1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida
Mavzu-6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o’quv yiginlarga chaqirilganlarning huquqiy javobgarligi
Download 204.66 Kb.
|
Ҳарбий қонунчилик асослари 1
Mavzu-6: Harbiy xizmatchilar va harbiy o’quv yiginlarga chaqirilganlarning huquqiy javobgarligi.
O’quv savollari va vaqt taqsimoti: 1. Yuridik javobgarlik xaqida tushuncha; 2. Ma’muriy javobgarlikning xuquqiy me’yorlari; 3. Intizomiy javobgarlikning xuquqiy me’yorlari; 4. Harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish uchun asoslar va uning tartibi. Xar qanday jamiyatning normal hayot kechirishi uchun tartib ijtimoiy munosabatlarning boshqariluv-chanligi zarur. Ularga insonlar hatti-harakati qoidalarini belgilovchi ijtimoiy me’yorlar yordamida erishiladi. Biroq bu me’yorlar faqat ularga amal qilganda ishlaydi. Ijtimoiy munosabatlar turli ijtimoiy me’yorlar bilan boshqarilishi bois (ahloqiy, udum va an’analar, tashkilotlar va huquqiy me’yorlar), ijtimoiy tashkilotlar oldidagi javobgarlik turlari, yuridik javobgarlikdan farq qiladi. Yuridik javobgarlik - qonunlar va qonun asosida huquqiy hujjatlar talablarini bajarishga davlat majburlashining shakli. bo’lib huquqbuzar xatti-harakatlarni davlat va jamiyat tomonidan qoralanishi va ma’lum, huquq me’yorlari bilan belgilangan, aybdor uchun nomaqbul oqibatlarni (yuridik sanktsiya) o’z ichiga oladi. Yuridik javobgarlikning jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati uning davlatning huquqiy asoslaridan biri ekanligi bilan belgilanadi. Ayni shu holat yuridik - javobgarlik maqsadlarini belgilaydi: Umuman - O’zbekiston Respublikasida demokratik qurilish shartlarini huquqiy ta’minlash: Huquq - tartibotni himoyalash va qo’riqlash. Fuqarolar tarbiyasi va huquqbuzarlarni qayta tarbiyalash. Ijtimoiy javobgarlikning boshqa shakllaridan farqli o’laroq yuridik javobgarlik huquq me’yorlari bilan boshqariladi. Uning mazmuni davlat tomonidan hokimiyat va boshqaruvning kompetent organlari orqali belgilanadi. U davlat tomonidan belgilangan sanktsiyalar (davlat majburlashi choralari) ni huquqbuzarga nisbatan qo’llashdan iborat, uni qo’llash huquqi faqat davlat organlari va mansabdor shaxslarga vakolati doirasida berilgan. Harbiy xizmatchilarning yuridik javobgarligi asoslari O’zbekiston Respublikasi umumiy harbiy xizmat, harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to’g’risida qonunlari, harbiy qasamyod, nizomlar va boshqa qonuniy hujjatlar bilan belgilanadi. Ulardan eng jiddiylarini ko’rib o’tamiz: 1. Davlat tomonidan huquqbuzarliklarning maxsus doirasi (harbiy jinoyat, harbiy intizomni buzish va bochqalar.) belgilanganki, ularni sodir etganlik uchun faqat harbiylar va ularga tenglashtirilganlar javobgar bo’ladi. Bu huquqbuzarliklar mazmuni: “harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to’g’risida” qonun, O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari amaldagi nizomlarni harbiy xizmatchilarning davlatga etkazgan zarari uchun moddiy javobgarlik to’g’risida Nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan. 2. Harbiy xizmat munosabatlarida amal qiladigan shartsiz harbiy bo’ysunish tamoyili bilan bog’liq holda harbiylarning ayrim huquqbuzarlar uchun javobgarlik darajasi boshqa fuqarolarnikidan yuqoriroq. Ma’muriy javobgarlikning xuquqiy me’yorlari; Masalan korxona rahbari buyurug’ini bajarmaslik uchun ishchiga ma’muriy chora ko’rilsa, shu kabi huquqbuzarlik harbiy xizmatchi uchun doir jinoyat sanaladi va jinoiy qonunchilik me’yorlari bo’yicha jazolanadi. Yakkaboshchilik tamoyiliga ko’ra komandir (boshliq)lar qo’l ostidagilarni yuridik javobgarlikka tortish bo’yicha maxsus vakolatlarga ega. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari amaldagi nizomlarida komandirlar va boshqa boshliqlarning harbiy xizmatchilarni harbiy intizom va jamoat tartibini buzganlik uchun intizomiy javobgarlikka tortish bo’yicha huquqlari hajmi belgilab berilgan. 3. Komandirlar (boshliqlar) hukmini qo’llash va harbiy xizmatchiga nisbatan qo’llangan yuridik javobgarlik choralarini bajarishning maxsus shartlari belgilangan. 4. Faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo’llaniladigan alohida javobgarlik choralari belgilangan. Bularga navbatdan tashqari naryadga yo’llash, ko’krak nishonidan mahkum etish, harbiy unvonni pasaytirish, undan mahrum etish, sudlanganlarni jazo o’tash uchun intizomiy batalonga jo’natish va bochqalar kiradi. 5. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizomiy javobgarlik ehtimoli ko’zda tutilgan, ya’ni harbiylar uchun ma’muriy javobgarlikni qo’llash soxalari bir oz qisqartirilgan. 6. Harbiy xizmatchi harbiy xizmat manfaatlarini ko’zlab berilgan buyuruq bo’yicha harakat qilsa, yuridik javobgarlikdan ozod qilinadi. Bu xususiyat harbiy qasamyod va nizomlarning so’zsiz harbiy bo’ysunishi haqidagi talablari bilan belgilanadi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar o’z harbiy majburiyatlarini bajarishdan iborat xatti-harakatlari oqibatlari uchun yuridik javobgarlikka tortilmaydi. Harbiy xizmatchini yuridik javobgarlikka tortish uchun faqat u sodir etgan huquqbuzarlik, ya’ni huquqqa zid, qonunda man etilgan xatti-harakati bo’la oladi. Bunga soqchining o’z ixtiyoriga ko’ra postdan ketishi, qurolni birovga berishi yoki noqonuniy qo’llash kabilar misol bo’ladi. Yuridik adabiyotlarda va amaliyotda intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlik shakllari farqlanadi harbiy xizmatchilarning intizomiy javobgarligi yuridik javobgarlik shakli sifatida O’zbekiston Respublikasi Intizom nizomida moddalar bilan belgilab qo’yilgan. U harbiy intizom va jamoat tartibini buzganlik uchun qo’llanadi. 2.Intizomiy javobgarlikning xuquqiy me’yorlari; Harbiy xizmatchilarni intizomiy javobgarlikka tortish qoida va shartlari O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarilarida belgilangan. Intizomiy nizomning 8-moddasiga ko’ra odatda, faqat bevosita boshliqlar intizomiy javobgarlikka tortishi mumkin, qaysiki harbiy xizmatchi unga loaqal vaqtincha bo’yinsinadi Intizomiy javobgarlik sub’ektlari harbiy xizmatchilar, o’quv yig’inga chaqirilgan harbiyga majburlar, muqobil xizmat xizmatchilari shuningdek zahira yoki iste’fodagi, ofitser va generallar, harbiy intizom yoki jamoatning tartibining xizmat kiyimida bo’lgani holda buzganligi uchun oladi. Harbiy javobgarlikni mustahkamlash uchun huquqbuzar xati-harakatidagi harbiy intizomiy tartib buzarlik, ya’ni harbiy intizom va jamoat tartibiga dahl qiladigan qonunga xilof, qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatidagi harakati yoki harakatsizlik mavjudligi asos bo’ladi. Uning uchun O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari javobgarlik ko’zda tutilgan bo’lsa harbiy intizomni buzishning ayrim shakllari uni sodir etish sharoitlariga ko’ra harbiy jinoyat yoki intizomiy xatti-harakati bo’lishi mumkin. Bunga qismdan ketishi va shu kabilar kiradi. Jinoiy javobgarlik to’g’risidagi qonun bu kabi xatti-harakatlarni yoki intizomiy harakatlar yoki harbiy jinoyat sifatida baholashni ko’zda tutadi. Harbiy intizomiy harakat (intizomni buzish) harbiy jinoyatdan farqli ravishda davlat va jamiyat qurilish asoslariga qarshi qaratilgan. Biroq qonun buzilishidan iborat, shu bois u ijtimoiy havfli, uni sodir etgan shaxs ijtimoiy javobgar bo’lishi lozim. Bu intizomiy javobgarlik har bir intizomiy xatti-harakat uchun kelib chiqishi demakdir. Komandir (boshliq) harbiy xizmatlarga harbiy xizmat talablarini eslatish bilan cheklanishi, xatti-harakat muhokamasini ofitser, muddatli harbiy xizmatchilar sudiga topshirilishi mumkin. Intizomiy javobgarlik huquqbuzarga nisbatan intizomiy chora (sankstiya) qo’llangan vaqtda kelib chiqadi. Intizomiy jazo mavjudligi, masalan harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berilishi, o’qishga kirishga ruxsat etilishi. Yuqori lavzimga tavsiya etish va shu kabilar to’siq bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum muddat ichida intizomni buzish takrorlangan ayrim hollarda yanada qat’iy chora ko’rishga olib kelishi mumkin. 4. Harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish uchun asoslar va uning tartibi. Masalan, o’zboshimchalik bilan bir sutkadan kam vaqtga qismni tashlab ketish intizomiy tartibda jazolanadi, bu kabi harakatlar uch oy ichida takrorlansa jinoiy javobgarlikga tortiladi. Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari intizomiy choralar turlari belgilangan va konkretlashtirilgan, ularni tayinlash va ijro etishning aniq tartibi, mustahkamlangan, harbiy xizmatchini intizomiy javobgarlikka tortishda qonuniylik kafolatlari belgilangan. Faqat nizom talablarini aniq bajarish va ulardan istalgan chetlanishning oldini olish, intizomiy amaliyotning chora ko’rish izchilligi, ularning huquqbuzarlik xavf darajasiga mosligi kabi tamoyillariga amal qilish intizom kafolati bo’la oladi. Download 204.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling