5. Sifatning ta’minlanishi va faoliyatning bajarilishi
Kompaniyaning Kuzatuvchi kengashi ichki audit xizmati faoliyatining har yillik baholanishini o’tkazadi.
Ichki audit xizmatining boshlig’i ichki audit xizmati ish sifatini ta’minlash dasturini ishlab chiqadi va tatbiq etadi. Bunday dastur o’z navbatida, joriy monitoringni, shuningdek, ichki audit sifatining davriy ichki va tashqi baholanishini o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Ichki auditning sifatini tashqi baholash mustaqil tashqi ekspertlarni jalb etib, besh yilda bir marotabadan kam bo’lmagan holda amalga oshiriladi. Ichki audit xizmati boshlig’i baholashning natijalarini Kuzatuvchi kengash e’tiboriga takdim etadi.
6. Yakuniy qoidalar
Ichki audit xizmati boshlig’i mazkur Nizomga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish zaruriyati to’g’risidagi masalalarni har yili ko’rib chiqadi.
Nizomni, shuningdek, unga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritishni Kuzatuvchi kengash tasdiqlaydi.
6.3. Agar mazkur Nizomning me’yorlari Nizomning talablari bilan zid keladigan holatda Nizomdagi me’yorlar ustunlikka ega hisoblanadi.
5. Ichki audit bo’limining korxonaning boshqa bo’limlari bilan o’zaro aloqadorligi
Hozirgi zamon sharoitida ichki auditga tegishli ba’zi vazifalar turli xil bo’limlar va rahbarlarga yuklatib qo’yilgan. Ammo bu bo’limlar nazorat funktsiyasini qoniqarli va to’laligicha bajara olmaydilar. Bu esa korxonaning yuqori risk bilan ishlayotganligidan dalolat beradi. Soliq organlari korxona moliyaviy-ho’jalik faoliyatidan kamchiliklar topgan va sanktsiya qo’llangan holda, korxona juda katta zarar ko’radi va bu narsa uning kelajakda hamkorlari bilan ishlashida salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.
Ichki audit bo’limi tizimli tarzda boshqaruvning barcha ob’yektlarini nazorat qilib boradi va standartlardan, shu jumladan korxona oldiga qo’ygan maqsadlardan og’ishishlar kuzatilgan taqdirda, ularni boshqaruvga ma’lum qiladi va tezkor tarzda bu xatoliklar oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |