1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari
Bo’ysunishi va mustaqillikning ta’minlanishi
Download 269 Kb.
|
1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichk
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Vakolatlar
3. Bo’ysunishi va mustaqillikning ta’minlanishi
3.1. Ichki audit xizmatini ichki audit xizmati boshlig’i boshqarib boradi. 3.2. IAXning mustaqilligi va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida ichki audit xizmatining boshlig’i Kuzatuvchi kengashning raisiga bo’ysunadi. IAXning direktori IAXning ishini tashkil etish va qo’yilgan masalalarni bajarish uchun Kuzatuvchi kengash oldida javobgar bo’lib hisoblanadi. 3.3. Kompaniyaning Kuzatuvchi kengashi ichki audit xizmatining boshlig’ini ishga tayinlash/ishdan bo’shatish to’g’risidagi qarorlar, mehnat shartnomasining shartlarini aniqlash, mehnat haqi, mukofotlar (bonuslar), undirib olishlarning darajasini aniqlash masalalari bo’yicha Direktorlar kengashiga tavsiyalarini ishlab chiqadi va unga etkazadi. 3.4. Ichki audit xizmati boshlig’i har yili audit bo’yicha Qo’mita e’tiboriga IAXning tashkiliy tuzilmasi va byudjeti hamda IAXning faoliyat rejasi bo’yicha takliflarni kiritib turadi. 3.5. Ichki audit xizmati boshlig’i Kuzatuvchi kengashga quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan IAX ishining natijalari bo’yicha har choraklik va har yillik hisobotlarini takdim etib turadi: IAX faoliyatining tasdiqlangan rejasi bajarilishi to’grisida; ichki nazorat risklarni boshqarish tizimining muhim darajadagi risklari, kamchiliklari hamda menejmentning ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli rejalari to’grisida; o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar (tuzatuvchi amallar)ning menejment tomonidan bajarilishi natijalari to’grisida; ichki audit xizmatining oldiga qo’yilgan vazifalarii samarali bajarilishida to’sqinlik qiladigan ahamiyatli darajadagi cheklovlar to’g’risida. 4. Vakolatlar 4.1. Ichki audit xizmatining boshlig’i quyidagi iakolatlarga ega: Kuzatuvchi kengashning Raisiga bevosita murojaat qilishiga; Kompaniya va uning ShQJlarining mansabdor shaxslaridan o’z lavozim majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo’lgan qar qaiday ma’lumotlar va materiallarni talab qilib olishga; Kompaniya va uning ShQJlarining ijro etuvchi organlari qarorlari va loyihalari, faoliyatning joriy xamda istiqbolli rejalari bilan tanishib olishga; Kuzatuvchi kengash va Bosh direktor e’tiboriga amal qilayotgan tizimlar, jarayonlar, standartlar, faoliyatini yuritish usullarini takomillashtirish bo’yicha takliflar, shuningdek, IAXning vakolatiga kiruvchi har qanday savollar bo’yicha sharhlarni etkazib berishga; Kuzatuvchi kengashning raisi bilan kelishilgan holda auditorlik topshiriklarni bajarishda qatnashishga Kompaniya bo’linmalari xodimlari, shuningdek, boshqa tashqi ekspertlarni jalb etish. 4.2. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi huquqlarga ega: - Kompaniyaning, uning ShQJlarining mansabdor shaxslaridan Kompaniya va uning ShQJlarining har qanday aktivlari, hujjatlari, buxgalteriya hisobi yozuvlari hamda faoliyat to’g’risida boshqa ma’lumotlarni so’rashga va ulardan to’sqinliksiz foydalanishga, hujjatlardan nusxalar olishga; - auditorlik topshiriqlarni bajarish doirasida Kompaniya va uning ShQJlarining mansabdor shaxslari va xodimlari bilan jonli muloqot o’tkazishga; auditorlik topshiriklarini bajarish jarayonida so’raladigan har qanday hujjatlarni o’rganish hamda baholash, ushbu hujjatlar nusxalarini va/yoki tegishli bo’lgan ma’lumotni ichki audit xizmati boshlig’iga yo’naltirishga; o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha korxona menejmenti tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar (tuzatuvchi amallar) bajarilishining monitoringini amalga oshirishga; Ichki audit xizmatining boshlig’i e’tiboriga amal qilayotgan tizimlar, jarayonlar, standart (andoza)lar, faoliyatni yuritish usullarini takomillashtirish bo’yicha takliflar, shuningdek, mazkur Nizomda belgilanganidek, IAXning vakolatiga kiruvchi har qanday savollar bo’yicha sharhlarni etkazib berishga. Download 269 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling