifalari to’g’ridan-to’g’ri korxona, muassasa, tashkilot va o’quv maskanlari rahbarlariga, ichki ishlar organlariga, mahalliy qo’mitalarga tibbiy-ekspert komissiyalariga, fuqarolar mol-mulkini musodara etish organlari zimmasiga yuklatiladi. Mamlakatni xavfsizligini va mudofaasini ta’minlash bilan bog’liq masalalarni echishda sudlov va prokuratura organlari katta rol o’ynaydi. Ular o’z faoliyatlari bilan mamlakatda tartib va qonuniylikni o’rnatadilar, xavfsizlikni ta’minlash uchun kurash olib boradilar, mudofaa va harbiy qonunchilik masalalarida to’liq qonunga rioya qilishni ta’minlaydilar, harbiy intizomni va Qurolli Kuchlarning jangovor tayyorgarligini ushlab turib, harbiy xizmatni o’tash tartibini o’rnatadilar. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi mamlakatimizda xavfsizlikni ta’minlashda jamoat tashkilotlariga ma’lum vazifalarni yuklaydi. Bu tashkilotlarning vazifalari O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi va boshqa qonunlar asosida tayin etilgan. Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ular orasida harbiy bilimlarni yoyishda, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va fuqarolarni muhofazasi bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishda jamoat tashkilotlari bilan birga kasaba uyushmalari ham muhim rol o’ynaydi. Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, yoshlarni ommaviy mudofaa ishlariga jalb qilishga katta e’tibor beradi. O’zbek xalqini mamlakat mudofaasiga tayyorlashda “Vatanparvar” jamiyati muxim o’rin egallaydi. U o’z a’zolarini ommaviy mudofaa ishlarida qatnashishini ta’minlab, ularni vatanparvarlik va Vatanni himoyasi uchun doimo tayyor turishlik ruhida tarbiyalaydi, aholi orasida harbiy bilimlarni keng targ’ibot qilishda katta rol o’ynaydi, mamlakatda sportning harbiy-texnikaviy turlarini rivoj topishiga ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi qonunining 16-moddasiga binoan “Vatanparvar” tashkiloti O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari uchun mutaxasislarni tayyorlaydi. Hozir jamiyatimizda o’tkazilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy islohotlar tufayli mamlakatimiz mudofaasida xalq ommasining roli kattadir. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida aytilganidek (52-modda) Vatan himoyasi umumxalq ishi hisoblanadi. Vatanimizni agressiyaga qarshi kurashida fuqarolarni qatnashuvi juda muhimdir. Konstituttsiyamizga binoan O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o’tash bu fuqarolarning fahri burchidir. Vatanni himoya qilishdagi muqaddas qarzlarni bajarilishining muhim ko’rsatkichlaridan biri bu fuqarolarni (tinchlik va urush davrida) fuqarolar muhofazasida qatnashuvi hisoblanadi. Korxonalarda, tashkilotlarda, o’quv maskanlarida fuqarolar muhofazasiga olingan ayollar va erkaklar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari, o’rnatilgan normativ topshiriqlarni topshirishlari, o’quv mashqlarida qatnashishlari shart. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining suveren demokratik mamlakatni himoya qilish haqidagi nizomi nafaqat O’zbekiston mudofaasining huquqiy bazasi, balki fuqarolar uchun Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligini anglab etishlarida muhim vosita ham bo’lib hisoblanadi. Jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari va fuqarolarning mamlakat mudofaa qudratini oshirish uchun bo’lgan doimiy va har tomonlama g’amho’rligi, odamlarning davlat salohiyatini oshirish uchun o’z hissalarini qo’shish harakatlari demokratik jamiyatning muhim belgisi hisoblanadi. Download 204.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling