1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida


Mavzu-4: “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga davlat ta’minoti va ularga beriladigan imtiyozlari”


Download 204.66 Kb.
bet4/10
Sana27.10.2023
Hajmi204.66 Kb.
#1726205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ҳарбий қонунчилик асослари 1

Mavzu-4: “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga davlat ta’minoti va ularga beriladigan imtiyozlari”


O’quv tarbiyaviy maqsadlari:
1.Talabalarga harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga beriladigan imtiyozlari xaqida nazariy bilim berish.
2. Harbiy xizmatchilarga nisbatan hurmatda bo’lishlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.


O’quv savollari:
1.Harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga imtiyozlar, pensiyalar va nafaqalar haqidagi umumiy nizomlar.
2.O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi
imtiyozlarning asosiy turlari va tuzilishi.
3.Harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiya va nafaqalar tayinlash.

O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari mamlakat mustaqilligi, uning hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayotini va suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi mehnatini himoya qilishda muhim o’rinni egallaydi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiya qilishda ham uning roli benixoyat kattadir. Shuning uchun ham Prezidentimiz hukumatimiz va butun xalqimiz harbiylar va ularning oilalariga katta e’tibor va g’amho’rlik ko’rsatib, ularga moddiy turmush shart-sharoitlarini yaratmoqdalar.


G’amho’rlik ko’rsatishning ko’pgina shakllari ichida harbiy xizmatchilarga imtiyozlar, yana ularni harbiy xizmatdan ozod etgandan so’ng harbiy pensiya va nafaqalar shaklida davlat ta’minoti ko’rsatish muhim o’rin egallaydi.
Imtiyoz deganda fuqarolarga harbiy xizmat yoki boshqa harbiy burchlarni bajarishda bir qator afzalliklarga ega bo’lish yoki ba’zi davlat burchlaridan to’liq yoki qisman ozod etish tushuniladi. Hozirgi paytda imtiyoz normalari ko’rsatilgan yuridik hujjat bu Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan harbiy xizmatchilar, harbiyga majburlar (zahiradagi yoki iste’fodagi) va ularning oilalari uchun imtiyozlar haqidagi Nizomdir. Oliy Majlis bu qarorni O’zbekiston Repsublikasi Qurolli Kuchlari uchun avtomatik ravishda qabul qilgan. Bundan tashqari imtiyozlar haqidagi normalar O’zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”, “Mudofaa haqida” qonunlarida va boshqa huquqiy aktlarda qayd etilgan.
Prezidentimiz va hukumatimizning Vatan himoyachilariga ko’rsatayotgan g’amho’rliklarining eng ravshan ko’rinishlaridan biri bu 3 oktyabr 1994 yilda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qabul qilingan “Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun qo’shimcha imtiyozlar haqida” gi qaroridir.
Imtiyozlar nafaqat harbiy xizmat tufayli, balki boshqa harbiy burchlarni bajarilishi tufayli o’rnatiladi, ular faqatgina harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga emas, balki boshqa fuqarolar uchun, ya’ni xizmatga chaqirilganlar va harbiyga majburlar harbiy hisob bo’yicha burchlarini bajarish hollari va zahirada xizmatni o’tayotganlar uchun ham tegishlidir. Harbiy xizmatchilarga o’rnatilgan ko’p imtiyozlar muqobil xizmatni o’tayotganlar va ularning oilalari uchun ham tegishlidir va ularning oilalari foydalanadilar.
Harbiy xizmatchilar va ularning oilalari haqiqiy harbiy xizmatni o’tash bilan bog’liq bo’lgan imtiyozlardan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgandan boshlab xizmatdan zaxiraga bo’shatilgunga qadar foydalanishi mumkin. Ma’lumki harbiylar tarkibi uchun o’rnatilgan imtiyozlar huquqiy, o’sha tarkibda xizmat qilish vaqtidan beriladi.
Masalan, ofitser o’z imtiyozlaridan birinchi ofitserlik unvonini olgan kundan, ofitserlik xizmatiga qabul qilinganlar esa zahiradan kadrlarga o’tkazilgan kundan boshlab foydalanishi mumkin.
Harbiy burchlarni bajarish bilan bog’liq afzalliklar hayotning ko’pgina sohalarida o’z aksini topadi.O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi fuqarolarga qarshilikda moddiy ta’minoti, yana kasallik paytida, mehnat qilish qobiliyatini yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda moddiy ta’minotni kafolatlaydi. Bu hollarda pensiya va nafaqalar harbiy xizmatchilar ularning oilalariga ham kafolatlanadi.
Pensiya harbiy xizmatchilar va ularning oilalari a’zolarining moddiy ta’minoti, hayoti uchun muhim vositalar manbai bo’lib hisoblanadi va shu orqali pensiyalarni ta’sis etish shartlari va ularning o’lchovi belgilanadi.
Harbiy xizmatdan ozod etilgan shakllar uchun davlat ta’minoti, harbiy burchlarni bajarish bilan bog’liq imtiyozlarning mazmuni shuki, ular shunday fuqarolarning hayot va faoliyatlari uchun normal sharoitlar yaratish va ularga moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbaini yaratishdan iboratdir. Shuning uchun ham bundan tashqari imtiyozlar va davlat ta’minoti haqidagi huquqiy normalarni hayotda qo’llash usullari bu shaxsiy tarkibda o’tkaziladigan komandir va uning o’rinbosarlari boshqaradigan shu savollar bo’yicha tushuntirish ishlaridir; harbiy xizmatchilar va boshqa fuqarolarga noqonuniy munosabatda bo’lganda ularni himoya qilishni kafolatlash; imtiyozlar, pensiya va nafaqalar haqidagi qonunni bajarilishidagi prokuror nazorati va boshqa davlat organlari nazorati hisoblanadi. Bu va boshqa chora-tadbirlar harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga bajarilayotgan harbiy burchlar bilan bog’liq afzalliklardan, imtiyozlardan foydalanishlariga kafolat yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida imtiyozlarning asosiy turlarining tuzilishi harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga, boshqa fuqarolarga harbiy burchlarni bajarishlari tufayli o’rnatilgan imtiyozlar hayotning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda o’z aksini topadi. Imtiyozlar qanday sohalarga tegishliligiga qarab quyidagi asosiy turlariga ajratiladi:
- soliq va yig’inlar bo’yicha imtiyozlar;
- uy-joy imtiyozlari;
- sog’liqni saqlash soxasidagi imtiyozlar;
- ta’lim sohasidagi imtiyozlar;
- transport bo’yicha imtiyozlar;
- mehnat va ijtimoiy sug’urta bo’yicha imtiyozlar;
- uzoq joylarda xizmat uchun imtiyozlar.

Sog’liq va yig’inlar bo’yicha imtiyozlar bo’ydoqlarni, yolg’iz va voyaga etmagan fuqarolarni foyda solig’i, qishloq xo’jaligi solig’i va mahalliy soliq va yig’imlardan to’liq yoki qisman ozod etishdir.


Muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar va yig’inga chaqirilgan harbiyga majburlar shtatdagi lavozimi yoki o’quv yig’inlarida o’tkazilgan vaqti uchun harbiy qismlarda oladigan pul ta’minotidagi foyda solig’idan ozod qilinadi.
Muddatli harbiy xizmatni o’tab uyiga qaytayotgan harbiy xizmatchilarga eng kam ish xaqining 16 barobari miqdorida pul mablag’i beriladi, undan tashqari harbiy xizmatchining xizmati davomida uning oila a’zolari er joy solig’idan ham ozod etiladi.
Bo’ydoqlar, yolg’iz va kam oilali fuqarolar solig’i muddatli va muddatsiz xizmatdagi harbiy xizmatchilardan, olinmaydi. Bunday imtiyozlar boshqa sabablarga ko’ra chegarani kesib o’tayotgan ofitserlik tarkibidagi shaxslarga ham ko’rsatiladi.
Haqiqiy harbiy xizmatdagi askarlar, serjantlar va ular oilasi a’zolari er solig’i va importga egalik solig’idan ozod qilinadi. Uy-joy imtiyozlari, uy-joy huquqini uning haqini pasaytirish, qo’shimcha uy-joy huquqi, uy-joy olishda birinchi navbat, shaxsiy uy-joy qurilishiga yordam berish va boshqa afzalliklardan iborat.
Haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar, 2-3 yilga haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan ofitserlar (zaxiradagi) dan so’ng uy-joyi saqlanadi va ular uy-joy olish uchun turgan navbatidan o’chirilmaydi.
25 yil va undan ko’p xizmat qilib zahira yoki iste’fodagi katta ofitserlar va generallar o’zlari va oilalari yashayotgan joy maydonlarini saqlash huquqiga egadirlar.
Ularning joy maydonlari ular chegaradan tashqarida (chet el) xizmat qilayotganlarida ham saqlanadi. Haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchi o’zi yashayotgan uy-joy uchun to’lovni imtiyoz stavkalari bo’yicha to’laydi. 25 yil davomida harbiy xizmatda beqiyos xizmat qilgan ofitserlik tarkibi shaxslar xizmatdan ozod etilgandan keyin uy-joy to’lovlari uchun imtiyozni saqlab qoladilar.
Polkovnik va undan yuqori unvonga ega bo’lgan harbiy xizmatchilar umumiy normalardan yuqori qo’shimcha uy-joy huquqiga egadirlar.
Generallar, ofitserlar, va muddatsiz xizmatdagi harbiy xizmatchilar sog’lig’i, yoshi yoki shtat qisqarishi tufayli zahiraga yoki iste’foga chiqarilganda hokimiyat ijroiya qo’mitasi ularni birinchi navbatda uy-joy bilan ta’minlashlari lozim. Hukumat mahalliy organlari zahiraga yoki istefoga chiqarilgan ofitserlarga shaxsiy uy-joylarini qurishda ularga yordam ko’rsatishi zarur.
Sog’liqni saqlash sohasidagi imtiyozlar dorilarni harid qilishda ularni tekin yoki arzon narxlarda olish, davolash-sanatoriya maskanlari uchun yo’llanmani tekin yoki chegirma narxlarda olish va boshqa afzalliklardan iborat.
Yig’inlarda bo’lish chog’ida harbiy xizmatchilar harbiy-tibbiy muassasalar xizmatidan foydalanadilar, agar bu joylarda bundaylar yo’q bo’lsa ular fuqarolar sog’lig’ni saqlash muassasalarining tibbiy yordamidan foydalanadilar. Birinchi va ikkinchi hollarda ham dori-darmonlar tekin beriladi.
Urush nogironlari va harbiy xizmat nogironlariga shifokor restepti bilan dori-darmonlar tekin beriladi. Tibbiy ko’rsatmalar ko’rsatilganda serjantlarga, starshina va muddatsiz xizmatlardagi askarlarga davlat-sanatoriya maskanlariga yo’llanma tekin beriladi.
Ofitserlar va serjantlar sanatoriya va dam olish maskanlari uchun yo’llanmalar narxini 25% ni to’laydilar, Gospital davolanishidan so’ng davolanishni davom ettirish uchun bu maskanlarga yuborilayotganlarga yo’llanma tekinga beriladi.
Ta’lim sohasidagi imtiyozlar bu o’quv yurtlariga kirishda, ularda o’qishni qayta tiklash kabi afzalliklaridan iboratdir.
Kamida 6 yil davomida haqiqiy harbiy xizmatlarda bo’lgan muddatli harbiy xizmatchilar zahiraga chiqarilgandan so’ng 2 yil amaliy ish stajiga ega bo’lmasdan oliy o’quv yurtlariga kiradiganlar oldida oliy o’quv yurtlariga kirishga kiritilish huquq afzalligidan foydalanadilar. Oliy o’quv yurtlariga kirishida eng yoqori olinishi kerak bo’lgan ballning 25% miqdorida ball qo’shib beriladi.
O’quv yurtlarida o’qiyotgan davrda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslar zahiraga chiqarilgandan so’ng harbiy xizmatga chaqiruvgacha o’qiyotgan o’quv maskanida o’zlari o’qiyotgan kursga qayta qabul qilinib o’qishni davom ettirish huquqiga egadirlar. Sirtqi va kechki o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida o’qiyotgan (ruxsat berilgan hollarda) ofitserlar, serjantlar va muddatsiz xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun ham turli xil imtiyozlar ko’rsatiladi. Masalan, ularga imtixonlarni topshirish uchun qo’shimcha ta’tillar berilishi, ish xaftasi qisqartirilib xaftada 1-2 kun bo’sh kunlar berilishi mumkin.
Transport bo’yicha imtiyozlar bu O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi hisobiga o’rnatilgan qonunchilik hollarida transport xizmatlaridan foydalanish va yo’l haqiga chegirmalar huquqidir.
Xizmat bo’yicha ko’chirish yoki tayinlash hollarida, mukofot sifatida olingan galdagi ta’til yoki oddiy ta’tildagi safar chog’larida, kasallik bo’yicha davolanish uchun olingan ta’tillarda va bemorlarga hamrohlik chog’laridagi safarlarda, harbiy tibbiyot maskanlari tomonidan sanatoriyaga davolanish uchun yo’naltirilganda, zahiraga chiqarilganda yoki iste’foga ozod etilgandan so’ng barcha harbiy xizmatchilar temir yo’l, suv, avtomobil va havo transportlaridan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi hisobidan foydalanish huquqiga egadirlar. Xuddi shunday imtiyozlar quyidagi hollarda chaqiriqqacha va chaqiruv yoshidagi shaxslarga ko’rsatiladi: Oliy o’quv yurtlariga kirish uchun yo’naltirilganda; haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganda va unga kirishda; tibbiy ko’rikka chaqirilganda; o’quv va tekshiruv yig’ilishlariga chaqirilganda.
Vatanni himoya qilish va boshqa harbiy xizmat burchlarini bajarish chog’ida kontuziya, shikast va yarador bo’lgan harbiy xizmatchilardan bo’lmish nogironlar shahar yo’lovchi transportlarining barcha turlarida (taksidan tashqari); shahardan tashqari marshrutdagi temir yo’l va suv, avtobus transportlarida tekin yo’l haqi huquqiga egadirlar.
Mehnat va ijtimoiy sug’urta bo’yicha imtiyozlar, bu ish joyi (lavozimi) va ish haqini saqlab qolish, nafaqalar to’lashda ishga joylashuvni va harbiy xizmat vaqti hisobiga mehnat va kasaba uyushma stajlarini saqlab qolish afzalliklari; nogironlarga o’z burchlarini bajarishlari uchun, harbiy xizmatga chaqirilganda, o’quv va tekshiruv yig’inlariga kelish uchun harakatlanish vositalarini berish; va shu hollarda chaqiriqqacha va chaqiruv yoshidagi askarlar va harbiy majburiyatchilar ishdan ozod etilib. Ish haqini saqlab qolish huquqidir.
O’quv va tekshiruv yig’inlariga chaqirilgan ishchilar, xizmatchilar va jamoa xo’jalik a’zolarining ham ish joyidagi lavozimi saqlanib qolinadi.
Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar, kursantlar va harbiy-o’quv yurtlari tinglovchilari, ya’ni kazarma holatida bo’lganlarning farzandlari uchun nafaqa to’lanadi. Nafaqa o’lchovi differenstial holda o’rnatiladi.
Nafaqalar shahar (rayon) ijroiya qo’mitalar komissiyalari tomonidan ta’minlanib, shuning uchun nafaqa tayinlash uchun hujjatlar bilan o’sha erga murojaat qilish zarur. Bundan tashqari hokimiyat ijrokomlari ma’lum vaqt ichida haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar farzandlarini bolalar bog’chasi va yaslilarga joylashtirish kerak.
Ma’lum tibbiy ko’rsatmalar doirasida urush nogironlariga davlat maxsus transport vositalari beriladi, masalan “zaparojest” avtomobili.
Haqiqiy harbiy xizmat, ishchi va xizmatchilarga pensiya yoki nafaqa tayinlashda (ularni mehnatga layoqatsiz bo’lgan paytlarida) hisobga olinadi. Harbiy xizmat vaqti ham uzluksiz ish sifatida hisobga olinadi, agar Qurolli Kuchlar safidan ozod etilgan davrdan, ishga tushgungacha bo’lgan vaqt 3 oydan oshmagan bo’lsa (bunda yashash joyiga etib kelgangacha vaqt hisobga olinmaydi). Qonunchilikda uzoq joylardagi xizmat uchun ham imtiyozlar ko’rsatilgan. Muddatsiz xizmatdagi harbiy xizmatchilar, ofitserlar, praporshiklar, agar olis joylarda harbiy xizmatni o’tayotgan bo’lsalar, ularga katta okladli ish haqi to’lanadi. Bundan tashqari ularga bu rayonlardagi xizmatlari uchun foizli qo’shimchalar har oyda to’lanadi.
Pensiyani o’rnatishda ham bu joylardagi xizmat vaqtiga qaraladi va yana shunga o’xshash bir qator afzalliklar mavjud, harbiy xizmatchilar va ular oilalariga pensiya va nafaqalar.
O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasiga ko’ra, fuqarolarga qarilik, kasal, mehnatga layoqatsizligi. Boquvchisini yo’qotish chog’larida moddiy yordam ko’rsatiladi, shu kabi harbiy xizmatchilar ham boshqa fuqarolar kabi pensiya va nafaqa ko’rinishida davlat ta’minotidan foydalanish huquqiga egadirlar.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan ozod etilgan fuqarolar va ular oilalariga pensiya va nafaqalar ko’rinishidagi davlat ta’minoti O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi va joylarda ijtimoiy ta’minot organlari chiqarayotgan pul vositalari orqali amalga oshiriladi.
Ofitserlarga, va muddatsiz harbiy xizmatda xizmat qilgan harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlashda ular xizmat qilgan yili hisobga olinadi: 20 yildan 25 yilgacha xizmat va 20 yildan kam bo’lgan xizmat.
Pensiya tayinlashda asosiy shart bu harbiy hizmatchi haqiqiy harbiy xizmatdan chiqarilish kunigacha xizmati 25 yil bo’lish zaruriyatidir. Pensiya o’lchovi xizmat 25 yildan oshganligiga, xizmatdan ozod etilish payti va yoshga, sog’liq holati va ba’zi hollarda ozod etilishi sabablariga bog’liqdir.
20 yildan 25 yilgacha xizmat uchun pensiya tayinlash uchun ko’rsatilgan xizmatdan tashqari, boshqa shartlar zarur. Bu pensiya faqat haqiqiy harbiy xizmatdan yoshi, kasalligi, shtatlarni qisqartirish yoki sog’lig’i to’g’ri kelmasligi sababli va 40 yoshga etganligi sababli ozod etilgan harbiy xizmatchilarga beriladi. 20 yilgacha bo’lgan xizmat uchun pensiya yoshi, kasalligi, shtatlarni qisqartirish yoki cheklangan, sog’lig’i tufayli, harbiy xizmatdan ozod etilgan harbiylarga beriladi. Shu bilan birga bu harbiylar ozod etilish paytigacha 50 yoshga to’lgan bo’lishi va 25 yillik ish stajiga ega bo’lib, bundan kamida 12,5 yili harbiy xizmatda bo’lgan bo’lishi kerak.
Nogironlik tufayli pensiya huquqiga xizmat safidan chiqarilgandan so’ng I-II-III guruh nogironlari deb tan olingan muddatsiz xizmat harbiylari, praporshiklar, ofitserlar, generallar egadir.
Nogironlik pensiyasi harbiy xizmat uzunligiga bog’liq emas. Uning o’lchovi nogironlik guruhi va sabablariga bog’liq, ayrim hollarda 5 yil va undan ortiq xizmatga ham bog’liq. Bu omillarni hisobga olib nogironlik pensiyasi pul okladlarining 30 dan 25% gacha bo’lgan chegaralarda o’rnatiladi.
Nogironlik huquqi va sabablari tibbiy mehnat ekspert komissiyasi tomonidan aniqlanadi. (TMEK) komissiyaga yo’llanma mudofaa ishlari bo’yicha organlar tomonidan beriladi.
Ofitserlik tarkibi, praporshiklar va muddatsiz xizmat harbiylari oila a’zolarining pensiya ta’minoti, harbiy xizmati va harbiy pensioner oila a’zolari pensiya huquqiga egadirlar, agar harbiy xizmatchi (harbiy pensioner) vafot etib, u oilani boquvchisi bo’lgan bo’lsa, pensiya esa faqatgina oilaning mehnatga layoqatsiz bo’lgan a’zosiga beriladi, agar u marhumning qaramida bo’lgan bo’lsa, qaram bo’lganligi esa mahalliy organlar ishtirokida mudofaa ishlari organlari tomonidan aniqlanadi.
Oilaning mehnatga layoqatsiz a’zosi bular: 16 yoshga etmagan, o’qiyotganlar bo’lsa, 18 yoshga etmaganlar; bolalari, singillari, nevaralari va ukalari, otasi, onasi. Rafiqasi, agar erkak 60 yoshda ayol 55 yoshgan yoki ular nogiron bo’lsa. Marhumning qaramida bo’lganlar, bu doimiy uning yordamga muhtoj bo’lib, uning boqimida bo’lgan va yashash uchun vositalar manbai marxumning daromadi bo’lgan oila a’zolari hisoblanadi.
Pensiya o’lchovi esa o’limi sababi, pensiya huquqiga ega bo’lgan shaxslar soniga bog’liq bo’lib, u marhumning pul okladining foiz o’lchovlari hisoblanadi. Nafaqalar Qurolli Kuchlar safidan chiqarilgan ofitserlar, praporshiklar va harbiy xizmatchilarga bir yo’la beriladigan yoki doimiy nafaqalar to’lanadi. Ularning Mudofaa Vazirligi tomonidan o’lchovidan bir yo’la olinadigan nafaqa olishlari mumkin. Pensiya olmaydiganlar esa doimiy nafaqa oladilar. Yoshi, kasalligi, shtatlarni qisqartirish yoki cheklangan sog’lig’i tufayli haqiqiy harbiy xizmatdan ozod etilgan ofitserlik tarkibi shaxslariga agar ular pensiya huquqiga ega bo’lmasalar. Bir yo’la beriladigan va doimiy nafaqalar harbiy qismdan umuman ozod etilganda, oklad esa harbiy unvonga qarab viloyat mudofaa organlari tomonidan to’lanadi. Hulqiy intizomi yoki xizmatga noloyiqligi, yana jinoyati uchun sudlangani sababli harbiy xizmatdan ozod etilgan harbiylar nafaqa va unvonga ko’ra oklad olish huquqiga ega emaslar.
Muddatli xizmatdagi harbiylar va ular oila a’zolariga pensiya ta’minoti “Askar va serjantlar davlat pensiyalari haqida” gi qonunga bog’liq holda nogironlik yoki boquvchisini yo’qotish hollarida to’lanadi. Bu harbiylarga va ular oila a’zolariga pensiya, harbiy xizmatda qancha vaqt bo’lganligi, chaqiriqqacha ular qurolli kuchlar safida xizmat qilgan yoki qilmaganliklariga bog’liq bo’lmagan holda o’rnatiladi. Boquvchisini yo’qotgandan so’ng olinadigan pensiya huquqiga muddatli harbiy xizmatdagi pensioner o’limidan so’ng uning oilasi a’zolari ega bo’ladilar.
Nogironlik pensiyasi tayin etiladi, agar nogironlik harbiy xizmat chog’ida yoki harbiy xizmatdan ozod etilgandan so’ng kamida uch oy ichida bo’lgan bo’lsa, yoki undan keyinroq, ya’ni harbiy xizmatni o’tash chog’ida orttiririlgan kasallik, shikas, kontuziya, yaralanish, natijasida nogiron bo’lib qolsa, nogironlik va uning sabablari TMEK tomonidan aniqlanadi.
Pensiya o’lchovi nogironlik guruhi va sababiga, chaqiriqqacha bo’lgan mehnat faoliyatiga, uning xarakteri va hamda harbiy unvoniga bog’liqdir. Boquvchi yo’qotish sababi bilan olinadigan pensiya marxum harbiyni qaramog’ida bo’lgan mehnatga layoqtsiz a’zolarga beriladi. Bunday pensiya boquvchisi harbiy xizmat chog’ida yoki undan ozod etilgandan so’ng kamida 3 oy ichida vafot etsa, yoki xizmat davomida orttirilgan kasallik, shikast, yaralanish, kontuziya oqibati keyinroq vafot etgan harbiylar oilasiga beriladi. Uning o’lchovi boquvchining o’lim sababi, harbiy unvoni, ishi, chaqiriqqacha bo’lgan ishining xarakteri va maoshi, oila tarkibiga, uning yashash joyiga bog’liqdir. Alternativ xizmatdagi xizmatchilar va ular oilalariga pensiya ta’minoti o’sha muassasani ishchi va xizmatchilarining shart-sharoitlari bilan bir xil amalga oshiriladi.



Download 204.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling