1. Huquq va uning davlat qurilishidagi o’rni. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi Vatan mudofaasi to’g’risida
Mavzu-8. Davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va ko’krak nishonlari
Download 204.66 Kb.
|
Ҳарбий қонунчилик асослари 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv savollari.
Mavzu-8. Davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va ko’krak nishonlari.
O’quv tarbiyaviy maqsadlar. 1. Talabalarga davlat mukofotlari faxriy unvonlari hamda ko’krak nishonlari to’g’risida nazariy bilim berish. 2. Talabalarni davlat mukofotlari, faxriy unvonlariga nisbatan vatanparvarlik ruxida tarbiyalash. O’quv savollari. 1. O’zbekiston Respublikasi mukofot tizimini yaratish. Davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga taqdim etish tartibi. 2. O’zbekiston Respublikasi va uning Qurolli Kuchlaridagi orden, medal, faxriy unvon va ko’krak nishonlari: 3. Davlat mukofotlari bilan taqirlanganlarning burch va huquqlari. Biz siyosiy barqarorlikga suvernitetga davlat ramzlariga, valyutamizga ega bo’ldik, xususiylashtirish borasida ham ma’lum yutuqlarga erishdik. Ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo’jaligini shakillantirdik, dunyo xamjamiyatida o’z o’rnimizga ega bo’ldik. Agar yosh davlatimizning eng muxim va ajralib turuvchi xusuisyatini aytadigan bo’lsak, biz o’ylanib o’tirmadik, biz harakat qildik. Biz irqi, dini, millatidan qat’iy nazar mamlakatimiz fuqorolari uchun huquq va burchlarini taqdim etdik. Bu huquq va burchlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. Ichki siyosatning eng muxim printsiplaridan biri bu har bir insonga, korxonaga, tarmoqga o’z qiziq ishlarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishdir. Ijtimoiy, iqtisodiy siyosatni mustaxkamlashda O’zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarini ta’sis etish muhim rol o’ynaydi. “Davlatimiz ramzlari o’zida o’zbek halqining shoninni, faxr-iftixorini, tarixiy xotirasini va intilishlarini aks ettiradi. Bu ramzlarni qadirlamoq-bu davlatda va o’zida shaxsiy faziltlarni va ishonchni mustaxkamlamoq demakdir. O’z vataniga sodiq inson oila va Vatan shuxratini yoyish uchun hech narsani ayamaydi” - .A.Karimov. Davlat mukofotlari bilan Respublikamiz rivojlanishi uchun o’z kuchini ayamagan, uni go’llab yashnashiga o’zining katta hissasini qo’shgan fuqorolar taqdirlanadi. Orden va medallar Gerb va Bayroq kabi “takrorlanmas, go’zal, nafis bo’ladi” va o’zida tarix, madaniyatini aks ettiradi, hamda Vatanga xizmat qilishi kerak. Har bir Oliy Majlis tomonidan qayd etilgan orden, medal va ko’krak nishoni o’z statusiga ega. Statusda vatan oldidagi qurilish, mudofaa sohasidagi xizmat, mehnatdagi munosib xizmat va ishlab chiqarishdagi yuqori ko’rsatkichlari, hamda aniq qoidalar ko’rsatiladi.Orden, medall faxriy unvon va ko’krak nishonlari bilan alohida shaxslar (O’zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet elliklar), korxona muassasa, tashkilot, shaxar, viloyat jamoalari, harbiy qismlar taqdirlanishi mumkin. Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar qonunchilik tamonidan o’rnatilgan bir qator imtiyozlarga egadirlar. Mukofotlardan maxrum etish faqatgina Oliy Majlis tomonidan amalga oshirilib, sud xukmi yoki buzuq harakatlar asosida bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi va uning Qurolli Kuchlaridagi orden, medal, faxriy unvon va ko’krak nishonlari: O’zbekiston Respublikasi va uning Qurolli Kuchlaridaga ham orden, medal faxriy unvon va ko’krak nishonlari mavjud. Endi bu orden va medal bilan esa mana shu qisqa davr ichida ta’sis etilgan orden, medal faxriy unvon va ko’krak nishonlarini ko’rib chiqamiz. “Mexnat shuxrati” ordeni. “Mehnat shuxrati” ordeni bilan O’zbekiston iqtisodiyoti, madaniyati, halq farovonligini oshirishi, tinchlik va barqarorlikni saqlash borasida o’zining hissasini qo’shgan O’zbekiston Respublikasi fuqorolari taqdirlanadi. Mustasno hollarda esa O’zbekiston Respublikasi fuqorosi bo’lmaganlar ham “Mehnat shuxrati” ordeni bilan taqdirlanishi ham mumkin. “Mehnat shuxrati” ordeni bilan taqdirlanganlarga qirq barobarli eng kam ish haqi ko’rinishidagi pul mukofoti beriladi va ular qonunchilik tomonidan o’rnatilgan ba’zi imtiyozlarga ega bo’ladilar. Taqdirlanuvchi shaxs vafot etgan bo’lsa Taqdirlanish to’g’risidagi xujjat va pul mukofoti uning oilasiga beriladi. “Mehnat shuxrati” ordeni bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ham taqdirlangan. Taqdirlash to’g’risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini “Mehnat shuxrati” ordeni bilan taqdirlash Oliy Majlis tamonidan amalga oshirilgan. “Shon Sharaf” ordeni. Vatan himoyasi chog’ida jonbozlik va jasorat ko’rsatgan, mudofaa va milliy havfsizlikni mustaxkamlashda katta xizmat qilgan, Qurolli Kuchlarni jangovorligini oshirish va O’zbekistonda huquqiy tartibni ta’minlashda o’zxizmatini ayamagan shaxslar “Shon Sharaf” ordeni bilan taqdirlanadilar. Mustasno xollarda O’zbekiston Respublikasi fuqorosi bo’lmaganlar ham “Shon Sharaf” ordeni bilan mukofotlanadi. “Shon Sharaf” ordeni 2 darajadan iborat: 1- darajali “Shon Sharaf” ordeni. 2 -darajali “Shon Sharaf” ordeni. 1-darajali orden oliy darajali hisoblanidi va 2-darajalidan keyin 1-darajali ordeni bilan taqdirlanish 3 yil interval bilan amalga oshiriladi. “Shon Sharaf” ordeni. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini “Shon-Sharaf” ordeni bilan taqdirlash Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. 2-darajali “Shon Sharaf” ordeni bilan taqdirlangan kishilarga eng kam ish haqining 20 barobarida, 1-darajali “Shon Sharaf” ordeni bilan taqdirlanganlar esa eng kam ish haqining 40 barobarida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. “Shon Sharaf” ordeni chap ko’krakga taqiladi. Taqdirlanuvchi shaxs vafot etgan bo’lsa esa, taqdirlanish to’g’risidagi xujjat va pul mukofoti uning oilasiga beriladi. “Sog’lom avlod uchun” ordeni. “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan onalik va bolalikni muxofazasiga sog’lom avlodni o’stirishda moddiy va ma’naviy sharoitlarini yaratishga o’zining aloxida xizmatlarini qo’shgan shaxslar taqdirlanadi. “Sog’lom avlod uchun” ordeni ikki darajadan iborat. 1-darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni va 2-darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni. 1-darajali orden oliy darajali hisoblanidi va 2-darajalidan keyin 1-darajali ordeni bilan taqdirlanish orasidagi interval kamida 3 yil bo’lishi lozim. 2-darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanganlar eng kam ish haqini 25 barobarida, 1-darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanganlar eng kam ish haqini 50 barobarida pul mukofotini oladilar. 1chi yoki 2chi darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanganlar bir qator imtiyozlarga ega bo’ladilar. “Sog’lom avlod uchun” ordeni chap ko’krakga taqiladi. Taqdirlanuvchi vafotida esa taqdirlanish to’g’risidagi xujjat va pul mukofoti uning oilasiga beriladi. “O’zbekiston qahramoni”. “O’zbekisoton qahramoni” unvoni - eng oliy mukofot xisoblanadi va Vatan oldidagi qahramonlik ko’rsatgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqarolikka ega bo’lmagan shaxslarga beriladi. “O’zbekisoton qahramoni” unvoni sof oltindan ishlangan bo’lib “Oltin yulduz” meldali, unvon va medal haqidagi guvoxnoma bilan beriladi. “Oltin yulduz” medali Vatan oldida alohida xizmat qilgan yoki mehnat faoliyatida yuksak yutuqlarga erishggan shaxslarga beriladi. Medal bilan taqdirlanganlar eng kam ish haqini 60 barobarida pul ukofotini ham oladilar va imtiyozlarga ega bo’ladilar. “O’zbekisoton qahramoni” unvoni bilan ikki marotaba taqdir-lanmaydilar. “Oltin yulduz” medali chap ko’krakga taqiladi. Taqdirlanuvchi o’limida “O’zbekisoton qahramoni” unvoni va pul mukofoti uning oilasiga beriladi. “Mustaqillik” ordeni. “Mustaqillik” ordeni bilan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustaxkamlash va va bunyod etish, hamda tinchlik va ozodlikni ta’minlashga o’zini yuksak hissasini qo’shgan fuqarolar, ba’zida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmaganlar ham taqdirlanadi. “Mustaqillik” ordeni bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdirlaydi va bu ommaviy axborot vositalari orqali yoritiladi. “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlanish Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud raisi, Konstituttsion sudi raisi Oliy xo’jalik sudi raisi, O’zbekiston Respublikasining bosh prokurori, Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasininig Juqori kengesi raisi, Toshkent shahri va boshqa viloyatlar xokimi taqdimi bilan ham amalga oshiriladi. “Mustaqillik” ordeni Prezident yoki Prezident nomidan Oliy Majlis raisi, O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan tantanali ravishda beriladi. “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlanganlar eng kam ish haqini 50 barobarida pul mukofotini va ular bir qator imtiyozlarga ega bo’ladilar. “Mustaqillik” ordeni o’ng ko’krakga taqiladi. “Do’stlik” ordeni “Do’stlik” ordeni bilan halqlar orasida do’stlikni mustaxkamlanishida O’zbekistonda halqlar o’rtasida hartomonlama do’stlikni rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan O’zbekistonda yashayotgan turli halq vakillari taqdirlanadi. “Do’stlik” ordeni bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmaganlar ham taqdirlanishi mumkin. “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlanganlarga eng kam ish haqini 30 barobarida pul mukofoti beriladi va ular bir qator imtiyozlarga ega bo’ladilar. “Do’stlik” ordeni chap ko’krakga taqiladi. Taqdirlanuvchi shaxs vafotida esa ordeni va pul mukofoti uning oilasiga beriladi. “Jasorat” medali. “Jasorat” medali bilan O’zbekiston Respublikasi milliy havfsizligini ta’minlashda, jamoat tartibini saqlashda jinoyat bilan kurashishda o’z burchilarini oqilona bajarishda, katastrofa va ofatlar sodir bo’lganda jonbozlik ko’rsatgan fuqarolar, shu o’rinda harbiy xizmatchi, Mudofaa vazirligi, Ichki Ishlar vazirligi va Milliy Havfsizlik Xizmati organlari ishchilari taqdirlanadililar. Mustasno hollarda “Jasorat” medali O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmaganlarga ham berilishi mumkin. “Jasorat” medali bilan taqdirlanganlarga eng kam ish haqini 20 barobarida pul mukofoti beriladi, medal chap ko’krakga taqiladi. “Jasorat” medalini Bosh Vazir, Mudofa Vaziri, Milliy Havfsizlik Xizmati raisi, I.I Vazirligi Qoraqalpog’iston Avtanom respublikasi Jug’ori kengesi raisi va viloyat, tuman xokimliklari tomonidan topshiriladi. “Shuhrat” medali. “Shuhrat” medali bilan iqtisodiyot fan, madaniyat, yosh avlodni vatan parvarlik ruxida tarbiyalash O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy rivojlanish soxalariga o’zini katta xissasini qo’shgan shaxslar taqdirlanadi. Aloxida xollarda “Shuxrat” medali bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmaganlar ham taqdirlanishi mumkin. Shuxrat medali bilan taqdirlanganlarga eng kam ish haqini 20 barobarida pul mukofoti beriladi, medal chap ko’krakga taqiladi. Ko’krak nishonlari va faxriy unvonlar mamlakat mudofaasiga va xo’jalik qudratini mustaxkamlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirgan fuqarolar mukofotlanadi. Faxriy unvon va ko’krak nishoniga quyidagilarni misol qilib kiritish mumkin: “Xizmat ko’rsatgan quruvchi”, Xizmat ko’rsatgan arxitektor, “Xizmat ko’rsatgan arxiolog”, “Xizmat ko’rsatgan shifokor”, “Xizmat ko’rsatgan neftchi”, “Xizmat ko’rsatgan artist” va x.k. Faxriy unvonlar vazirliklar, davlat komitetlari, jamoat boshqaruv organlari nomidan va buyurug’i bo’yicha beriladi. Faxriy unvonlar bilan mukofotlash chog’ida ko’krak nishonlari ham berilib, ular o’ng tomonga taqiladi. 3. Davlat mukofotlari bilan taqirlanganlarning burch va huquqlari. Qurolli Kuchlarda faxriy unvon va ko’krak nishonlari harbiy burchlarni bajarishda, jangovor tayyorgarliklarda o’zini a’lo ko’rsatkichlarda ko’rsatgan harbiy xizmatchilarga beriladi. Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin: “Qurolli Kuchlar a’lochisi”, “harbiy bunyodkorlik a’lochisi”, “Mohir mutaxasis”, sportda yutuqlarga erishganlarga “Sportchi askar” 1 va 2 darajali sportchi askar oltin ko’krak nishoni. Qurolli Kuchlarda ko’krak nishoni quyidagilarga: xizmatni o’tash chog’ida a’lo ko’rsatkichlarga egabo’lgan, o’z mutaxassisligini yaxshi biluvchi, o’quv yilida namunali baholarga ega bo’lgan, ularga topshirilgan harbiy buyuriqlarni bajarishda, ishlashda yaxshi ko’rsatkichlarga ega bo’lgan intizomli jangchilarga, askarlarni o’qitishda, jangovor tayyorgarlikda va harbiy intizomni yaxshilash, hamda harbiy texnika va harbiy mulkni saqlash, ishlatish va parvarish qilish borasida yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan askar va serjantlarga beriladi. Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatchilarni kiyimlarida turli xil harbiy xizmat turlarini bildiruvchi va harbiylarni unvonini ko’rsatuvchi belgilar mavjud. Bunday ajratuvchi belgilarga pogonlar, xalqalar, emblemalar, yulduzchalar, kantlar, lampaslar va harbiylarni jangda olgan jaroxatlarini ajratib turuvchi belgilarni kiritish mumkin. Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarning burch va huquqlari. O’zbekiston Respublikasi medal va ordenlari bilan taqdirlanganlar bir qator imtiyozlardan foydalanadilar. Bu imtiyozlarga quyidagilar: serjant va soldatlarga barcha transport (avtobus, trolleybus, tramvay, metro) tekin foydalanish (taksidan tashqari): uy-joy olishda imtiyozga: Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga konkurssiz kirish eng yuqori ballni 25% qo’shib berish, shifokor ko’rsatmasi bo’yicha tekin dori-darmon olish, 50% li er solig’ini to’lash va boshqalar. Davlat mustaqilligi-o’zbek xalqining tarixiy yutug’i hisoblanadi. Haqqoniy va odil jamiyat qurish uchun, avvalambor shu muqaddas tuprog’ida tug’ilgan, o’zini shu yurtning o’g’li yoki qizi deb xisoblovchi xar bir inson xalqi oldidagi burchlarni bajarishi lozim. Bu erda davlat belgilari, mukofotlari, unvonlari katta rol o’ynaydi. O’zbek xalqi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog’liq katta va qiyin masalalarni echish borasida jonbozlik bilan mehnat qilmoqda. Download 204.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling