1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari


Ichki audit bo’limining korxonaning boshqa bo’limlari bilan o’zaro aloqadorligi


Download 269 Kb.
bet12/15
Sana24.03.2023
Hajmi269 Kb.
#1291033
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichk

Ichki audit bo’limining korxonaning boshqa bo’limlari bilan o’zaro aloqadorligi

Bo’lim nomlanishi

O’zaro aloqadorligi elementlari

1

2

Direktorat

Ichki audit bo’limi rahbariyatdan buyruqlar, farmoyishlar, ko’rsatmalar, rejalar oladi va shu bilan birga ularning bajarilishi bo’yicha hisobotlar topshiradi, korxona faoliyatga baxo, taklif va xulosalar beradi.

Ta’minot va saqlash bo’limi

Ichki audit bo’limi moddiy-texnik holatini tekshiradi, TMZ sotib olish bo’yicha tuzilgan shartnomalar samaradorligi bilan tanishib chiqadi, ishlab chiqarishga berilgan materiallar hisobotlarini o’rganib chiqadi, qabul qilish va hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tekshiradi, TMZ qabul qilinishi qonuniyligini nazorat qiladi.

Omborxona

Ichki audit bo’limi TMZ harakatini, kirim va chiqim o’z vaqtida hisobda aks ettirilganligini, material hisobotlarni, yuk xatlarini, hisob-fakturalarni, moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomaning tuzilganligi, saqlash me’yorlariga rioya qilinganligini nazorat qlilib boradi

Ishlab chiqarish tsexlari

Ichki audit bo’limi ishlab chiqarish hisobotlarini, xom ashyoni ishlab chiqarishga berilganligini tasdiqlovchi yuk xatlari, reja va haqiqatda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot miqdorini nazorat qiladi. Xarajatlarni mahsulot tannarxiga to’g’ri olib borilayotganligini, texnik ko’rik va sifat qayd qilish jurnallari to’ldirilishini tekshiradi va ishlab chiqarish faoliyatiga baho beradi.

Rejalashtirish bo’limi

Ichki audit bo’limi me’yorlar o’rnatilganligini, ishlab chiqarish, moliyaviy va tijorat faoliyatida rejadagi ishlar bajarilayotganligini to’g’risidagi hisobotlarni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo’yicha sotish narxining rejalashtirilganligi, shtatlar jadvalining mavjudligini nazorat qiladi.

Buxgalteriya hisobi bo’limi

Ichki audit bo’limi buxgalteriya, moliyaviy va statisika hisobotlaridagi ma’lumotlar haqqoniyligini tekshiradi, debitor va kreditorlar, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar bo’yicha hisobotlarini tekshiradi va boshqalar. Tahlil va inventarizatsiya materiallarini taqdim etadi. Soliq qonunchiligida buxgalteriya sohasiga taalluqli o’zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirib boradi.

Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moiyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotni auditorlar tomonidan tekshirishdir.3 Ichki auditorlar ham buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobot hamda moliyaviy axborotlarni qonun hujjatlar asosida tekshirib, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda korxonani samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi.





Download 269 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling