1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]


Download 439.55 Kb.
bet1/25
Sana12.11.2023
Hajmi439.55 Kb.
#1767925
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
237-sonli qaror 10.08.2015




[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq 2016-yil 1-yanvardan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashayotgan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yakka tartibda shakllantiriladigan ijtimoiy xizmatlar dasturi asosida amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/563/0889-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek yakka tartibdagi ijtimoiy xizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2016-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/563/0889-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yolg‘iz yashayotgan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning turmushini baholash, shuningdek yolg‘iz yashayotgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yakka tartibdagi dastur shakllari 4 va 4a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
a) 2016-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek yakka tartibdagi ijtimoiy xizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda ijtimoiy xizmatlar standartlari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam olayotgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobga olishning yagona registri shakllantirilishini, shuningdek Registr to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning, shuningdek yakka tartibdagi ijtimoiy xizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish afzalliklarining hamda O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning mohiyati va ahamiyati aholi e’tiboriga, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali yetkazilishini ta’minlasinlar;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
b) doimiy asosda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam olayotgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobga olishning yagona registri yuritilishini;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishda band bo‘lgan va vaqtincha jalb qilinadigan xodimlarning tayyorlanishini, qayta tayyorlanishini va malakasi oshirilishini ta’minlasinlar.
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ishlar (keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash yuzasidan ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan ijtimoiy xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlarini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2016-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-avgust,
237-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/563/0889-son)
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Nizom
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi — yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash holatini baholash asosida ishlab chiqiladigan, ijtimoiy xizmatlarning va ijtimoiy yordam bo‘yicha xizmatlar ro‘yxatini, ularning hajmlarini, ularni ko‘rsatishning davriyligini, shart-sharoitlari va muddatlarini, shuningdek mas’ul shaxslarni, shu jumladan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining majburiyatlari tavsifini o‘z ichiga oladigan hujjat;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
internat muassasalari — keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Muruvvat” internat-uylari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Saxovat” internat-uylari, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyasi (ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya) — qonunchilikka muvofiq aholining zaif toifalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladigan fuqarolar yig‘ini komissiyasi, uning tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisi, uning maslahatchilari va mas’ul kotibi, komissiya tarkibiga saylangan fuqarolar yig‘ini hududida yashaydigan shaxslar, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining xodimi, davolash-profilaktika muassasasining vrachi, shuningdek, zarurat bo‘lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining, tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limining vakillari va ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha inspektori kiradi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)

Download 439.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling