1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmiy еtika tushunchalari


Ilm-fan: Tabiat, inson va jamiyat haqidagi juda aniq, maksimal obyektivlashtirilgan bilimni olishga qaratilgan ilmiy izlanish jarayonidir


Download 155.38 Kb.
bet2/9
Sana30.10.2023
Hajmi155.38 Kb.
#1734871
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu. Ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, fanning maqsad va vazifalari

Ilm-fan:
Tabiat, inson va jamiyat haqidagi juda aniq, maksimal obyektivlashtirilgan bilimni olishga qaratilgan ilmiy izlanish jarayonidir;
Insonning ilmiy faoliyati, ilmiy bilimni olish, qayta ishlash va saqlashdan iborat bo’lgan kasbiy faoliyatning turi;
Izlanish jarayoni natijasida olingan bilim, ilmiy axborot;
Ilm-fanda tadqiq jarayonining kechishi va natijaviylik qarama-qarshi, o’zaro zid

Ilm egalari bo‘lish uchun qanday faoliyat yuritish kerak, ilm bilan shug‘ullanish uchun o‘z faoliyatini qanday tashkil etish kerak, tadqiqot ishlarini qanday olib borish, erishgan natijalarini qanday yozish, yoritish kerak? Mazkur kurs aynan shunga yo‘naltirilgan bo‘lib uning maqsadi quyidagi asosiy savollarga javob berishdan iborat:



  1. Ilm-fanni egallash, ilmiy bilishni qanday olib boriladi?

  2. Ilmiy tavsiflash va tasniflash qanday amalga oshiriladi?

  3. Ilmiy ish qanday aprobatsiya qilinadi va natijalar qanday aniqlanadi?

4. Ilmiy ishlar qanday yoziladi va qanday rasmiylashtiriladi?
Ilm olish nihoyatda murakkab, sermashaqqat va uzoq davom etadigan ish. Xalqda “Ilm - igna bilan quduq qazishdir” deb bejiz aytilmaydi. Ilm olish soddadan murakkabga qarab to‘xtovsiz o‘sib, takomillashib boradigan, ayni vaqtda juda qiziqarli, eng asosiysi, jamiyat uchun nihoyatda kerakli ish. Ilm olish, ilmni egallash jarayoni insondan katta kuch va iroda talab etadi.
Jahon ilm-fani tajribasida turli ilm sohalari va ularni tadqiq qilish metodlari, yo‘nalishlari haqida alohida maktablar bo‘lgan, ular muntazam o‘zgarib, rivojlanib borgan. Hozir ham turli fanlar, zamonaviy yo‘nalishlar mavjud. Ushbu fanlarni o‘rganish, tadqiq qilish yangi kashfiyotlarni yuzaga keltiradi, ularni hayotga tatbiq etish mamlakatni taraqqiy ettiradi, jamiyat, insonlar hayotini yanada farovonlashtiradi. Shu bois bugungi kunda rivojlanish yo‘liga qadam qo‘ygan mamlakatimiz uchun barcha fanlar bo‘yicha yuqori ilmiy salohiyatli, izlanuvchan, yangilikka intiluvchan yosh kadrlar zarur. “Ilmiy ish asoslari” fani aynan ilmshunoslik tushunchalari bilan tanishish, ilmiy tadqiqot ishi bilan shug‘ullanish imkonini beradi.




  1. Download 155.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling